Mashg‘ulotlarni tashkil etishda quyidagi texnik vosita (qurilma)lar kerak bo‘ladi: 1. Shaxsiy kompyuter (u Internetga ulangan bo‘lishi lozim). 2. Veb-kamera (kompyuterga ulangan yoki avtonom). 3. Garnitura (mikrofon yoki ovozni qabul qiluvchi moslama - qulqochin, ovozli kranay (kolonka)). 4. Exoni bartaraf etadigan moslama (ishtirokchilardan kimnidir kompyuteridagi karnay miqrofon oldida bo‘lib qolsa, u holda boshqalarning ovozi mikrofonga “tushib qoladi” va bu exo hosil qiladi). 5. Dasturiy ta’minot (shaxsiy kompyuterlarda Adobe Flash Player plaginining so‘nggi modeli, shuningdek, veb-brauzer (Mozilla Firefox, Google Chrome) o‘rnatilishi zarur) Vebinar mashg‘ulotlardan oldin talaba, tinglovchilar bu haqida xabardor qilinadi. Shu maqsadda ularga xabarnoma yuboriladi. Unda quyidagilar ko‘rsatilishi shart: - mashg‘ulotning nomi; - vebinar mashg‘ulotni olib boruvchi haqia ma’lumot; - mashg‘ulot sanasi, boshlanish vaqti va davomiyligi; - mashg‘ulot maqsadi va vazifalari; - vebinarning tarkibiy tuzilmasi va mazmuni (bo‘limlar bo‘yicha) haqida qisqacha ma’lumot; - kutilayotgan natijalar. Qo‘shimcha ravishda ishtirokchilarga “Vebinarda qanday ishtirok etish mumkin?” nomli qisqacha yo‘riqnomani yuborish maqsadga muvofiqdir. Dars ishlanma Fan: Tarbiya Sinf: 3 Dars mavzusi: Bobolarimisning bebaho merosi. Dars turi:Yangi bilim berish Qo‘llaniladigan metodlar: Pinboard, Insert Jihozlar: Flipdoska, tarqatma materiallar, multimediya slaydlar Darsning maqsadi: talimiy: Yuksak insoniy fazilatlar mohiyatini anglatish, ularga ongli munosabatda bo’lish, hamma millat vakillariga yaxshi munosabatda bo’lish bilimini shakllantirish TK2: axborot manbalari (televizor, telefon)dan to‘g‘ri foydalana olish FK1 suhbatdoshni tinglash, sukut saqlash va o‘z fikrini to‘g‘ri bayon qilish; tarbiyaviy; Odob-inson ko’rki va ma’naviy boyligi ekanligini va mutafakkir ma’rifatparvarlar asarlaridagi hikmat, rivoyat va o’g’itlarini, milliy sharqona odob-axloq qoidalari, fazilatlarini, o’zbekona urf-odat va an’analarining millliy xususiyatlami farqlash va amalga oshirish usullarini o’rgatish.TK4: Davlat ramzlariga hurmat va ehtirom ko‘rsatish; rivojlantiruvchi; Dars jarayonida egallangan bilimlami aniqlash, umumlashtirish, mustahkamlash.FK1: O‘zbekistonda yashayotgan millatlar va elatlar haqida ma’lumot bera olish