O’ldirilgan vaksinalar afzalligi: turg‘unligi, xavfsizligi, tez tayyorlanishi, arzonligi va uzoq vaqt saqlanishi hamda bir necha antigenlani qo’shish mumkinligidir
O’ldirilgan vaksinalar afzalligi: turg‘unligi, xavfsizligi, tez tayyorlanishi, arzonligi va uzoq vaqt saqlanishi hamda bir necha antigenlani qo’shish mumkinligidir.
O’ldirilgan vaksinalar afzalligi: turg‘unligi, xavfsizligi, tez tayyorlanishi, arzonligi va uzoq vaqt saqlanishi hamda bir necha antigenlani qo’shish mumkinligidir.
Salbiy tomonlari: mikroorganizmlaming to’liq о’ldirilishini nazorat qilish, qisqa vaqt immunitet hosil qilgani uchun qayta revaksinatsiya qilish, parenteral yo’l bilan kiritilgani bois mahalliy immunitetning rivojlanmasligi, immuntanqis organizmga ichiritilganda allergik reaksiyalar berishi.

Anatoksinlar.
Anatoksinlar.
Kasallik patogenezidaekzotoksinlari asosiy ahamiyatga ega mikroblar ko'paytirilib, ulardan ekzotoksinlar sof holda ajratib olinadi. Bu ekzotoksinlarga 0,3%-0,4%li formalin q o ‘shib, 38°-40°С termostatda 30 kun saqlanadi. Natijada toksinning zaharlilik xususiyati yo‘qoladi, ammo antigenlik va immunogenlik xossalari saqlanib qoladi. Anatolcsinlar, oziq muhit tarkibidagi oqsillardan tozalanadi va «depo» hosil qiluvchi moddalar (aluminiy gidrooksid, aluminiy fosfat va boshqalar)ga adsorbsiya qilinadi. Hozir anatoksinlar fransuz olimi G.Ramon taklif qilgan (1923-y.) yuqorida keltirilgan usul bilan tayyorlanadi. Immunoprofilaktikada bo‘g‘ma, qoqshol, stafilokok va vabo anatoksinlari keng qo‘llanilmoqda. Oxirgi vaqtda botulizm, anaerob infeksiyalarga qarshi anatoksinlar ishlab chiqarilmoqda.
Kimyoviy vaksinalar.
Kimyoviy vaksinalar.
Bular kimyoviy usullar yordamida, bakteriya hujayrasidan yuqori darajadagi immunogenlik xususiyatiga ega bo’lganantigenlami ajratib olib tayyorlanadi. Bunda patogen mikroorganizmlaming protektiv va virulent antigenlaridan foydalaniladi. Masalan, qorin tifining immunoprofilaktikasida, kasallik qo‘zg‘atuvchisining O - va Vi-antigenlari va qoqshol anatoksinidan tashkil topgan kimyoviy, sorbsiya qilingan vaksina qoilaniladi. Bunda bakteriya antigenlari va qoqshol anatoksini aluminiy gidrooksidiga (adyuvantga) adsorbsiya qilingan boiadi. Adyu'vantlar depo vazifasini ham bajaradi, ya’ni vaksinaning asta-sekin so'rilishi hisobiga, antigenlami uzoq muddat immun tizimga ta’sir etib turishi ta’ mi nlanadi.