Mavzu: Viruslarga qarshi immunitet cdsaas

Yüklə 12,1 Kb.
səhifə2/5
tarix01.02.2023
ölçüsü12,1 Kb.
#82196
1   2   3   4   5
Mavzu Viruslarga qarshi immunitet cdsaas-fayllar.org

Vaksinalar maxsus tanlab olingan mikroorganizmning shtammlaridan tayyorlanadi, bunday shtammlar vaksina shtammlari deb ataladi. Ular boshqa shtammlardan avirulentligi va yuqori darajada immunogenligi bilan farq qiladi. Bunday shtammlar maxsus oziqli muhitlarda, qulay sharoitda bir necha marta qayta ekib o'stiriladi va doimo nazorat qilib turiladi. Masalan, bakteriyalar selektiv oziq muhitlarda o'stirilsa, rikketsiya va viruslar, tovuq embrionlari, odam va hujayra kulturalarida ko'paytiriladi.

Hozir vaksinalar tarkibi va tayyorlanish texnologiyasi bo'yicha besh xilga bo'linadi:

1) tirik vaksinalar - mikroorganizmlaming avirulent shtammlaridan tayyorlanadi;
2) korpuskular yoki о’ldirilgan vaksinalar— mikroblami fizik-kimyoviy usullar bilan o’dirib olinadi;
3) anatoksin — ekzotoksinlardan tayyorlanadi;
4) kimyoviy va sun’iy vaksinalar;
5) gen injeneriyasi usullari bilan tayyorlangan vaksinalar.
Tirik vaksinalar.
Chinchechak, toun, qizamiq, epidemik parotit, shol, kuydirgi, quturish, sil va tulyaremiya kasalliklariga qarshi olingan vaksinalar tirik vaksinalarga misol bo'la oladi. Tirik vaksinalar bir necha usullar bilan olinadi. Ingliz olimi E.Jenner 1796-yili birinchi bo’lib tirik vaksinani kashf etdi va undan odamlarni chinchechak qo‘zg‘atuvchisidan himoya qilish uchun foydalandi. U emlash uchun mikroorganizmni (sigirlar chechagi virusi) sigir sog‘uvchi ayollarning qo’lidagi pufakchalar ichidagi yiringdan olgan. Sigirlar chechagi virusi odam chinchechak virusi bilan bir xil antigenlarga ega, lekin sigir virusining virulentligi juda past.

Yüklə 12,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin