Mavzu: Xattotlik maktablari haqida ma’lumot


Xattotlik san’ati Xattotlik maktablari haqida ma’lumot. Xattot



Yüklə 29 Kb.
səhifə2/3
tarix05.05.2023
ölçüsü29 Kb.
#108270
1   2   3
Xattotlik maktablari haqida ma’lumot.

Xattotlik san’ati Xattotlik maktablari haqida ma’lumot. Xattot va madaniy hayot. Sharq xalqlari, shu jumladan, O`rta Osiyo xalqlarining madaniyat tarixi eng qadimiy va ko`p soxdlarda yuksak taraqqiyot bosqichiga erishilganligi bu kunda butun dunyo ilm-fan axli tomonidan e’tirof etilgan haqiqatdir. O`rta Osiyo xalqlari o`z o`tmishida bir necha daf’a iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyot davrini boshidan kechirgan.Arablar istilosidan so`ng IX-XI asrlarda O`rta Osiyoda, ayoniqsa, Xorazmda madaniy va ilmiy tafakkur beqiyos barq urib gulladi. Jahonga tanilgan al-Farobiy, Ibn Sino, al-Beruniy singari ulug` mutaffakir olimlar dahosidan x,ozirgacha bashariyat bax,ramand bo`lib kelmoqda.shuni alohdda qayod etish zarurki, bu porloq darv arab istilosining mahsuli emas. aksincha, arab istilosiga qadar O`rta Osiyoda mavjud bo`lgan xorazmiylar va surdiylarning uzoq asrlik boy madaniyatining qonuniy taraqqiyotidan iborat bo`lgan. Arab istilosiga qadar O`rta Osiyo xalqlari, shu jumladan, turkiy xaqlar (ayniqsa, uyg`urlar) yaratgan madaniy obidalar fikrimizning isbotidir. Ayniqsa, 1965 yili Samarqandda ochilgan Afrosiyob arxeologik yodgorliklari arablarga qadar O`rta Osiyo xalqlarining mislsiz taraqqiyot darajasida ekanini yana bir marta tasdiqlaydi.
Xattotlik san’ati. Arab yozuvida kitobat qilingan ming yillik madaniy meros nasldan-naslga qo`lyozma shaklida o`tib kelgan. Shu qo`lyozma kitoblar tufayligina O`rta Osiyo xalqlari ota-bobolari yaratib qoldirgan madaniy merosdan bahramand bo`lganlar. Shu qo`lyozma tufayli O`rta Osiyodagi har bir xalq, har bir millat o`z tarixiga ega bo`lgan. Nihoyat, shu qo`lyozmalar tufayli O`rta Osiyo xalqlari jaxon madaniyat tarixi taraqqiyotiga o`z hissasini qo`sha olgan.Bu qo`lyozma kitoblarning muallif tomonidan parcha-parcha qog`ozlarga yozilib ijod etilgandan so`ng, uni oqqa ko`chirib, kitob tusiga kirituvchi g`oyat murakkab, mashaqqatli, ayni vaqtda sharafli vazifani bajaruvchi shaxs kitob bo`lgan. Kotiblik daf’atan qaraganda kishiga bir texnik vazifaga o`xshab ko`rinadi. Kitob go`yo muallifning yaratgan asarini harfma-harf ko`chiruvchi kishidek bo`lib tuyuladi. Haqiqatda esa bunday emas.
Yüklə 29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin