Mavzu: Xattotlik maktablari haqida ma’lumot



Yüklə 29 Kb.
səhifə3/3
tarix05.05.2023
ölçüsü29 Kb.
#108270
1   2   3
Xattotlik maktablari haqida ma’lumot.

Hirot xattotlik maktabi Xirot Xurosonning eng katta va mashhur shaharlaridan bo`lib, olimlar, fozillar, shoirlar va xattotlar bilan to`lgan xushmanzara bog`-bo`stonlari, turli meva va suvlarining ko`pligi bilan shux,rat qozongan.Xurosonning katta qismidagi markaziy shaharlardan yana biri Marv Shohjon (Turkmaniston)dir. Yoqut Hamaviyning aytishicha, al mavron (ikki marv) degan so`z bo`lib, biri Marvrud ikkinchisi Marv shohjondir.Yoqut shunday deydi: «Marvda ilmiy ahamiyatga ega bo`lgan qimmatli kitoblar juda ko`p edi. Men u erdan ketgan vaqtimda (1220 yilda) vaqf qilingan 10 ta kutubxona bor ediki, dunyoda kitobning ko`pligi va yaxshiligi jihatidan unday joyni ko`rmaganman. Ular quyidagicha:Katta jomega qarashli 2 ta kutubxona bo`lib, biri Sulton Sanjar xodimlaridan Aziziddin Abu Bakr Zanjoniy nomigaqo`yilgan. Unda 12 ming jildga yaqin qo`lyozma kitoblar saqlanadi.Al-Kamoliya kutubxonasi (kimga nisbat berilganligi ma’lumemas).III 1100 yilda vafot etgan Al Mustavfiy Abulsa’d Muhammadibn Mansurning madrasasidagi kutubxona.IV Nizom al-Mulk Hasan binni Ishohning madrasasidagikutubxona.V-VI Somoniylarga tegishli ikki kutubxona.VII Al-Amidiyya madrasasidagi kutubxona.VIII Marvdagi oxirgi vazirlardan Majdi mulkning kutubxonasi.IX Madrasa Xotuniyadagi kutubxona.X Yana u erda Az-Zamiriya kutubxonasi. Bularning hammasi 1221 yilda mo`g`ullar tomonidan xarob etilgan».Hirot xattotlik maktabiSulton Boysunqor Temuriy shahzodalaridandir. U 35 yoshida -1427 yilda vafot etgan. «Davlatshox tazkira»da ko`rsatilishicha, uning kitobxonasida 40 nafar mashhur xattotlar tun kun kitobat bilan shug`ulanar edilar. Xattotlik, zarafshonlik, oltin xalash, naqsh, lavxa, rasm, miniatyura va boshqa badiiy san’atlar ishlash Boysunqor davrida ravnaq topgan. Istanbulning xar bir kutubxonasida hech bo`lmaganda bir nusxa uning davrida ko`chirylgan asar mavjud. Sulton buyrug`i bilan ko`chirilgan qo`lyozmalardan «Faraj ba’da shiddat»ning tarjimasi va «Nusxat ul-arvox» kitobi diqqatga sazovordir.Mirzo Ulug`bek astronomiya va xandasada o`z davrida yagona bo`lgani kabi Boysunqor mirzo she’r va xatda o`z davrining eng mashxur kishisi edi.Eronliklarning aytishicha, to`rt kishi to`rt xatda sulsda Boysunqor mirzo, ta’liqda Mir Imod, nasxda Mirzo Ahmad, shikasta xatda Darvesh Abdu Majid Tolqoniy ustod emish.
Yüklə 29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin