“NAMUNAˮ mas’uliyati cheklangan jamiyatda mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejasining bajarilishi tahlili
Mahsu-lot turlari
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi, ming so‘m
Mahsulotning sotilishi, ming so‘m
Reja
Amalda
O‘zgarishi
(+;-)
Rejaga nisbatan o‘sishi,
%
Reja
Amalda
O‘zgarishi
(+;-)
Rejaga nisbatan o‘sishi,
%
A
150000
144430
-5570
-3,71
149276
143953
-5323
-3,56
B
175000
190648
+15648
+8,94
176235
189262
+13027
+7,39
S
100000
127098
+27098
+27,1
98852
126174
+27322
+27,6
D
75000
115544
+40544
+54,0
74887
114131
+39244
+52,4
Jami
500000
577720
+77720
+15,5
499250
573520
+74270
+14,9
Korxonada mahsulotlar assortimentini tahlil qilish bilan bir vaqtda ularning strukturasi (tuzilmasi) ham tahlil qilib o‘rganiladi va o‘zgarishiga baho beriladi.
Ma’lumki, mahsulotlarning ba’zi bir turi bo‘yicha ishlab chiqarish (sotish) hajmining ko‘payishi va boshqasi bo‘yicha qisqarishi ularning tuzulmasida o‘zgarishlarga, ya’ni alohida mahsulotning umumiy mahsulotlarning jami ishlab chiqarish hajmidagi nisbati o‘zgarishiga olib keladi.
Mahsulotlar tuzulmasi bo‘yicha ishlab chiqarish rejasining bajarilishi – bu mahsulotlarning haqiqiy ishlab chiqarish hajmidan ularning alohida turlari bo‘yicha rejalashtirilgan hajmiga nisbatini saqlash demakdir.
3. MAHSULOT TARKIBIDAGI STRUKTURAVIY OZGARISHLAR TAHLILI
3. MAHSULOT TARKIBIDAGI STRUKTURAVIY O‘ZGARISHLAR TAHLILI
Mahsulotlar assortiment va ishlab chiqarish tuzilmasining o‘zgarishi barcha iqtisodiy ko‘rsatkichlarga katta ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, qiymat bahosidagi ishlab chiqarish hajmi, material sig‘imi, mahsulot tannarxi, foyda va rentabellik darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Agar qimmatroq mahsulotning ulushi oshayotgan bo‘lsa, u holda uning qiymat ko‘rinishidagi ishlab chiqarilish hajmi o‘sadi va aksincha.
Yuqori rentabelli mahsulotning ulushi oshganda va tegishli ravishda past rentabelli mahsulotning ulushi kamayganda ham foyda hajmida ham shunday o‘zgarish sodir bo‘ladi.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga tuzulmaviy o‘zgarishlarning ta’sirini “Zanjirli bog‘lanishˮ usuli bilan hisob-kitob qilish mumkin (3-jadval).