Mahsulot ishlab chiqarish hajmini umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarodatda, qiymat o‘lchovi (pul)da baholangan holda olinadi. Buning uchun taqqoslama yoki joriy narxlardan foydalanish lozim.
Ishlab chiqarish rejasining bajarilishini baholash uchun ishlab chiqarish va mahsulot sotish hajmlarining natural ko‘rsatkichlari (dona, metr, tonna va h.k.) ham muhim ahamiyatga ega. Ulardan mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmlarini alohida turlar va bir turdagi mahsulotlar guruhlari bo‘yicha tahlil qilishda foydalaniladi.
Shartli natural ko‘rsatkichlar ham qiymat ko‘rsatkichlari kabi mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini umumiy tavsiflash uchun qo‘llaniladi. Masalan, tomat pastasi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarda ming shartli banka, sharbat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda ming dona idish kabi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
Normativ mehnat sarfi(norma-soatlar yoki normalashtirilgan maosh), shuningdek, ko‘p nomenklaturali ishlab chiqarish sharoitida natural yoki shartli natural o‘lchovlardan foydalanish imkoni bo‘lmaganda foydalaniladigan mahsulot chiqarish hajmini umumlashtirib baholash uchun mo‘ljallangan.
Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish hajmi esa ularning xaridorlarga yuklab jo‘natilishi yoki to‘lov (tushum) bo‘yicha belgilanadi.U