“NAMUNAˮ mas’uliyati cheklangan jamiyatda mahsulot assortimentining tahlili
Mahsulot turlari
Mahsulot
birligining bahosi, so‘m
Ishlab chiqarish hajmi, dona
Ishlab chiqarilgan mahsulot qiymat
shaklida, ming so‘m
Assortiment hisobiga ishlab chiqarilgan
mahsulot, ming so‘m
Reja
Haqiqat-da
Reja
Haqiqat-da
A
5000
30000
28886
150000
144430
144430
B
5500
31818
34663
175000
190648
175000
S
8000
12500
15887
100000
127098
100000
D
7500
10000
15406
75000
115544
75000
Jami
x
x
x
500000
577720
494430
6-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, “NAMUNAˮ mas’uliyati cheklangan jamiyatda hisobot davrida to‘rt xil assortimentdagi mahsulotlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo‘lib, ulardan “Bˮ, “Sˮ va “Dˮ assortimentdagi mahsulotlar natura holatida ortig‘i bilan ishlab chiqarilgan.
“Aˮ assortimentdagi mahsulot bo‘yicha ishlab chiqarish rejasi esa to‘liq bajarilmagan. Buning natijasida jamiyatda hisobot davrida jami assortiment hisobiga 494430 ming so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘rtacha assortiment rejasining bajarilishi 98,9 % (494430 : 500000 x 100)ni tashkil qilgan.
Demak, jamiyatda assortiment rejasining bajarilmasligiga asosan “Aˮ turdagi mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilmasligi sabab bo‘lgan. Shu bois, “NAMUNAˮ mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbariyati assortiment rejasi bajarilishini ta’minlash maqsadida o‘z vaqtida tegishli choralarni ko‘rishi lozim.