Mavzu: Xorijiy investitsiyalarni iqtisodiy o’sishni ta’minlashdagi o’rni reja: Kirish Asosiy qism 1



Yüklə 202,82 Kb.
səhifə1/16
tarix22.09.2023
ölçüsü202,82 Kb.
#146841
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Mavzu Xorijiy investitsiyalarni iqtisodiy o’sishni ta’minlashdagi o’rni


Mavzu: Xorijiy investitsiyalarni iqtisodiy o’sishni ta’minlashdagi o’rni
REJA:
Kirish
Asosiy qism
1.Xorijiy investitsiyalarning mohiyati, turlari va investitsiyalashga ta’sir etuvchi omillar
2.Milliy iqtisodiyotda chet el kapitalining ahamiyati va uni jalb qilish sabablari
3. O’zbekiston Respublikasining investistion muhiti
4.O’zbekiston Respublikasi makroiqtisodiy investitsion faoliyati tahlili
5.O’zbekiston Respublikasining xalqaro moliya institutlari va rivojlanish
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: O`zbekiston va jahon iqtisodiyotining kelgusi taraqqiyoti, asosan, investitsiyalarga bog’liqligini bugungi kunda deyarli har bir mutaxassis va xo`jalik yurituvchi sub`ekt anglab etganligini nazarda tutsak, hozirgi kunda respublikamiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni, xususan, xorijiy investitsiyalarini kengroq jalb etish ularning mamlakatimizda o`tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning samarali ijrosini ta`minlashning muhim asosiga aylanganligi bilan bog’liqligini tushunib olish qiyin emas. Mamlakatni ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida investitsiyalarining jumladan, xorijiy investitsiyalarning ahamiyati kattadir. Ma`lumki, har qanday davlat dunyodan ajralgan holda, jahon tajribalarini o`rganmasdan, dunyoning yetakchi davlatlari ilm, fan va texnika sohasida erishgan yutuqlarini qabul qilmasdan rivojlanishi mumkin emas.
Bu borada so`z ketganda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini ta`kidlashimiz lozim: "Bugun joylarda iqtisodiyotni yuksaltirish, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan yangi korxonalarni barpo etish va rekonstruktsiya qilish uchun xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, ....... nechog’lik katta hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini kimgadir isbot qilib berishga hojat yo`q. Bu avvalombor, aholi bandligi, uning ish haqi va daromadlarini oshirish, bu oxir - oqibatda respublikamiz hududlari, shahar va tumanlarimizdagi eng muhim ijtimoiy muammolarni yechish demakdir".
Investitsiyalar - qayta ishlab chiqarishdan ortgan va endilikda uni kengaytirish, qo’shimcha daromod olishga yo’naltirilgan mablag’’lar (investitsiyalar) iqtisodiyotning hajm jihatdan o’sishini, ya’ni, yangi korxonalarning qurilishi, asbob-uskunalar keltirilishi, yangi ish o’rinlarining yaratilishi ta’minlaydi. Bu masalaning bir tomoni, ikkinchi tomondan, investitsiyalar faqatgina iqtisodiyotdan tashqari so’gliqni saqlash, ta’lim, infratuzilani yaxshilash (m.s qishloqlarda turmush tarzini oshirish), ichimlik suvi va atrof muhitni muhofazalash kabi muammolarning ham yechuvchisi sanaladi.
1 Sh.Mirziyoyevning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida
uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari” O'zbekiston nashriyoti, 2021 yil
Shunday ekan bu masalani o’rganish, tahlil qilish dolzarb hisoblanadi.
Kurs ishning maqsadi: Mamlakatimizning investitsion faoliyati va iqtisodiyotimizni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning tutgan o’rnini tahlil qilish, ushbu mavzuni o’qitish uslubiyotini yaratish.

Yüklə 202,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin