Kurs ishning vazifasi: Qo’yilgan maqsadga erishish quyidagi vazifalarning yechimi bilan bog’liq:
Milliy iqtisodiyotda chet el kapitalining ahamiyati va uni jalb qilish sabablarini o’rganish;
Mamlakatimizda yaratilgan investitsion muhit bilan tanishish;
Respublikamiz makroiqtisodiy investitsion faoliyati statistik ko’rsatkichlari bilan tanishish va ularni tahlil qilish;
Mamlakatimizning xalqaro moliya institutlari va rivojlanish tashkilotlari bilan hamkorligi va istiqboldagi rejalarini o’rganib chiqib, tahlil qilish.
Kurs ishining ob`ekti etib "Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning o’rni” va bu masalani o’qitish uslubiyoti olindi.
Kurs ishining predmeti: Investitsion faoliyatga kirishish va uni amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy va siyosiy munosabatlar.
Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslari: O`zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Sh.Mirziyoyev asarlari, vatanimiz va xorijiy olimlarning ilmiy ishlari va maqolalari.Mazkur ilmiy tadqiqotlar ushbu muammolar bo`yicha Davlat Statistika Qo`mitasining statistika ma`lumotlaridan foydalanildi.
Kurs ishi kirish, uchta bob, xulosa, foydanilgan adabiyotlar ro’yxatidan va ilovalardan iborat.
qismida mavzuning dolzarbligi, ishning predmeti, ob’ekti hamda Kurs ishning maqsadi va vazifalari yoritilgan.
xorijiy investitsiyalarning mohiyati va jalb qilish sabablari, shuningdek, respublikamizda yaratilgan investitsion muhit haqida ma’lumot berilgan.
O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati va uning hozirgi holatining tahliliga bag’ishlangan bo’lib, unda mamlakatimining makroiqtisodiy investitsion faoliyati tahlili, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va rivojlanish tashkilotlari bilan hamkorligi bayon etilgan.
qismida ishga yakuniy, umumlashtiruvchi xulosalar berilib, tegishli takliflar kiritilgan.