Mavzu: Xuquqiy davlat va uning mohiyati



Yüklə 1,99 Mb.
tarix12.10.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#154293
davlat va huquq vujudga

Mavzu:Davlat va huquq vujudga kelishi to’g’risidagi nazariyaning turli tumanligi.

Davlatning huquqqa bo’lgan munosabatiga qarab quyidagi turlarga ajratish mumkin.

  • Huquqiy davlat
  • Etatik davlat

Huquqiy davlatda

  • davat boshqaruvi huquqning ustuvorligiga asoslanadi.
  • Bunda davlat boshqaruvi fuqarolar va ijtimoiy munosabatlar subyektlarining huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini ta`minlashni hisobga olgan holda amalga oshiriladi
  • Huquqiy davlat- huquqning ustuvorligi hamda sud mustaqilligi ta`minlanadigan, inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanadigan, davlat hokimiyati vakolatlar bo`lishi tamoyili asosida amalga oshiriladigan demokratik davlatdir.

Etatik davlatda

  • 1) Qonun o`rnini ko`pincha qat`iy buyruq va farmoyishlar egallaydi;
  • 2) Davlat o`z fuqarolari siyosiy birlashmalari va tashkilotlarining erkinliklarini qat`iy cheklab qo`yadi;
  • 3) Davlat iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarni va hatto fuqarolarning shaxsiy hayotini ham o`z boshqaruvi ta`siriga olishga intiladi;
  • 4)Davlat organlari va munosabat shaxslariga haddan tashqari ko`p vakolatlar beriladi.
  • Etatik davlatga misol qilib Kuba, sobiq Sovet Ittifoqini keltirish mumkin. Shuningdek, barcha totalitar va avtoritar tuzumdagi davlatlar ham bunga misol bo`la oladi.
  • Huquqiy davlatning asosiy belgilari quyidagilar:
  • 1. Huquqning ustuvorligi. Mamlakatdagi barcha shaxslar- fuqarolar, chet el fuqarolari, fuqaro bo`lmagan shaxslar, mansabdorlar hammasi qonun talablariga bo`ysunadilar. Bunda, Konstitutsiya huquqiy normalar tizimida oliy yuridik kuchga egadir.
  • 2. Inson huquq va erkinliklarining ta’minlanishi va himoyalanishi.
  • Inson uning hayoti, sha’ni , qadr-qimmati, huquq va erkinliklari hamda manfaati oliy qadriyat ekanligi
  • 3. Davlat va fuqaroning bir-birlari oldida o`zaro mas`uliyati.
  • 4. Hokimiyatning qonuniyligi. Hokimiyat demokratik saylovlar yo`li bilan shakllantiriladi. Davlat hokimiyati mamlakatning ichkarisida va xalqaro miqyosda tan olinadi.
  • 5. Hokimiyat vakolatlarning taqsimlanishi. Davlat hokimiyati: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo`linadi.
  • 6. Sudning mustaqilligi. Sudning faoliyatiga hech kim aralasha olmaydi. Sudlar faqat qonun talablariga bo`ysunadi.
  • 7. Huquqni muhofaza qilish mexanizmining samarali ishlashi. Ular inson huquq va erkinliklarini lozim darajada himoya qilishi kerak.
  • 8.Yuqori darajadagi huquqiy madaniyat. Huquqiy madaniyat amaldagi qonunlarni bilish, ularni hurmat qilish va ularga rioya qilihda nomoyon bo`ladi.
  • 9. Demokratiyaning rivojlanganligi va takomillashganligi. Xalq davlat boshqaruvida qatnashadi, siyosiy huquqlar va erkinliklar kafolatlanadi.

O`zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o`z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o`zini- o`zi boshqarish, referendumlar o`tkazish va davlat organlari demokratik tarzda tashkil etish yo`li bilan amalga oshiriladi. 32-modda

  • Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, huquqiy davlatda:
  • -huquqning barcha subyektlari, shu jumladan, davlat organlari, mansabdor shaxslar va oddiy fuqarolar qonunlarga qat`iy rioya etishlari:
  • - fuqaro va davlatning qonunlar doirasida bir- birlari oldida javobgarligi
  • -siyosiy mafkuraviy va iqtisodiy ko`p fikrlilik davlat tomonidan qonuniylashtirishtirilganligi va kafolatlanganligi;
  • -fuqarolarning huquq va erkinliklarining ta`minlanganligi davlatning bu turining afzalliklaridandir.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin