XI,XII, va XIII asrlarning ikkinchi yarmida Fran-siyada ishlab chiqaruvchi kuchlarning juda tez rivojlanganligi ko`rildi.Dehqonchilik ancha o`s-di.Yerning bir qismi bir juft ho`kiz qo`shilgan g`ildiraksiz yengil plug bilan,boshqa bir qismi ikki yoki uch juft ho`kiz qo`shilgan og`ir plug bilan yaxshilab haydalar edi.
XI-XIII asrlarda Fransiya shaharlari katta yuksalish-ni boshidan kechirdi.Janubdagi shaharlarning ko`p-chiligi,shu jumladan,ko`pgina ko`hna Rim shahar-lari,ancha katta sanoat markazlariga aylanibgina qolmay,balki ular Italiya va Yaqin Sharq bilan ham qizg`in savdo-sotiq olib bordilar.Bular orasida :
XI-XIII asrlarda Fransiya shaharlari katta yuksalish-ni boshidan kechirdi.Janubdagi shaharlarning ko`p-chiligi,shu jumladan,ko`pgina ko`hna Rim shahar-lari,ancha katta sanoat markazlariga aylanibgina qolmay,balki ular Italiya va Yaqin Sharq bilan ham qizg`in savdo-sotiq olib bordilar.Bular orasida :
Marsel Narbonna
Tuluza Monpel`e
alohida ajralib turardi.
Ayni zamonda shimolda va shimoli-sharqda:
Amen
Suasson
Lan
Sanlis
Bove
Ruan
Reyms
Trua
va boshqa ko`pgina shaharlar o`sib chiqdilar.
Ular sanoatning muhim markazlariga aylandilar.Bu shaharlarda movut va kanop gazlamalari yetishtirilardi,mo`yna -ishlanar-
di,temir,qalayn,kumush,emal va boshqa-lardan turli metall buyumlar tayyorlanar-di.Rivojlanayotgan shimoli-sharq savdo-sanoatining gavjumligi ko`p sonli yarmar-kalarda namoyon bo`ldi.
Shampanning turli shaharlarida:
Trua Lan`i
Proven Bri
va boshqa joylarda deyarli butun yi bo`yi savdo-sotiq qilinar edi.
Umuman,savdo oborotlarining miqyosi va tashqi savdoda ishtirok etish jihatdan,Fransiyaning shi-moli-sharqiy viloyatlari janubiy shaharlarga qara-ganda hali orqada edilar.
Umuman,savdo oborotlarining miqyosi va tashqi savdoda ishtirok etish jihatdan,Fransiyaning shi-moli-sharqiy viloyatlari janubiy shaharlarga qara-ganda hali orqada edilar.
Birinchi Kapetinglar hokimiyati dastlab tamomila zaif edi. X va XI asrlarda Fransiya G`arbiy Yevropaning eng tarqoq monarxiyalaridan biri edi.
Korol bu yerda knyaz- feodallardan birining,hattoki kuchli bo`lmagan knyaz-feodalning oddiygina o`rni-ni egallardi.
Ko`pgina qo`shni yirik feodallar,har qaysisi o`z holicha ko-roldan kuchliroq edi va faqat feodallarning o`zaro raqibli-gi,cherkovning,keyinroq esa shaharlarning Kapetinglarni qo`llab-quvvatlashi ,bu dinastiya vakillarining ustalik qilib, ohista siyosat yurgizishi birinchi paytlarda loaqal o`z urug`ining korollik unvonini qo`ldan chiqarmay,balki uni nasldan-naslga meros qilib qoldirish imkonini berdi.
Korol o`zining merosiy domenida-IL de Frans gersogli-
gida ozmi-ko`pmi xo`jayin edi.Bu nisbatan kambar min-taqa bo`lib,shimoldan janubga qarab cho`zilib ketgan va ammo ikkita kattagina shaharni --Parij bilan Orleanni o`z ichiga olgan edi,shu bilan birga,bu territoriyaga boshqa mulklar ham suqilib kirgan edi.
Korol domeni territoriyasi Fransiyadagi ikki muhim daryoning,ya`ni Sena bilan Luara daryosining o`rta oqimi bo`ylaridagi yerlarni o`z ichiga olsa-da,lekin bu daryolar-ning mansablari,quyi va yuqori oqimlari bo`ylaridagi joy-lar boshqa feodallarga qarashli edi.
XIII asrda Fransiyada qish-loqning ahvolida ko`zga ko`rinarli o`zgarishlar yuz berdi.Mamlakatda shahar-larning o`sishi va tovar xo`-jaligi rivojlana boshlashi munosabati bilan krepost-noy dehqonlarning bir qis-mi feodallar tomonidan pul obrogiga ko`chirildi.
Bu masala salib yurishlari dehqonlarni ozod qilish-ga birinchi sababchi bo`lib,ancha katta rol o`ynadi. Salib yurishiga keta yotib va bunda odatda pulga muhtojlik sezgan feodal o`z krepostnoylariga pul to`lab,ozodlikka chiqishni yoki shu pul evaziga lo-aqal eng og`ir krepostnoylik majburiyatlardan quti-lishni taklif etar edi.
Natural majburiyatlarni ana shu tariqa pul bilan ayirboshlash dehqonlarni shaxsan ozod bo`lishiga yordam qildi va bu hol esa progressiv xarakterga ega bo`ldi.
Ammo XII asrda va XIII asrning birinchi yarmida bu jarayon Fransiyada hali yetarli darajada keng tarqalmagan edi.Barshchinada ishla-tiladigan va natural obrok yig`ib olinadigan krepostnoylik tuzumi feodal ekspluatatsiyasining ustun formasi bo`lib qolaverdi.
Ikkinchi tomondan,dehqonlar tovar-pul xo`jaligiga
hali yetarli darajada tortilmaganliklari sababli ob-rokni pul bilan to`lashga o`tishning o`zi bu vaqtda dehqonlarga og`irlik qilardi.
XIII asrning o`rtalarida fransuz qishlog`idagi deh-qonlar ommasi ahvolining yomonlasha borishi za-minida ko`plab har qanaqangi mahalliy janjallar va dehqonlarning sen`orlarga qarshi chiqishlari yuz berib turdi.Dehqonlarning bu chiqishlari ba`zan an-cha keng tus olib,butun-butun viloyatlarni o`z ichi-ga olgan ommaviy g`alayonlarga aylanib ketardi.