Mavzu: XVIII-XIX asrlarda Qo`qon xonligidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot



Yüklə 444,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/17
tarix22.10.2022
ölçüsü444,44 Kb.
#65800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Kirish 
Mavzuning dolzarbligi:
Mustaqil O`zbekistonning uzoq va yaqin o`tmishiga bo`lgan qiziqish ortib 
borayotganligi davrimizning o`ziga xos xususiyatidir. O`zbekiston Respublikasi 
Prezidenti I.A.Karimov takidlaganidek ―Mustaqillik yillari o`z o`tmishimizni
o`z madaniyatimizni xolisona bilib olish davridir. Bu jahon hamjamiyati tarix 
oldidagi vazifamizni anglab olish davridir‖
1
. ―O`zbekiston Respublikasi 
mustaqillikka erishgach, o`tmishimizni –tariximizni tahlil qilib, xolisona 
o`rganish imkoniyatiga ega bo`ldik. Bu esa biz yosh tarixchilarning oldida 
nihoyatda katta masulyat turganidan dalolat beradi. Istiqlol yillarida milliy 
ma`naviyatimizning tiklash qadimiy tariximizni keng xalq ommasiga yetkazish 
borasida ulkan ezgu ishlar amalga oshirildi‖. –―Har qaysi xalq o`z taraqqiyotini 
yuksaltirish uchun –tarixiy xotira masalasi alohida ahamiyat kasb etadi‖
2
–deya 
ta`kidlagan edi muhtaram Prezidentimiz o`z asarlarida. 
Darhaqiqat, o`zbek xalqi tarixi, o`zbek davlatchiligi tarixi ijtimoiy-
iqtisodiy va madaniy hayotining rivojlanishi alohida shaxslar tarixi bilan 
bevosita bog`liqdir. 
XVIII-XIX asrlarda Qo`qon xonligida ijtimoiy-siyosiy , madaniy hayot 
masalasini o`rganib tadqiq qilish bugungi kunimizning dolzarb masalalaridan 
biri hisoblanadi. 
Negaki, mustaqillik sharofati bilan o`zgalarga qarashlik tobelik va 
bog`liqlik qismatidan butkul xalos bo`ldik. Egilgan, majruhlangan qaddi-
bastimizni tiklab, ona yurt taqdirini qo`lga olib uning chinakam sohibiga aylanib 
katta ijtimoiy faoliyatga yo`l tutdik, kelajagi buyuk, huquqiy, demokratik davlat, 
ochiq, ozod, rivojlangan fuqarolik jamiyatini bunyod etish borasida jadal sa`y 
harakat etmoqdamiz.
Biz shu asnoda buyuk kelajagimizni o`z qo`llarimiz bilan yaratib borar 
ekanmiz bunda shubhasiz, baquvat tarixiy ildizlarimiz, teran ma`naviy 
1
I.A. Karimov. O`zbekiston iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish yo`lida T.. ―O`zbekiston‖, 1995, l 8-bet.
2
I.A.Karimov. Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch. T., ―Manaviyat‖, 2008, l 4-bet. 



tomirlarimizga mahkam tayanmog`imiz, ulug` ajdodlarimiz kimlar bo`lganini, 
bizlarning nasl-nasablarimiz kimlarga borib taqalishini, ular qachonlardan buyon 
bu hudud sarhadlarini vatan tutib, unda yashab, keyingi minnatdor avlod, 
nasllarga qanday boy moddiy va ma`naviy meros namunalarini qoldirib 
kelganligini va nihoyat bu jarayonlar silsilasi davomida ularning o`z shaklu-
shamoili, ma`naviy,ruhiy qiyofasi turmush tarzi har qanday jiddiy o`zgarishlarga 
uchrab borganligini bilmog`imiz kerak bo`ladi. 
Shu bois mazkur mavzuni ilmiy asosda yoritishni o`rganishni o`z 
burchimiz deb bildik.

Yüklə 444,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin