Mavzu: XVIII-XIX asrlarda Qo`qon xonligidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot


 Qo`qon xonligining ijtimoiy hayoti



Yüklə 444,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/17
tarix22.10.2022
ölçüsü444,44 Kb.
#65800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
1.2. Qo`qon xonligining ijtimoiy hayoti 
Amir Temur va uning o`g`li Mironshohdan boshlangan sulola, Qo`qon 
xoni Xudoyorxongacha davom etib kelgan. Adabiyotshunos, professor Sharif 
Yusupov o`z maqolalarida shunday takidni ilgari suradi:
Qo`qon xonligining so`ngi hukmdori Sayid Muhammad Xudoyorxon
Sohibqiron Amir Temurning Yigirma uchinchi avlodi xonning ikkinchi o`g`li 
Sayid Muhammad Aminbek yigirma to`rtinchi hamda Muhammad Aminbekning 
o`g`li Sayid Islombek Sohibqironning yigirma beshinchi avlodi bo`lib chiqadi
16

Temurshunos, Bobirshunos fransuz olimi O`zbekistonning xalqlar 
do`stligi ordeni sohibi Lyusen Kern ham o`zining ―Shahzoda Islombek‖ 
maqolasida Qo`qon xonlari temuriy Mironshohga borib taqaladi, degan g`oyani 
ilgari suradi. 
Qo`qon xonligida tojiklar va qirg`izlar ham katta mavqega ega edilar. Xon 
qo`shinlarida ular katta kuch bo`lganlar. 92 o`zbek qabilalaridan biri deb 
o`zlarini hisoblovchi qipchoqlarning o`rni ham Qo`qon xonligida ancha katta 
bo`lgan ular xonlikning Shahrixon Baliqchi hududlari Qoradaryo bilan Norin 
daryosi oralig`idagi yerlarda yashaganlar. Qirg`izlar va asosan Farg`ona 
atrofidagi tog`larda va Ketmontepa Oloy singari tog` havzalarida ko`chib yurub 
chorvachilik bilan shug`ullanganlar.
Xiva xonligi va Buxoro amirligidagi singari Qo`qon xonligida ham 
davlatni boshqarishda ruhoniylarning o`rni va ta`siri katta bo`lgan
17
. Jumladan, 
ruhoniy Hazrati Sohib Naqshbandiylar jamoasining xalifasi sifatida 1844-1869 
yillar mobaynida amalda davlat ahamiyatiga ega bo`lgan ayrim masalalarni hal 
qilishda asosiy ro`l o`ynagan. Hatto Xudoyorxonning o`zi ham u vafot etgach 
dafn marosimida oldingi safda borgan.
Ma`muriy boshqaruvi. 
16
Sh. Yusupov. Buni umr derlar … Jamiyat va boshqaruv. 2002 y. 1-son, 18-25-bet. 
17
R.Shamsiddinov, Sh Karimov. O`. Ubaydullayev. Vatan tarixi. T., ―Sharq‖, 2010, 99-bet.


17 
Feodal tuzum asosida tashkil topgan o`zbek xonliklarining ma`muriy 
tuzilishi shu jumladan Qo`qon xonligida hamhukron doiralarning manfaatini 
himoya qilishga asoslangan edi.
Qo`qon xonligi Marg`ilon, O`sh, Andijon, Namangan Shahrixon Baliqchi, 
Navqat, Chust, Buloqboshi, Aravon, Koson, Mahram, Sux, Bobodarxon, 
Xo`jand, Toshkent, Turkiston va O`ratepa bekliklariga bo`lingan.
18
Beklar 
hokim yoki parvonachi deb nomlangan Qo`qon xonligida Beklarbegi 
hisoblangan -Toshkent begi parvonachi yoki qushbegi deb atalgan. Toshkent 
bekligi o`z qo`li ostidagi yerlarga to`la hokim bo`lib, u chet davlatlar bilan 
o`zaro iqtisodiy va diplomatik munosabatlar bog`lash huquqiga ega edi.
O`rta Osiyoning boshqa xonliklari kabi Qo`qon xonligida ham xonning 
huquqi mutlaqo chegaralanmagan. Xonlikda quyidagi mansablar mavjud 
bo`lgan: mingboshi, otaliq, shayxulislom, qozikalaon qushbegi, mextar 
parvonachi, naqib, dodxoh, eshik og`asi, inoq, shig`avul, to`qsoba mirokur 
qorovulbegi va boshqalar. Xo`jakalon, naqib, mirasad, sadr, sudur, uraq 
mansablari faqat Muhammad payg`ambar va to`rtta xalifalar avlodlariga mansub 
shaxslarga taqdim qilingan
19
Shayxulislom mavlavi, qoziqalon, qoziul, quzzot, qozi askar, qozi mutlaq, 
qozi rais, mufti a`lam, mudarris imomlar shunday shaxslar bo`lishi kerak ediki, 
ular musulmon maktablarida ta`lim olgan bo`lishlari shart edi. Shayxulislom 
unvonini olish uchun bilimdon, o`qimishli bo`lish haqidagi hujjatdan tashqari 
tayinli nasl-nasab ham talab qilingan. U xo`jalar avlodidan bo`lishi lozim edi. 
Shahardagi tungi tartibni qo`rboshi boshchiligidagi ma`lum miqdordagi soqchi 
(mirshab)lar nazorat qilishganlar.
Shuningdek, muxtasiblar lavozimiga odatda axloqiy sifatlari bilan ajralib 
turgan va shariat qonunlarini yaxshi bilgan shaxslar tayinlangan, ular rais-a`lam 
deb ham atalgan.
18
G.Xolliyev. X. G`ulomov. O`zbekiston tarixi. T., Universitet. 1997, 52 bet.
19
H.Bobobekov. Qo`qon xonligining qisqacha tarixi. ―Turon tarixi jurnali to`plam‖, N-2. T., ―Fan‖, 2008, 20bet 


18 
Xonning daromadini maxsus amaldorlar boshqarishgan: mirzai daftar xon 
xazinasining ahvoli haqida maxsus daftarga qayd qilib borgan. Sarkar va inoq 
xonlik xazinasiga qabul qilinadigan maxsulotlarni saqlovchi hisoblangan. 
Pullarning hammasini mehtar yoki xonning g`aznachisi (kassiri) qabul qilgan, 
shuningdek, u xonning barcha qimmatbaho buyumlarini boshqaruvchisi ham 
bo`lib hisoblangan.
Odatda, vaqtinchalik hukmronlik qiluvchi guruhning eng nufuzli shaxslari 
xonlikdagi yaxshi lavozimlarni egallab olganlar. Barcha masalalarni hal qilish 
uchun xonga qarshli doimiy kengash tashkil qilingan edi. Unga xonning o`zidan 
tashqari otaliq, mingboshi, parvonachi, sarkar, dasturxonchi, risolachi, 
g`aznachi, muxtar, noib, xudaychi, va xonning istagi bilan bazilar amalda esa 
mingboshining maslahatiga muvoffiq kiritiladi.
Xonlik hayotida ruhoniylar fuqarolar ishini hal qilishda qozilikka oid 
hamma ishlarni oshkor qilardilar. Qozilik ishlarini ma`lum tartibda ko`rish faqat 
shariat va odatlar asosida olib borilgan. Qo`qon xonligida mavjud bo`lgan harbiy 
unvonlar quyidagicha bo`lgan. Mingboshi –odatda, u vazirlik vazifasini birga 
olib borgan. Keyin pansadboshi, yuzboshi, ellikboshi, o`n boshi to`pchiboshi, 
zambarakchi va boshqalar. Bulardan tashqari boshqa harbiy mansablar ham 
bo`lgan. Qo`qonda yashagan sarboz va to`pchilar faqat alohida vazifadagi noib, 
dodxohning doimiy tasarufida bo`lganlar. Urush davrida noib, dodxoh o`z 
qismiga harakatdagi qo`shinning hamma sarbozlarini qabul qilgan. Unga 
vaqtinchalik boshchilik qilishni maxsus tayinlangan amiri lashkar (bosh 
qo`mandon) ga topshirdi. Har bir kishi harbiy xizmatga kirishda hukumatdan 
otva om abzali olgan, safarga chiqishdan oldin yuzboshi -2tilla, ellikboshi-1,5 
tilla oddiy askar -1tilla olgan. Qo`shinlarni taminlash 1851-yilda pulli unvonlar 
va oziq ovqat naturasidan iborat edi. Bir yilda yuzboshi- 147 so`m kumush 
tanga, Mingboshi-98so`m, o`nboshi-65so`m, oddiylar 43 so`m olgan. 1860 yilda 


19 
qo`qonliklarda aslini olganda muntazam hatto bir ozgina bo`lsa ham oldindan 
tashkil etilgan qo`shin yo`q edi.
20
Xonlikda tinchlik xotirjamlikni saqlash va qal`a gornizoni uchun haq 
to`lanadigan ko`ngillilar xizmat qilardi. Urush vaqtida xizmatga qurol ko`tarib 
yurishga layoqatli bo`lgan barcha erkaklar chaqirilgan. Harbiy xizmatga 
ko`pincha kuz oylarida chaqirilgan. Quyi mansabdagi xizmatchilar hukumatidan
bir yilda ikki qopdan arpa, oyiga bir tilladan pul olardilar. Bulardan tashqari ayni 
zamonda ularga bahorda 4tadan yozlik to`n, ko`ylak, etik, salla, do`ppi va 
belbog`, qishda esa issiq chopon, oshlangan po`stin, etik, issiq shapka va ot 
berilardi, qurollardan qilich, nayza, miltiq berilgan. Miltiq hammaga emas faqat 
otishni biladiganlarga tanlab berilgan, umuman qo`qonliklarning qurol aslahasi 
juda yomon bo`lgan.
21
Shunday qilib, tashkil etilgan qo`shinning o`z boshliqlari bo`lgan: 
mingboshi asosiy harbiy boshliq, pansadboshi, yuzboshi yasavul, ularning bir 
qismi xo`jalik ishlari bilan ham shug`ullanganlar. Xon harbiy yurishlar vaqtida 
viloyat va qal`a hokimlariga shuningdek, xalqqa qo`shinlarni belgilangan joyga 
ma`lum kunda yig`ish haqida farmon berardi.
Ponsadlar o`zlariga yuzboshi yasavvul va boshqalarni yordamchi qilib 
olib, ko`ngilli qo`shin boshlig`i bo`lib, bu buyruqni bajarardilar. Shundan keyin 
xon o`zining soqchilari bilan safarga chiqardi. Yo`l boylab garnizon va 
qal`alarda qo`shin to`plab unda faqat zarur miqdordagi harbiylarnigina 
qoldirgan. Xonga ko`ngillilar ham qo`shilib borgan. Qal`alardan tashilgan har 
bir zambarakka 6tadan ot qo`yilgan, bundan tashqari yana zaxirada 25tadan 
(kerak vaqtda ishlatish uchun) otlar bo`lgan. Qurollar uchun zaryadlar va miltiq 
uchun o`qlar alohida maxsus sandiqlarda tashilgan.
Qo`qonliklar o`z qal`alarini himoya qilganlarida olovli sharlarni ham 
ishlatar edilar. Bunday qurolni tayorlash maxsus tayorlangan charmga porox 
o`ralib u yo`g`on sim yoki arg`amchi (arqon ) bilan qattiq bog`lanib, trubka 
20
H/Bobobekov. Qo`qon xonligining qisqacha tarixi. ―Turon tarixi‖ jurnali. To`plam № 2, T., ―Fan‖.2008, 21-
bet. 
21
H. Bobobekov. Qoqon xonligining qisqacha tarixi. ―Turon tarixi‖ jurnali. To`plam. N-2 T., ―Fan‖, 2008-yil, 
22-bet. 


20 
tiqib, sharning ustini mum bilan surkashardi va uni yoqib dushman tomon 
uloqtirar edi.
Bazi ma`lumotlarga qarganda, xon XIX asrning 50-yillarida 20kun 
davomida 40 000ga yaqin kishilik qo`shinni to`plashga va ular bilan safar 
qilishga muvaffaq bo`lgan.
Beklar xon tomonidan belgilangan soliqlarni harbiy kuchlarni to`plab 
xonga topshirishga majbur edilar. Ammo ular boshqa ishlarni istaganicha 
qilardilar. Hatto harbiy kuchlar va soliqlar yig`ish ishlarini ham o`z bilganicha 
bajaraverardi.
Turli soliqlardan to`plangan pulning tegishli qismini xonga yuborib, 
qolganini bekning o`zi xohlaganicha sarflay berar uni hech kim nazorat qilmas 
edi.
Oqsoqol, mingboshi, yuzboshi va ellikboshilar aholi o`rtasida bo`lgan 
obro`li kishilardan saylanar edi. Ular bu lavozimlarga masjid nomozlaridan 
so`ng aholi o`rtasida saylanardilar.
Beklarga qarshli shaharlarda rais, qo`rboshi mirshab, qozi mirza va 
mirzaboshilar qishloqlardan kelgan daromad hisobiga yashar edilar. Masalan, 
har ikki uch ponsodboshi (besh yuz boshi) ga ayrim qishloqlar tanho tariqasida 
berilib, shundan kelgan daromad ular o`rtasida taqsimlanardi. Masalan, 
to`qsaboshi va boshqa yuqori mansabdor harbiy boshliqlarning besh oltitasiga 
bir qishloq tanho qilib berilardi: ularning har biriga boshqa daromadlaridan 
tashqari O`rta hisobda 100, 80, 70 chorak (7 qadoqqa yani 2kg 800 gm ga teng 
bo`lgan og`irlik) to`g`ri kelardi.
Qorovulbegi, miroxur va boshqa amaldorlarning har 15-20tasiga bir 
qishloq tanho qilib berilardi. Ularning har biriga boshqa daromadlaridan tashqari 
50-30 chorak bug`doy to`g`ri kelardi. Bundan tashqari xon xarbiy boshliqlarga 
har yili sarpo kiyg`izish baytlarda har bir ponsodga 1000(200 so`m) 
qolganlarining har biriga 500tangadan 80 tangagacha pul berilgan
22
. Urush 
22
G.Xolliyev, X.G`ulomov. O`zbekidton tarixi. T., ―Universited‖. 1997, 53bet. 


21 
davrida yuzboshiga har oyda ikki tilla ellikboshiga bir yarim tilla oddiy 
navkarlarga esa bir tilladan aqcha berilar edi va h.k.
Qo`qonda ham boshqaruv tizimi ko`p jihatdan buxorodagi holatni eslttsa-
da ammo uning ham o`ziga xos tomonlari bo`lgan. Qushbegi, devonbegi, otaliq, 
parvonachi dodxoh kabi mansablarning mavqei bu yerda ham baland 
hisoblangan, holda harbiy lavozim egalarining ayniqsa mingboshining roli bazi 
zamonlarda nihoyatda yuqori bo`lganini bilamiz.
23
. Chunonchi, qushbegi, 
parvonachi lavozimlaridagi mingboshi harbiy unvoni berilishi fikrimiz dalili 
bo`la oladi. Bizga ma`lumki, Musulmonqul mingboshi hatto hokimiyatni qo`lga 
olib butun xonlik ishlarini yurgizgan.
Xonlikda yer munosabatlar suniy sug`orish yer muomalasi doimo o`tkir 
va dolzarb masalalardan biri bo`lib kelgan va hozirgi kunda ham u o`zining 
ushbu xususiyatini yo`qotgani yo`q.
XVIII asrning oxiri va XX asrning boshlarida Markaziy Osiyo 
xonliklaridagi yerlar uch qisimga bo`lingan:
Birinchisi- Davlat yerlari (amlok, amloki, podshohiy)
Ikkinchisi- shaxslarning xususiy( mulk) yerlari;
Uchinchisi- vaqf yerlari ;
O`lkadagi yer suvning asosiy xo`jayini bo`lgan xonlar eng katta yer 
maydonlariga ega edilar. Masalan, Buxoro xonligidagi barcha hosildor 
yerlarning uchdan ikki qism amirning yeri hisoblangan. XIX asr o`rtalarida 
Buxoro amirligida sug`oriladigan yerlarning jami 2mln 450 ming desyatina 
bo`lgan. Bu yerlarning katta qismi xonbeklar va ularning avlodlari qo`lida edi. 
Biz tadqiq qilayotgan Qo`qon xonligidagi asosiy yer maydonlari xon va uning 
avlodlari ixtiyorida edi. Bunday yerlar chek yerlar deb atalardi. Masalan, 
Andijon atrofida Olimbek cheki deb nomlangan yerlar 296 desyatina (bir 
desyatina -1,09ga teng) Sheralixon cheki 291 desyatina bo`lgan. Farg`ona 
vodiysida bunday chek yerlar ko`p bo`lgan.
23
Azamat Ziyo. O`zbek davlatchiligi tarixi. T., Sharq, 2000, 297-bet. 


22 
XIX asr o`rtalarida chek yerlar yanada ko`paydi. Xususan Xudoyorxon 
zamonida xon va uning avlodlari qo`lida juda ko`p chek yerlar to`plangan. 
Xudoyorxon , Sultonmurodbek, Nasriddinbek, O`rmonbek va boshqalar 
nomidagi cheklar 1845-1875 yillarda ayniqsa kengaygan.
O`rganilayotgan davrda dehqonlar va mohir irrigatorlarning ulkan mehnati 
natijasida murakkab suv xo`jaligi barpo etildiki, unga yirik suv xo`jaligi 
manbalaridan suv olish ishlarini tashkil etish turli xilo suv olg`ich inshoatlarni 
qurish kanallarni tozalash, suvni undan foydalanuvchilarga taqsimlash kirardi
24
.
Umuman sug`orish tarmog`i ulkan sistema bol`ib, uning shahobchalar 
suvni juda katta maydon uzra tarqatardi. Ko`pdan ko`p ariqlar ayrim tumanlarni 
sug`orar ularning umumiy uzunligi o`nlab kilometrni tashkil etardi. Masalan, 
XIX asrning birinchi choragidan boshlab Farg`ona vodiysi daryolaridan suv 
oladigan ko`plab ariqlar va kanallar qazildi. Va shular suvi bilan 1903 yilda 
Norin daryosidan Yangiariq, Chagaraxon, Uychi, Kisrabot, Chortoq, Mutagan, 
Kosatepa, Namangan, Xonabod atrof yerlari suv bilan ta`minlandi. Hammasi 
bo`lib 96 ariq chiqarildi. 1819 yilda Umarxon farmoni bilan yangi ariqlar 
qazildi. Eskilari kengaytirilib, ularning uzunligi 100chaqirim (chaqirim-
taxminan 1,5 km ga teng) yetkazildi. Natijada Namangan atrofidagi ko`plab 
yerlar sug`orildi. 1820 yilda Farg`ona vodiysida sekundiga 7kub sorjin suv oqib 
o`tadigan Shahrixon soy kanali qazildi. Shu kanal suvidan hozirgi kunda ham 
Shahrixon, Bo`z tumani qishloqlari suv ichib, dehqonchilik qilmoqdalar. 
Madalixon zamonida Xonariq chiqarilib Toshkent atrofidagi yerlarniong bir 
qismi o`zlashtirildi. Chirchiq daryosidan Bo`zsuv arig`i qazildi. Umuman 
chirchiqdan 45ta kanal chiqarildi. Bular orasida eng kattasi Zoxariq bo`lib, 
uzunligi 70 chaqirim edi. Andijonsoy, Yangiariq kanallari ham qazildiki, ular 
Norin va Qorasuv daryolari qo`shilib hosil bo`lgan Sirdaryo suvini dalalarga 
oqizish imkonini berdi. Bu vodiy xo`jaligi samaradorligini ortirishga asos bo`ldi.
Xullas, XVIII asr oxiri va XIX asrning birinchi yarmida O`zbek xonliklarida 
sun`iy sug`orish sohasida anchagina ishlar qilingan edi. Lekin kanal va 
24
G.Xolliyev, X.G`ulomov. O`zbekiston tarixi T. ―Universitet‖ 1997, 44-bet. 


23 
ariqlarning asosiy qismi yuqori tabaqalar qo`lida bo`lib, mehnatkash aholiga suv 
yetishmas edi. Markaziy Osiyoda sun`iy sug`orish tarixida buloq suvlaridan 
foydalanish usuli ham o`ziga xos mohiyat kasb etgan. Bu orqali tog`li 
tumanlarda hamda buloqlar bo`lgan yerlarda dehqonchilikni har tomonlama 
rivojlantirish uchun imkoniyat yaratilgan. Ariq oqsoqollari va mirovlar yuqorida 
ko`rsatilgan kanal, ariq, korix va buloq suvlarini aholi o`rtasida taqsim qilish va 
yangi irrigatsiya inshoatlarni qazish ishlarini tozalash va buzilgan joylarni 
tuzatish ishlariga boshchilik qilib kelganlar. Umuman gidrotexniklarga (ariq 
oqsoqoli mirob, minoboshi ) davlat tomonidan hecha qanday haq to`lanmas edi. 
Irrigatsiya xodimlariga g`alla bilan haq to`lanar edi. Bunday haq to`lash kapson 
deb yuritilardi.
Toshkent bekligi miroblarioni yilda bir mukofotlab turgan. Masalan, bosh 
ariqoqsoqoliga uchta to`n, bitta bezatilgan ot va ikki yuz pud qishloq xo`jalik 
maxsulotlari berilgan. Toshkentdagi to`rtta bosh ariq oqsoqoli qarmog`ida 
beshtadan kichik ariq oqsoqoli bo`lgan. Toshkent shahar begi har bir ariq 
oqsoqoliga yilda bitta to`n, bitta ot va 1280 pud g`alla berar edi. Ariq 
oqsoqollarining hammasi barcha soliqlardan ozod qilinar edi. 
25
Umuman, Movarounnahr zaminida bunyod etilgan sug`orish vositalari 
hatto yevropalik zamondoshlarni ham hayratga solgan. Rus geografi, knyazi V. 
Masalskiy ayrim kanallarni ko`rib, bunday deb yozgan edi. ―obi hayotni 
ko`pgina o`nlab chaqirimlarga eltayotgan bu qudratli oqimlarni ko`rganda texnik 
bilimlari juda nochor bo`la turib, Turkiston quyoshining jazira nurlari ostida 
benihoya mehnat evaziga butun mamlakatni sug`orish shahobchalari bilan 
to`ldirgan xalqqa beixtiyor mehring uyg`onadi. kishi‖
26


Yüklə 444,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin