Mavzu: Yadro yemirilishlar. Reja: Kirish Asosiy qism



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/13
tarix01.06.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#60345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
2 5235476326785227427

2. Radioaktiv yemirilishlar 
1996-yilda fizik olimlar atom yadrosi radiaktivligi ochilishining 100 yilligini 
nishonladi. Bu oshilish yangi fizikaning tuzilishiga olib keldi. Bu yangilikdan so`ng 
atom va yadroga boshqacha nazar bilan qarala boshlandi va elektr zarrachalarining 
garmonik kvant olamiga kirib borildi. Radiоаktivlik to`satdan ochildi.
1896-yilning boshida B.K.Rentgen tomonidan X nur ochilgandan so`ng 
fransiyalik fizik Anri Bekkerel rentgen nurlarining fluoressent tabiatini 
o`rganayotib, uran-kaliy tuzi o`z-o`zidan tashqi ta`sirlarsiz qattiq nurlanish 
chiqarayotganini qayd etdi. Keyinchalik Bekkerel radioaktivlik deb atagan nurlanish 
aktivligi to`liqligicha uran bilan bog`liq ekanligini isbotladi. Bir necha yillardan 
so`ng bunday xususiyatlar toriyda poloniy va radiyda borligini Mariya va Per 
Kyurilar isbotladi. Barcha tartib raqami sakson ikkidan katta bo`lgan kimyoviy 
elementlarda radiaktivlik xususiyatlari borligi aniqlangan. Tezlatkich va yadro 
reaktorlari paydo bo`lishi bilan barcha kimyaviy elementlarning reaktiv izatoplari 
topildi. Ulardan ko`pchiligini tabiiy sharoitlarda uchratish mumkin emas. 
Uran nurlanishning singuvchanlik qobiliyatini analiz qilib, E.Rezerford uning 
ikkita tashkil etuvchisini topdi: α-nurlanish deb atalgan va singuvchanligi nisbatan 
ko`proq bo`lgan β -nurlanish. Uran radiaksiyasining uchinchi nurlanishi 


hammasidan ko`proq singuvchanlik qobiliyatiga ega bo`lib, u 1900-yilda ochilgan. 
Bu nurlanishni Pol Villaru topdi va γ-nurlanish deb atadi. Rezerford va uning 
xodimlari ko`rsatdiki, radioaktivlik atom yemirilishlari bilan bog`liq. Ancha keyin 
ma`lum bo`ldiki, radioaktivlik atom yadrolarining yemirilishi bilan bog`liq jarayon 
ekan. Radioaktivlik natijasida ma`lum ko`rinishdagi nurlanish chiqadi. Bu xulosa 
shu vaqtgacha fizika va kimyoda hukmron bo`lgan atomning bo`linmasligi haqidagi 
konsepsiyaga zarba bo`ldi. Rezerfordning keyingi tadqiqotlarida α-nurlanish bu 
geliy yadrolari izatoplari, β-nurlanish esa elektronlar oqimi ekanligini ko`rsatdi. γ-
nurlanish yuqori chastotali elektromagnit kvantlar oqimi bo`lib, u atom yadrolaridan 
quyi energetik holatlariga o`tganda chiqariladi.
Yadrolarning β-yemirilish tabiati juda qiziq. Bu hodisaning nazariyasi 1933-
yilda Enrika Fermi tomonidan yaratildi. U Volfgang Paulining β-yemirilish paytida 
“υ” neytrino deb ataluvchi va tinchlikdagi massasi nolga yaqin bo`lgan neytral 
zarracha tuziladi degan gipotezani qo`lladi. Fermi ko`rsatdiki, β -yemirilish 
tabiatdagi zarrachalarning o`zaro ta`siri – “kuchsiz” o`zaro ta`sir bilan bog`langan 
va quyidagi jarayonlar bilan tavsiflanadi: 
- Ona yadroda neytronning protonga aylanishi va elektron(e) va antineytrino 
(υ) chiqishi (β - yemirilish).
- Protonning neytronga aylanishida pozitron (e ) va neytrino υ chiqishi (β – 
yemirilish).
- Protonning atomdagi elektronni qamrab olishi va neytrino chiqishi (elektron 
–qamrab olish).
Radiоaktivlikning to`rtinchi turi 1940-yilda Rossiyada yosh fiziklar 
G.N.Flerov va K.A.Petrjaklar tomonidan ochildi. Bu radioaktivlik yadrolarning 
spontan bo`linishi bilan bog`langan bo`lib, bu jarayonda ancha og`ir yadrolar 
massalari taqriban teng bo`lgan ikkita bo`lakka bo`linadi.
1950-yillardan boshlab yadrolarning proton radioaktivligi ustida ishlar 
boshlandi. Asosiy holatda bo`lgan yadro o`z-o`zidan proton chiqarishi uchun 


protonning yadrodan ajralish energiyasi musbat bo`lishi kerak. Ammo bunday
yadrolar yer sharoitida mavjud emas va demak, ular sun`iy yo`l bilan hosil qilinishi 
lozim. Dubnada bu yo`nalishda katta hajmdagi ishlar olib borilayotgan bir paytda 
1982-yilda Darmigtadda proton radioaktivlikni dunyodagi eng kuchli tezlatkichni 
ishlatgan nemis fiziklari ochishdi.
1984-yilda Angliya va Rossiya olimlari guruhi bir-biriga bog`liq bo`lmagan 
holda ba`zi og`ir yadrolarning klaster radioaktivligini ochishdi. Bu radioaktivlikda 
yadrolar o`z-o`zidan klasterlarni atom og`irliklari 14 dan 34 gacha bo`lgan atom 
yadrolarini chiqaradi. 1.1.1-jadvalda turli ko`rinishdagi radioaktivlikning ochilish 
tarixi keltirilgan.
Radiоaktiv yemirilishlarning barcha turlari ochilganmi? 
Buni vaqt ko`rsatadi. Ammo hozirgi kunda asosiy holatdan neytron (neytron 
radiоaktivlik) yoki ikkita proton (ikki protonli radiоaktivlik) chiqaruvchi yadrolari 
topish ustida ish olib borilmoqda.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin