To’ldiruvchilar yirikligi bo’yicha o‘lchov idishlarining o’lchamlari
2.1-jadval
To’ldiruvchi
donalarining eng
katta yirikligi,
(mm)
O‘lchov
idishining sig‘imi,
(l)
O‘lchov
idishining
ichki
o’lchamlari, mm
Diametri
Balandligi
5 va undan
kam
10
20
40
1
2
5
10
108
137
185
234
108,5
136,5
186,5
233,8
Ta’kidlash lozimki, to‘ldiruvchining uyilma zichligining aniqlash natijasi o‘lchov
idishning hajmi va sig‘imi, idish va to‘ldiruvchi zarralarining o‘lchamlari nisbatiga
bog‘liq.
Standart bo’yicha shag‘al va shag‘al(chaqiq tosh) uchun yirikligidan kelib chiqib
2-50 l sig‘imli o‘lchov idishlar, qum uchun 1litrli o‘lchov idishi ishlatiladi. G‘ovak
to’ldiruvchilarning markasi ularning mos uyilma zichligi bo’yiga o‘rnatiladi.
To’ldiruvchilarning uyilma zichligini aniqlash to’ldiruvchilar massa ulushini
xisoblashga (agar hajmi malum bo’lsa), korxona tarkibidagi omborlari sig‘imini,
bunkerlar sig‘imini, beton tarkibini xisoblashda, to’ldiruvchilarni betonda to‘g‘ri
taqsimlash (dazirovka)da zarurdir.
To’ldiruvchilarning dona va modda zichligi
To’ldiruvchilar donalari zichligi, bu quruq shag‘al yoki chaqiq tosh namunasi
massasining uning donalari xajmi yig‘indisiga nisbatan aytiladi. To’ldiruvchilar
donalari hajmi, to‘ldiruvchilardan olingan namunalarni suvda va havoda massasini
o’lchashdagi farq bilan aniqlanadi. Buning uchun to’ldiruvchilar namunasini suvda
o’lchashda undagi g‘ovaklar suv bilan to’ladi, shu sababli to’ldiruvchilar namunasi
oldindan suvga solib qo‘yiladi .
To’ldiruvchilar donalari zichligi (g/sm³) quyidagi formula orqali aniqlanadi:
bu erda: m
1
- to’ldiruvchi namunasining quruq holatdagi massasi, g m
2
-
to’ldiruvchi namunasining suv shimgandan so’ng, xavoda o’lchangan
massasi, g m
3
- to’ldiruvchi namunasining suv shimgandan so’ng, suvli muhitda
o’lchangan massasi, g ρ
suv
– suvning zichligi, 1g/sm³ ga teng.
To‘ldiruvchilarning dona zichligini aniqlashda, ishni qulay borishi uchun UzRST
bo’yicha shag‘al yoki chaqiq tosh namunasi 11 hajimdagi maxsus perforirlangan
idishga joylashtiriladi, birgalikda barcha jaraënlar bajariladi. Konteyner bilan
to’ldiruvchi namunasining massasini o’lchangandan so‘ng, bo’sh konteynerni suv
va xavoda aniqlangan massasi ayriladi.
Keltirilgan izlanishlar olingan to‘ldiruvchi namunasidagi donalarning
o’rtacha zichligini aniqlash imkonini berdi. G‘ovak to’ldiruvchilarning aloxida
donalarini zichligini aniqlashda to‘ldiruvchi donalari xajmiga nisbatan yuqori
dispers sochiluvchan muxitda o’lchanadi. UzRST ga bo‘yicha qizdirilgan kvars
qumi ishlatiladi. Bunda qum idishga yuqorisigacha to’ldiriladi, so’ngra galma-gal
to’ldiruvchi donasi qo’shiladi, idish yana qum bilan to’ldiriladi va qolgan suv xajmi
o’lchanadi. Bu oxirgisi esa to’ldiruvchi donasi xajmiga mos keladi bunda qum va
idishni zichlash mumkin emas.
To’ldiruvchining suvli muhitdagi hajmi, uning qum yoki boshqa muhitdagi
xajmidan farq qilishi mumkin.
Beton tarkibini hisoblashda beton tarkibida to’ldiruvchi donasi egallagan
xajmni bilish kerak. Ko’p to’ldiruvchilar uchun ayniqsa ochiq g‘ovakli
to’ldiruvchilar uchun bu hajm yuqorida keltirilgan usulda kam aniqlanadi, chunki
dona ochiq g‘ovaklari suv yoki sement bilan to’ladi.
Shu sababli UzRST ga ko’ra to’ldiruvchi donalarining zichligini sement
qorishmada aniqlash yaxshi samara beradi. Quruq g‘ovak to’ldiruvchi (shag‘al yoki
chaqiq tosh) 3,5 l xajmda, 1,7 kg sement va 3,4 kg kvars qumi olinadi.
Beton qorishmasini aniq konsistensiyaga kelgunicha suv qo’shiladi.
Aralashtirilgan beton qorishmasi 15 minut davomida ushlab turiladi. So’ngra
barcha qorishma 5l sig‘imli idishga solinadi va 30-60 sekund davomida zichlanadi
(vibromaydonchada), beton qorishmasining zichligi aniqlanadi.
Yirik to’ldiruvchining sement qorishmasidagi zichligi (g/sm³) quyidagi formula
bo’yicha aniqlanadi:
bu erda: ρ
sm
– beton qorishma zichligi , kg/l m
3
– quruq g‘ovak to’ldiruvchi
massasi , kg M – aralashmadagi barcha materiallar sarfi, (suv xam inobatga
olinadi ), kg m
s
– aralashmadagi sement massasi, kg ρ
s
- siment chichligi,
UzRST bo’yicha – 3,1 g/sm³ teng.
m
k
– aralashmadagi kvars qumi massasi, kg ρ
k
- kvars qumi zichligi –
2,65 g/sm³ ga teng. m
suv
– aralashmadagi suv massasi, kg
To’ldiruvchining modda zichligi boshqa qurilish materiallari singari namunani juda
mayda kukun xolatida maydalab, so’ngra namuna kukunini absalyut xajmining
kukunga kiritilgan suv yoki kerosin xajmiga nisbati pinometr yoki Le-Shatel’e
asbobida aniqlanadi.
To’ldiruvchilarning bo’shliqligi
To’ldiruvchi bo’shliqligi yoki donalar orasidagi bo’shliq, to‘ldiruvchi erkin
to’kilgandagi donalar orasidagi bo’shliqni umumiy xajmga bo’lgan nisbatiga
aytiladi va % da aniqlanadi (zichlanmagan xolda). Agar uyilma zichlik –ρ
u
(kg/m³)
va uning zarrachalari zichligi–ρ
3
(g/sm³) malum bo’lsa, unda to’ldiruvchining
donalari orasidagi bo’shliq quyidagi formula asosida topiladi:
G‘ovak to’ldiruvchining donalari orasidagi bo’shliqni tajribada aniqlashda,
to’ldiruvchi namuna o’lchov idishiga (2.1-jadvalga) solinadi va suv quyiladi.
Malum vaqtdan so’ng idish usti mayda ko’zli elak bilan ëpiladi, idishdagi suv
to’kiladi. So’ngra suvga shimdirilgan to’ldiruvchi bilan idish birgalikda torozida
tortiladi. Idishga lim to’lguncha suv solinadi va yana tarozida tortiladi, tajriba yo‘li
bilan aniqlangan g‘ovak to’ldiruvchining donalari orasidagi bo’shliq quyidagi
formula asosida topiladi:
Bu erda: m
suv
- oxirgi to’ldirib solingan suvning massasi, kg V-idishning
hajmi,l
G‘ovak to‘ldirgichning donalari orasidagi bo‘shliqni tajribada aniqlagandan so‘ng
zarrachalar zichligi p
z
(g/sm
3
)ni aniqlash mumkin:
Agar to’ldiruvchining bo’shliqligini zichlangan xolatda bilish kerak bo’lsa, u xolda
(4)formuladagi uyilma zichlik o’rniga, to’ldiruvchining zichlangan xolatdagi
zichligi olinadi.
Agar to’ldiruvchining donalaridagi ochiq g‘ovaklar betonda sement qorishmasi
bilan to’lgan xolatdagi bo’shliqligini aniqlaydigan bo‘lsak, u xolda (4)formuladagi
donalar zichligi – ρ
Dostları ilə paylaş: |