λ=2υ
P
W
if
bu yerda:
if
W
-ona yadrodagi nuklonlardan α-zarrachalarning
shakllanish ehtimolligi,
ona yadrodagi holat.
hosilaviy yadrodagi holat.
if
W
ni hisoblash α-yemirilishning tabiatini yaxshiroq o`rganish imkoniyatini
yaratdi. 1911-yilda Xeyke Kammerping Onnes ba`zi metallarning o`ta
o`tkazuvchanligini aniqladi. Ma`lum kritik temperaturadan keyin qarshilik nolga
intiladi va metal o`ta o`kazuvchan bo`lib qoladi. 1938-yilda P.L.Kapitsa suyuq
geliyning H o`ta oquvchanligini ochdi.Unga asosan
qandaydir kritik haroratdan
past haroratlarda geliy kapillyar naylardan ishqalanishsiz o`tadi. Bu ikki hodisa ko`p
vaqtlar bir-biriga bog`liq emasdek qaralib, kelindi. Suyuq geliyning o`ta
oquvchanligi N.N.Bogolyubov va S.T.Belyayevning ishlarida o`z aksini topgan.
Bularga asosan past temperaturalarda Boze-kondensatsiya yuz beradi, u vaqtda geliy
atomlarining ko`pchilik qismi nol impulsli holatga akkumilyatsiyalanadi. Buning
sababi quyidagicha:
Geliy atomlarining spini nolga teng, shu sabab ular boze zarrachalardir. Bu
zarrachalar ixtiyoriy miqdorlarda aniq bir kvant holatlarda bo`ladiki,
bu kvant
holatda impuls nolga teng bo`laddi. Geliy atomlaridan farqli ravishda elektron,
proton va neytronlarning spinlari yarim butunga karrali va ular fermi-zarrachalardir.
Ular uchun Pauli prinsipi o`rinli bo`lib, unga asosan bir kvant holatda faqat bitta
ferion bo`lishi mumkin. Metallarning o`ta o`tkazuvchanligi kuper juftlari deb nom
olgan hodisaga asoslangan bo`lib, unga asosan o`ta o`tkazgichda ikkita elektron
bog`langan sistemani hosil qiladi. Bu juftlikning to`la spini nolga teng va uni Boze-
zarracha sifatida qarash mumkin.U holda o`ta o`tkazgichda impulslari nolga teng
Kuper juftlarining Boze kondensatsiyasi yuz beradi. Natijada bu juftlarning o`ta
oquvchanligi
yuz berib,bu suyuq geliyning o`ta oquvchanlik hodisasi bilan
o`xshashdir. Kuper juftlarining o`ta oquvchanligi metallarning o`ta o`tkazutchanlik
xususiyatlarini shakllantiradi. Shunday qilib, fizikaning turli bo`limlariga tegishli
bo`lgan o`ta o`tkazuvchanlik va o`ta oquvchanlik fizikaviy
nuqtai nazardan bir-
biriga yaqin hodisalar ekan. Tabiat o`zining ajoyib topilmalarini yo`qotishni
istamaydi. U ularni turli fizik obyektlarda qo`llaydi. Bu esa fizikaning birligini
shakllantiradi.
1958-yilda Oge Bor atom yadrolarida o`ta oquvchanlik hodisasi borligi
haqidagi gipotezani ilgari surdi. Bir yildan so`ng bu gipoteza to`liq tasdiqlandi va
uni shakllantirishda qo`l keldi. Bu nazariyaga asosan proton va neytron juftlari spini
nolga teng bo`lgan kuper juftlariga birlashadi va bu juftlarning Boze-
kondensatsiyasi yadrolarning o`ta oquvchanlik xususiyatlarini shakllantiradi. α-
zarracha yig`indi spinlari nolga teng bo`lgan ikkita
proton va ikkita neytrondan
iborat bo`lgani uchun, uning ichki simmetriyasi bilan mos keladi. Shu sababli agar
α-zarracha proton va neytronlarning ikki Kuper juftlaridan hosil bo`lsa, uning
shakllanish ehtimolligi
if
W
maksimal bo`ladi.
Bunday tipdagi o`tishlar osonlashgan o`tishlar bo`lib, ular barcha nuklonlarni
jipslashgan juft-juft yadrolarning asosiy holatlari o`rtasida kechadi. Og`ir yadrolar
Z>82 uchun bunday o`tishlar ehtimolligi
if
W
=10
Agar α-zarracha tarkibiga faqat bir kuper jufti (proton yoki neytron jufti) kirsa,
bunday toq yadrolar uchun α-o`tishlar yarim osonlashgan o`tishlar bo`lib, ular uchun
ehtimolli
if
W
=
10
5
ga teng.
Va nihoyat, agar α-zarracha jipslashmagan
proton va neytronlardan
shakllangan bo`lsa, α-o`tish qiyinlashga deb ataladi va u uchun
if
W
=10 bo`ladi.
1985-yilda bir qator olimlar atom yadrolari α-yemirilishning absolyut va nisbiy
ehtimolliklarini isbotlab berishdi.
Proton radioaktivligining ko`p zarrali nazariyasi.
Atom yadrolarining proton yemirilishini kuzatish uchun proton nisbiy
harakatining va hosilaviy yadroning energiyalari musbat va o`sha vaqtning o`zida
proton potensial to`sig`i balandligidan ancha kichik bo`lishi kerak.
Bundan tashqari proton yemirilayotgan yadroning yashash vaqti tajriba
tadqiqotlari uchun yetarli bo`lishi kerak. Bunday shartlar neytrondefitsit yadrolar
uchungina qanoatlidir. Ularni olish esa oxirgi yillardagina mumkin bo`ldi. Hozirgi
vaqtda yigirma beshdan ortiq protn yemiriluvchi yadrolar aniqlangan.
Nazariy
nuqtai nazardan proton yemirilish
-yemirilishga qaraganda sodda ko`rinadi. Shu
sababli (1.4.1)-formuladan foydalanib bo`ladigandek ko`rinadi. Ammo tez orada
ma`lum bo`ldiki, proton o`tishlar ona va hosilaviy yadrolarning strukturasiga
sezuvchan. Shuning uchun (1.4.2)-formuladan foydalanish zarur. Chunki bu paytda
ehtimolliklarni hisoblashda o`ta oquvchanlik effektlarini
hisobga olish kerak
bo`ladi.
λ = 2νP. (1.4.1.)
λ = 2νW
if
P. (1.4.2)
Bu nazariya asosida proton yemiralishning barcha kuzatiladigan hollariga baho
berib bo`ladi. Bunda
Co
53
yadrosining proton yemirilishini misol qilish mumkin.
Ma`lum bo`lishicha proton yemirilish yadrolarning ko`pchiligi nosferik tuzilishga
ega ekan.
Dostları ilə paylaş: