Xulosa
Atom yadrolarining o`z-o`zidan yemirilib, og`ir fragmentlarni chiqishi hali
uzoq muddat nafaqat eksprimentatorlarni, balki nazariyotchilar diqqatini tortadi.
Hozirgi vaqtda yadrolarning klaster yemirilishi intensiv ravishda o`rganilmoqda. Bu
hodisaning nazariy interpretatsiyasiva keyingi o`lchovlarni pragnozqilish bo`yicha
bir qator masalalar yechilmoqda.Bu tipdagi yemirilishlar bo`yicha ish borilganda
Mendeleyev davriy sistemasining o`rtasida joylashgan yadrolarning bu tipdagi
yemirilishga berilishi ustida ilmiy ishlar olib borilmoqda. Klaster yemirilishda
yanada passivroq elementlar uchib chiqishi mumkinligi ustida izlanishlar olib
borilmoqda.
O`tishlarning nozik strukturasini hosilaviy yadrolarning qo`zg`algan holatlari
bilan bog`liqligi pronsopial ahamiyatga ega. Toq va toq-toq yadrolarning
yamirilishida juft-juft zarralarning ciqishi hosilaviy yadrolarning pastki energetik
sohalarida turli-tuman o`tishlar borligidan dalolat beradi. Bundan tashqari yaqin
yillarda X-strukturasi payda bo`lishi mumkin. Bu struktura klaster yemirilishda
yadro sathlarining xarakteristikalarini chuqur o`rganishi bilan bog`liq bo`ladi. Kurs
ishining asosiy xulosasi shundan iboratki, kvant mexanika nuqtai nazaridan atom
yadrolarini nuklonlar sistemasi deb va shu vaqtning o`zida turli tabiatga ega katta
sondagi klasterlar sistemasi deb qarash mumkin. Bu esa berilgan yadroning
yemirilishi natijasida tug`iladigan va bu yadro bilan turli yadro reaksiyalariga
kirishadigan zarrachalar unda mavjud klasterlardan shakllanadi degan ma`noni
anglatadi. Yadroning qobiq modeli klasterlarning effektiv sonlarini yadrolarga
energetik va fazoviy taqsimotlarni hisoblashga yaxshi asos bo`lib xizmat qiladi.
Yadrolar ko`p kvarkli tabiatga ega klasterlarni tadqiq etish ulaning turli yadro
reaksiyalardagi ishtiroklarni o`rganish kvark materiyasining tabiatini o`rganish
imkoniyatlarini ochadi.
|