Mavzu: Yangi O’zbekiston taraqqiyoti strategiyasining davlat va jamiyat barqaror rivojidagi o’rni


II.BOB. Yangi O’zbekiston Uchinchi renessansni rivojlantirish yangilanish va taraqqiyot omili



Yüklə 165,28 Kb.
səhifə12/15
tarix04.10.2023
ölçüsü165,28 Kb.
#151963
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
diplom ishi full (2)

II.BOB. Yangi O’zbekiston Uchinchi renessansni rivojlantirish yangilanish va taraqqiyot omili

2.1 Yangilanayotgan O’zbekistonda fan va ta’lim rivoji taraqqiyot strategiyasida


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning yaqinda “Yangi O'zbekiston” gazetasi bosh muharririga bergan interv`yusida “Yangi O'zbekiston” va “Uchinchi Renessans” tushunchalari keng va faol qo'llandi. Eng muhimi, har ikki tushunchaning aksariyat o'rinlarda yonma-yon, uyg'un va hamohang kelganini kuzatish mumkin.Bu haqda so'z borganda, avvalambor, xalqaro tajribada jahon siyosiy atamashunosligini yangi tushunchalar bilan boyitadigan davlat va jamoat arboblari kam topilishini ta'kidlash lozim. Shu nuqtai nazardan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Yangi O'zbekiston” tushunchasini dunyo siyosati lug'atiga kiritgani beqiyos ilmiy ahamiyatga ega.13
Yangi O'zbekiston – bu ibora Millat Sardori ilgari surgan va bugungi kunda butun xalqimizning qalbidan chuqur joy olgan, umummilliy harakatga aylanib borayotgan ezgu g'oyadir. Bu g'oya zamirida:
bir tomondan, bugungi va ertangi avlodlarimizning “Uchinchi Renessans” poydevorini qo'yishdek ezgu maqsad-muddaolari;
ikkinchi tomondan, milliy tariximizda Birinchi va Ikkinchi Uyg'onish davrlariga asos solgan ulug' ajdodlarimiz, alloma bobolarimizning orzu-intilishlari va armonlari;
uchinchi tomondan, bunyodkorlik, yaratuvchanlik, har doim o'qish va izlanishga da'vat o'z mujassamini topgan.
Yangi O'zbekiston me'mori va tashabbuskori hisoblanuvchi Prezidentimiz qayd etganidek, “Yangi O'zbekistonni barpo etish – bu shunchaki xohish-istak, sub'ektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega bo'lgan, mamlakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy vaziyatning o'zi taqozo etayotgan, xalqimizning asriy intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga to'la javob beradigan ob'ektiv zaruratdir”.
Avvalo, Yurtboshimiz ta'biri bilan aytganda, “yangi” degan so'zning biz uchun alohida ahamiyati bor. Shu ma'noda, bundan besh yil oldin qabul qilingan Harakatlar strategiyasida o'z oldimizga Yangi O'zbekistonni barpo etish va Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek buyuk vazifalarni strategik maqsad qilib qo'yganimiz bejiz emas.
Prezidentimizning interv`yusida biz intilayotgan ana shu ezgu g'oyani ro'yobga chiqarish yo'lida hayotimizning turli sohalarida qo'lga kiritilgan yuksak natijalar va bu borada oldimizda turgan mas'uliyatli vazifalar haqida so'z borgan.
O'z navbatida, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev rahnamoligida O'zbekistonda yangi Uyg'onish davri, ya'ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratish asosiy maqsad etib belgilandi. Davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, “Biz Uchinchi Renessans masalasini strategik vazifa sifatida oldimizga qo'yib, uni milliy g'oya darajasiga ko'tarmoqdamiz”.“Renessans” so'zi – frantsuzcha “Renaissonce”, ital`yancha – “Rinascimento” – qayta yuzaga kelmoq, yangidan tug'ilmoq, qayta tirilish, uyg'onish – degan ma'nolarni anglatadi.“Uyg'onish” istilohi ilk bor XVI asrda me'mor, musavvir va san'at tarixchisi Jorj Vazari (1511-1574) tomonidan G'arbiy Yevropada burjua munosabatlari rivojlanishining dastlabki bosqichi bilan shartlangan tarixiy davrni tavsiflash uchun qo'llanilgan. Ushbu istilohning hozirgi ma'nosi farang tarixchisi Jyul` Mishle (1798-1874) tomonidan XIX asrda joriy qilindi.Tarix faniga “Musulmon Renessansi” tushunchasi taniqli Avstriya sharqshunosi Adam Mets (1876-1946) tomonidan XX asr boshlarida, yanada aniqrog'i, 1909 yilda kiritilgan. Olim “Sharq” atamasini tarixiy mazmunda ishlatib, bunda O'rta yer dengizidan to Yevropa qit'asigacha bo'lgan yurtlarni va bu hududlarda IX-XII asrlarda madaniyat yuksaklarga ko'tarilganligini ko'zda tutgan. Mazkur o'lkalar qadimiy sivilizatsiya beshigidir.Sobiq sovet davrida tarix va o'quv adabiyotlarida faqat G'arb Uyg'onish davri haqida gap borardi. Sharqdagi Uyg'onish jarayoni haqida lom-lim deyilmacdi. Chunki tarix fanida yevropotsentrizm g'oyasi hukmron, “G'arb – ilg'or, Sharq – qoloq” aqidasi ustuvor edi.Vaholanki, ulug' ajdodlarimiz tarixda bir emas, ikkita Ma'rifiy Renessansga asos solganlar.Birinchi Sharq Uyg'onish davri – IX-XII asrlarda mintaqamizda yuz bergan "Ma'rifiy Renessans" hisoblanadi.
Birinchi Ma'rifiy Uyg'onish davrida buyuk allomalar, qomusiy bilim sohiblari, mashhur mutafakkirlar yetishib chiqqan. Aniq fanlar sohasida Muhammad Xorazmiy, Abu Bakr Roziy, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Farg'oniy, Umar Hayyom, falsafa sohasida Abu Nasr Forobiy, Ibn Rushd, Muhammad G'azzoliy, Aziziddin Nasafiy, tibbiyot sohasida Abu Ali ibn Sino, tilshunoslikda Mahmud Zamaxshariy, she'riyatda Abu Abdullo Rudakiy, Abulqosim Firdavsiy, Hofiz Sheroziy, Nizomiy Ganjaviy barakali ijod qilganlar. Ularning jahonshumul ilmiy-ijodiy kashfiyotlari umumbashariyat taraqqiyoti rivojiga mislsiz hissa qo'shgan.
Tarixiy manbalarda “islom madaniyatining oltin asri” deb e'tirof etiladigan bu davrda ona zaminimizdan yetishib chiqqan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg'inoniy, Abul Mu'in Nasafiy kabi ulug' mutafakkirlar butun musulmon olamiga dong taratgan. Ikkinchi Sharq Uyg'onish davri – XIV-XVI asrlardagi "Temuriylar Renessansi"dir. Bunda Amir Temur bunyod etgan ulug' saltanatning o'rni va ahamiyati beqiyosdir. Sohibqiron bobomiz ilm-fan va madaniyat ravnaqiga keng imkoniyatlar yaratgan, din peshvolari, olimlar, san'atshunoslar, yozuvchilar, shoirlarga alohida g'amxo'rlik ko'rsatgan. Bu ma'naviy-ma'rifiy siyosat natijasida Sharq Uyg'onish davrining ikkinchi bosqichiga asos solingan.14
Bu davrda Qozizoda Rumiy, Mirzo Ulug'bek, G'iyosiddin Koshiy, Ali Qushchi singari benazir olimlar, Lutfiy, Sakkokiy, Hofiz Xorazmiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo kabi mumtoz shoir va mutafakkirlar maydonga chiqdi. Sharafiddin Ali Yazdiy, Mirxond, Xondamir kabi tarixchilar, Mahmud Muzahhib, Kamoliddin Behzod singari musavvirlar, ko'plab xattot va sozandalar, musiqashunos va me'morlarning shuhrati dunyoga yoyilgan.Mamlakatimizda Uchinchi Renessansni XX asrda ma'rifatparvar jadidlar amalga oshirishlari mumkin edi. Nega deganda, bu fidoyi va jonkuyar zotlar butun umrini milliy uyg'onish g'oyasiga bag'ishlab, o'lkani jaholat va qoloqlikdan olib chiqish, millatimizni g'aflat botqog'idan qutqarish uchun bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etganlar.Shu yo'lda ular o'zlarining aziz jonlarini ham qurbon qilganlar hamda “Ilmdan boshqa najot yo'q va bo'lishi ham mumkin emas” degan hadisi sharifni hayotiy e'tiqod deb bilganlar. Milliy istiqlol, taraqqiyot va farovonlikka, avvalo, ma'rifat orqali, dunyoviy va diniy bilim, zamonaviy ilm-hunarlarni chuqur egallash orqali erishish mumkin, deb hisoblaganlar.Bu davrda Abdulla Avloniy, Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Ubaydulla Xo'jaev, Abdurauf Fitrat, Ibrat domla, Abdulhamid Cho'lpon, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir, Ashurali Zohiriy, Hoji Muin va boshqa yana yuzlab ulug' insonlar Milliy uyg'onish va Millatparvarlik harakatining oldingi saflarida turgan. Ular yangi usul maktablari bilan bir qatorda, odamlarning dunyoqarashi va turmush tarzini o'zgartirishga qaratilgan gazeta-jurnallar, nashriyot va kutubxonalar, teatrlar tashkil etganlar.Jadidlarimiz o'z oldiga qo'ygan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga mavjud vaziyat, ijtimoiy tuzum yo'l bergandi. Ular o'sha davrning turli kimsalarining tuhmat-malomatlariga duchor bo'ldilar. Dastlab Rus podshohligi, keyinchalik sho'rolar hukumati ularni ayovsiz quvg'in va qatag'on qilgan.
Oqibatda milliy uyg'onish va taraqqiyot harakati Vatanimiz uchun yorqin xotira sifatida qoldi. Yurtimiz ozodligi va xalqimiz baxt-saodati yo'lida jonini fido qilgan jadidlarning ilmiy-ma'rifiy, adabiy-badiiy merosi hozirgi davrda ham katta ahamiyatga ega.
Bugungi kunda biz uchinchi Uyg'onish davri ostonasida turibmiz. Agar O'zbekiston Prezidentining keyingi besh yilda hayotimizning birgina yo'nalishi, ya'ni ma'rifat, ta'lim va ilm-fanni rivojlantirish yo'lida imzolagan qonun, farmon va qarorlari, tasdiqlagan Davlat dasturlari, ilgari surgan yangidan-yangi tashabbuslarining mag'zini to'la chaqib ko'rsak ham, navbatdagi Ma'rifat Renessansining markazi Yangi O'zbekiston ekaniga hech kimda shubha qolmaydi.Davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, "Xalqimizning ulug'vor qudrati jo'sh urgan hozirgi zamonda O'zbekistonda yangi bir uyg'onish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda, desak, ayni haqiqat bo'ladi. Chunki bugungi O'zbekiston – kechagi O'zbekiston emas. Bugungi xalqimiz ham kechagi xalq emas". Albatta, Birinchi va Ikkinchi Renessans kabi Uchinchi Renessans ham uzoq davom etadigan jarayon. Uchinchi Renessans poydevorini yaratish jarayoni besh-o'n yil emas, ancha katta va mashaqqatli davrni talab qiladi. Buning uchun, avvalo, minglab iste'dodli kadrlar, iqtidorli zamonaviy yoshlar, fidoyi insonlar nihoyatda zarur.Prezidentimiz rahnamoligida yurtimizda ulug' niyatlar bilan poydevori qo'yilayotgan Yangi Uyg'onish davrining yorqin sahifalarga boy buyuk tarixi yaratilmoqda. Bu olamshumul samaralar kelgusi avlodlarga munosib meros qoldirishga xizmat qilishi shak-shubhasizdir.
“Yangi O'zbekiston” g'oyasi zamirida ana shunday ulug' ajdodlarimiz, umuman olganda, milliy tariximizda Birinchi va Ikkinchi uyg'onish davrlariga asos solgan alloma bobolarimizning orzu-intilishlari va armonlari ham mujassam, desak, adashmagan bo'lamiz.
15Insoniyat tarixi shundan dalolat beradiki, har qaysi xalq hayotidagi ma'naviy uyg'onish jarayonlari milliy o'zlikni anglashga olib keladi hamda mamlakatning iqtisodiy, madaniy taraqqiyotini yangi bosqichga ko'taradi. Bunday ijtimoiy noyob hodisa “Renessans” – uyg'onish, qayta tiklanish, yuksalish deb atalishi barchamizga ayon.Ma'lumki, bugungi O'zbekiston zamini qadimda ikki buyuk uyg'onish davriga – Birinchi (ma'rifiy – IX-XII asrlar) va Ikkinchi (Temuriylar – XIV-XV asrlar) Renessansga beshik bo'lgan. Bu – jahon ilm-fanida o'z isbotini topgan va tan olingan tarixiy haqiqatdir.16
.Hozirgi vaqtda mamlakatimizda yana bir muhim Uyg'onish jarayoni kechmoqda. Shuning uchun “Yangi O'zbekiston” va “Uchinchi Renessans” so'zlari hayotimizda o'zaro uyg'un va hamohang bo'lib yangramoqda, xalqimizni ulug' maqsadlar sari ruhlantirmoqda.
O'tgan tarixan qisqa davrda islohotlar tufayli erishgan natijalarimiz haqida uzoq gapirmoqchi emasman. Bu mavzuda mamlakatimiz hamda chet el ommaviy axborot vositalari orqali nufuzli davlat va siyosat arboblari, ekspert va tahlilchilarning fikrlari muntazam e'lon qilib kelinmoqda.
Bunday xolis baholar barchamizni quvontiradi. Ayni vaqtda shuni ta'kidlashni istardimki, biz bu demokratik o'zgarishlarni kimlargadir yoqish, maqtanish, turli reytinglarga kirish uchun emas, aksincha, demokratik jarayonlar o'zimizga suv bilan havodek zarur bo'lgani uchun, xalqimiz, avvalambor, yosh avlodimizning bugungi hayoti va ertangi istiqbolini o'ylab, milliy manfaatlarimiz yo'lida amalga oshirmoqdamiz.Biz – O'zbekiston fuqarolari jamiyatimizning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasi shiddat bilan o'zgarib, hayotimizda yangicha munosabatlar, yangi imkoniyat va qadriyatlar shakllanayotganini hammadan ham ko'proq his etmoqdamiz. Ayniqsa, “inson huquq va erkinliklari”, “qonun ustuvorligi”, “ochiqlik va oshkoralik”, “so'z erkinligi”, “din va e'tiqod erkinligi”, “jamoatchilik nazorati”, “gender tenglik”, “xususiy mulk daxlsizligi”, “iqtisodiy faoliyat erkinligi” singari fundamental demokratik tushunchalar va hayotiy ko'nikmalar hozirgi vaqtda real voqelikka aylanib borayotgani e'tiborlidir.
Bir haqiqatni ochiq tan olishimiz lozim: vaqt o'tishi bilan islohot jarayonlari tobora kengayib bormoqda, shiddatli zamon oldimizga yanada ulkan vazifalarni qo'ymoqda. Hayotning o'zi bizni ko'p narsaga o'rgatmoqda. Shu sababli biz doimiy izlanishdamiz. Izlanish bor joyda yutuqlar bilan birga kamchilik va nuqsonlar ham bo'lishi tabiiydir.Eng asosiysi, “Harakatda – barakat” deganlaridek, biz eng qiyin bosqichdan o'tdik, ya'ni, yo'limizni aniq belgilab, katta ishlarni boshladik. Endi hamma gap islohotlar yo'lini qat'iyat bilan davom ettirish va mantiqiy yakuniga yetkazishda. Bu albatta oson emas, ammo biz bunga qodirmiz. Muhimi, keyingi yillarda bunday ulkan va murakkab vazifani amalga oshirish uchun yetarli siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-institutsional zamin yaratildi.
O'zbekiston ta'lim va fan sohasida o'zini yanada rivojlantirish va sodda qilish maqsadida bir nechta strategiyalar amalga oshirilmoqda.
1. "Fani rivojlantirish va ilmiy-tadqiqot ishlari uchun milliy dastur" - Bu dastur O'zbekistonda fan va ilmiy-tadqiqot sohasidagi rivojlanishni oshirish maqsadida yaratilgan. Bu dastur O'zbekistonning fan sohasida innovatsion ishlarini, milliy ta'lim maqsadlari va universitetlarining yanada rivojlanishini amalga oshirishni maqsad qiladi.
2. "Oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqotning yanada rivojlantirilishi bo’yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" - Bu strategiya O'zbekistondagi oliy ta'lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlarining yanada rivojlanishiga yo'l qo'ymoqda. Bu strategiya davlatning ta'lim va fan sohasiga moliyaviy yordam ko'rsatishini ta'minlaydi va yanada ko'proq ilmiy-tadqiqot ishlarini yuritish uchun qo'shimcha resurslar beradi.
3. "Ta'lim sifatini yanada oshirish va o'qitish usullarini rivojlantirish" - Bu strategiya ta'lim sifatini yanada oshirish va o'qitish usullarini rivojlantirish maqsadida yaratilgan. Bu strategiya ta'lim muassasalarida o'qitishning innovatsion usullarini rivojlantirishga va o'qitish materiallari va metodikalarini yangilashga qaratilgan.
4. "Kam ta'minlangan hududlarda ta'limni rivojlantirish" - Bu strategiya qishloq hududlarida yoki boshqa kam ta'minlangan hududlarda ta'limni rivojlantirishga qaratilgan. Bu strategiya davlatning kam ta'minlangan hududlariga ta'lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlarini tashkil qilish, bu hududlardagi ta'lim sharoitlarini yaxshilash va ta'limning innovatsion usullarini qo'llashni o'z ichiga oladi.
5. "Ish bilimni rivojlantirish va ish bilimi ta'limini yanada oshirish" - Bu strategiya ish bilimi sohasidagi rivojlanishni oshirish maqsadida yaratilgan. Bu strategiya ish bilimi sohasidagi innovatsion ishlarini oshirishga va ish bilimi ta'limining sifatini yanada oshirishga qaratilgan.
6. "Yoshlarni ma'naviyatga tarbiyash ishlash va ularning qo'shnilarini rivojlantirish" - Bu strategiya yoshlarni ma'naviyatga tarbiyalash va ularning qo'shnilarini rivojlantirishga qaratilgan. Bu strategiya O'zbekistonda yoshlar o'rtasida qo'shnilar va tanqidchilik kabi muammolarni kamaytirish va ularni insonparvar, milliy va demokratik g'oyalar bilan tanishtirishni maqsad qiladi.
7. "Ta'lim materiallarini va o'qitish dasturlarini yangilash" - Bu strategiya ta'lim materiallarini va o'qitish dasturlarini yanada oshirish maqsadida yaratilgan. Bu strategiya ta'lim muassasalaridagi o'qitish materiallari va metodikalarini yanada rivojlantirishga qaratilgan.Bu strategiyalar hamda boshqa ko'plab chora-tadbirlar O'zbekistonda fan va ta'lim sohasidagi yanada rivojlanishni oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda. Bu chora-tadbirlar o'quv yurtlarining yanada yaxshilashiga, ilmiy-tadqiqot ishlarini yuritish va innovatsion faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan.O'zbekistonda ta'lim va fan sohasi o'zining yanada rivojlanishiga xizmat qilish maqsadida bir nechta strategiyalar amalga oshirilganligi haqida yuqorida aytganman. Bu strategiyalar bilan bir qatorda, O'zbekistonda ta'lim sohasida muhim chora-tadbirlar o'tkazilmoqda. Bu chora-tadbirlar ta'lim sohasining yanada rivojlanishiga, ta'limning innovatsion usullarini qo'llashga va talabalarimizni yanada yaxshi tayyorlashga yo'l qo'ymoqda.
Bu chora-tadbirlarning ba'zilari quyidagilardir:
1. Oliy ta'limning yanada rivojlantirilishi: O'zbekistonning oliy ta'lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari yanada rivojlantirilmoqda. Bu muassasalar yanada yaxshi xizmat ko'rsatish va yanada ko'p ilmiy-tadqiqot ishlari yuritish uchun qo'shimcha resurslar berilmoqda.
2. Ta'limning sifatini yanada oshirish: Ta'lim muassasalarida o'qitish usullari va materiallari yanada rivojlantirilmoqda. Ta'lim materiallarining yanada ko'p turdagi formatlarda taqdim etilishi, ta'lim dasturlari va metodikalarini yangilash, ta'lim muassasalarida innovatsion usullarini o'rnatish kabi chora-tadbirlar o'tkazilmoqda.
3. Inkluziv ta'lim: Inkluziv ta'lim muammolari O'zbekistonda hal qilinganligi uchun yana ko'plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu chora-tadbirlar ta'lim muassasalarida inkluziv ta'limning barcha talabalarga taqdim etilishi uchun muhimdir.
4. Fanni rivojlantirish va ilmiy-tadqiqot ishlari uchun milliy dastur: Bu dastur O'zbekistonda fan va ilmiy-tadqiqot sohasidagi rivojlanishni yanada oshirishni





Yüklə 165,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin