Yangi O'zbekistonni o'z mehnatidan baxt topib yashaydigan in sonlar mamlakatiga, har tomonlama rivojlangan ijtimoiy makonga aylantirish keng ko'lamli islohotlarimizning asosiy maqsadidir.
Biz ana shu yo'nalishdagi ezgu ishlarimizni davom ettirib, ijti moiy adolat tamoyili asosida aholining yordamga muhtoj qatlamla rini qo'llab-quvvatlash, kambag'allikni bartaraf etishni davlat siyo sati darajasiga ko'tardik. O'zbekiston tarixida ijtimoiy soha bo'yicha bunday keng ko'lamli ishlar ilgari hech qachon bo'lmagan.
Bugungi kunga kelib ijtimoiy nafaqa bilan ta'minlanadigan aholi soni qariyb 1,5 barobarga oshdi. Ushbu toifani qo'llab-quvvatlash va iqtisodiyotimizni tiklash uchun davlat budjetidan nihoyatda katta mablag' ajratildi.17 Keyingi paytda uyma-uy yurib o'rganish orqali aholini ijtimoiy himoya qilish, ehtiyojmand oilalarni aniqlashning o'ziga xos fuqarobay va mahallabay yangi tizimi shakllantirildi. Shuningdek, moddiy yordam va ko'makka muhtoj, boquvchisini yo'qotgan oilalarning farzandlarini va nogironligi bo'lgan bolalar kiyim-bosh to'plamlari, maktab formasi va o'quv qurollari bilan ta'minlanmoqda.
Ayni vaqtda oldimizda aholi bandligini ta'minlash va ishsizlikni kamaytirish bo'yicha kechiktirib bo'lmaydigan muhim vazifalar turibdi.
Ijtimoiy sohada bizni qiynaydigan bir qancha savollar bor. Jum ladan, mamlakatimizda bandlik masalasi qanday yechilmoqda? Bar cha ishsiz fuqarolar ish bilan ta'minlanayaptimi? Bu sohada yana nimalar qilish kerak? Xorijga ish qidirib ketganlarni yurtimizda ish bilan ta'minlash bo'yicha qanday choralar ko'rilyapti?
Biz bir narsani to'g'ri tushunishimiz kerak: bitta ishsiz odam - o'nta muammo, degani. Bu muammolar ishsiz odamning o'ziga, oila si va mahallasiga, jamiyatga jiddiy zarar keltirishini hisobga olsak, masalaning naqadar jiddiy ekani yanada oydinlashadi.Ijtimoiy sohada samarali mexanizmlarni yaratishga to'sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjudligi sir emas.
Avvalo, ijtimoiy himoya va doimiy yordamga muhtoj shaxslarni o'z vaqtida hisobga olish mexanizmlarini samarali ishlatish, muh tojlik belgilari paydo bo'lgan oila va fuqarolarning ijtimoiy ahvoli ni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, monitoring qilish, ularning turmush sharoitlarini har tomonlama baholab, individual rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga alohida ahamiyat qaratish darkor.
Jamoaviyyordam va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning oila si, jamiyat va davlat bilan o'zaro aloqasini kuchaytirish, ularning qu lay muhitda bo'lishi, shahar yo'lovchi transporti, ijtimoiy va bosh qa infratuzilma obyektlaridan imtiyozli asosda foydalanishi uchun zarur sharoitlar yaratish kerak.
Xotin-qizlarva yoshlarni ish bilan ta'minlash darajasini oshirish, ular o'rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish hamda og'ir turmush sha roitida yashayotgan ayollarning mushkulini oson qilishga xizmat qi ladigan mexanizmlar, afsuski, samarali ishlamayotganini qayd etish lozim.
Keksa avlod vakillarini qo'llab-quvvatlash, ularning bo'sh vaqtini samarali tashkil qilish, nafaqadagi otaxonlar va onaxonlarga har to monlama yordam berish masalalarida ham kamchiliklar mavjud.
Soha rivojiga to'sqinlik qilayotgan byurokratiya va ortiqcha qog'ozbozlik holatlari davlat ijtimoiy xizmati yoki yordamini tezkor asosda ko'rsatish imkoniyatini bermayotganini ko'pchilik mulozim lar yaxshi biladi. Ammo shunga qaramasdan, bunday noxush vaziyat davom etayotganini qanday tushunish mumkin?
I jtimoiy sohani takomillashtirish va bu borada idoraviy axborot tizimlari, elektron resurs va ma'lumotlar bazalari mavjud emasligi ham ishimizga xalal bermoqda.
Mamlakatimizning ko'plab hududlaridagi mehnat bozorida doi miy ish o'rinlari mavjud emasligi, shu bilan birga, yoshlar, xotin-qiz lar, kam ta'minlangan oilalar 18a'zolari bandligini to'la-to'kis ta'min lashga erishilmagani ham ijtimoiy sohadagi islohotlar samarasini kamaytirmoqda.Ushbu sohada nogironlar, boquvchisini yo'qotganlar va yordam ga muhtoj aholi qatlami uchun maslahat-axborot berish xizmatlari va boshqa zarur xizmatlar darajasi pastligi, mazkur yo'nalishda uchra yotgan kamchiliklar va nuqsonlarni bartaraf etish zarurati bizni, al batta, bezovta qilishi kerak.Ayniqsa, nogironlar uchun protez-ortopediya buyumlari va tex nik reabilitatsiya vositalarining yetishmovchiligi, ba'zi hollarda ular bahosining yuqoriligi bilan bog'liq muammolar ham mavjud.Ayni paytda tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnik ba zasini mustahkamlash, "Muruvvat" va "Saxovat" internat-uylarida vasiylikka olinganlarning turmush sifatini yaxshilashga qaratilgan tibbiy-ijtimoiy yordam ko'rsatish tizimini rivojlantirish, ularning reabilitatsiyasi va ijtimoiylashuvi samaradorligini oshirish vazifalari ham dolzarblashmoqda.Bu jihatdan mamlakatimizdagi protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalarni, jumladan, chet el investitsiyalari va kreditlarini jalb etgan holda, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, ularni ishlab chiqarishning zamonaviy standartlarini joriy qilish kutilgan nati jalarga erishish imkonini beradi. Ijtimoiy soha islohotlarining yuqori samaradorligiga erishish, mavjud muammolarni bartaraf etishda quyidagilarga alohida e,ti bor berish zarur:aholini ijtimoiy himoya qilish tizimiga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, aholining ijtimo iy jihatdan zaif qatlamlariga davlat ijtimoiy xizmatlari va "Ijtimoiy himoya yagona reyestrf, axborot tizimini yanada rivojlantirish;idoralararo elektron hamkorlikni qo'llash vositasida o'zaro hujjat almashish jarayonini avtomatlashtirish orqali davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini taqdim etish uchun zarur bo'lgan ma,lumot noma va tasdiqlovchi hujjatlar sonini tubdan qisqartirish bo'yicha boshlangan ishlarni davom ettirish belgilangan mezonlarga muvofiq kam ta,minlangan oilalar ning ehtiyojmandlik darajasini obyektiv baholash, davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini taqdim etish jarayonlarini avtomatlashti rish orqali qarorlarni qabul qilishda subyektiv yondashuvni bartaraf etishga erishish aholining ehtiyojmand toifasi tarkibi o'zgarishi dinamikasi monitoringi va tahlilini yuritish, ularni baholash mezonlarini res publika va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini hisobga ol gan holda takomillashtirishni davom ettirish davlat ijtimoiy xizmatlari va ijtimoiy yordam oluvchilarning yagona ma,lumot bazasini muttasil yangilab borish; manfaatdor va zirlik, idoralarva tashkilotlarning o'zlariga yuklatilgan vazifa va funk siyalarni bajarishda xizmatlarni bepul yoki imtiyozli asosda taqdim etishi uchun ma,lumot bilan ta'minlash choralarini kuchaytirish.nogironligi bo'lgan shaxslarni davlat tomonidan qo'llab-quv vatlash tizimini yanada takomillashtirish va shu maqsadda nogiron lik belgisi bo'yicha kamsitishga yo'l qo'ymaslik, nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro'yobga chiqarishda teng sharoitlarni va ularni buzganlik uchun javobgar likning muqarrarligini ta'minlash nogironligi bo'lgan shaxslar huquqlarini ta'minlash sohasi dagi umume'tirof etilgan xalqaro norma va standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish bo'yicha faoliyatni davom ettirish tibbiy-mehnat ekspertizasi va nogironlikni belgilashning shaf fof, zamonaviy uslub va mezonlarini joriy etish, nogironligi bo'lgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko'rsatish darajasi va sifatini, jumladan, diagnostika, davolash va reabilitatsiyaning zamonaviy uslublarini qo'llagan holda, yuqori texnologik ixtisoslashgan tibbiy va ijtimoiy yordamdan foydalanish imkoniyatini kengaytirish orqali oshirish tibbiy yordam darajasi va sifatini oshirish, kasalliklarni bar vaqt aniqlash hamda tug'ma nuqsonlar va irsiy kasalliklar o'sishi ning sabab va shart-sharoitlarini barvaqt aniqlash va oldini olishni ham nazarda tutuvchi profilaktika tadbirlarini kengaytirish bo'yicha skrining tekshiruvlarining samaradorligini ko'tarishtibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini mus tahkamlash, "Muruvvat" va "Saxovat" internat-uylarida vasiylikka olinganlarning turmush sifatini yaxshilashga qaratilgan tibbiy-ijti moiy yordam ko'rsatish tizimini rivojlantirish, ularning reabilitatsi yasi va ijtimoiylashuvi samaradorligini oshirish;
nogironligi bo'lgan shaxslarning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy ha yotiga jalb qilinishi va faol ishtirokini ta'minlovchi inklyuziv ta'lim va ishga joylashtirish tizimini takomillashtirish nogironlikni belgilash va tibbiy-ijtimoiy yordam ko'rsatish sohasida vakolatli davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaf fofligini ta'minlash, tartib-taomillardan o'tishni yanada sodda lashtirish.
Butun mamlakat hududida ijtimoiy himoya va yordamga muh toj shaxslarning manzilli ijtimoiy muhofazasini yanada kuchaytirish, ularning uy-joy, maishiy va boshqa yashash sharoitlarini yaxshilash ga qaratilgan tibbiy-ijtimoiy xizmat va moddiy yordamni kengayti rish, shu jumladan, sifatli yordamchi va texnik vositalar bilan ta'min lash bo'yicha chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish lozim.Bu yo'nalishdagi muhim vazifamiz mamlakatimiz urbanizatsiya darajasini 2025-yilga qadar40 foizga yetkazish, butun aholining, jum ladan, kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning bazaviy zaxiralardan foydalanishi uchun qulay iqtisodiy va moli yaviy shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Fuqarolar uchun olis-olis qishloqlarda ham shahardagidan kam bo'lmagan yashash sharoit lari yaratishga erishishimiz kerak. Aholini, eng avvalo, ehtiyojmand va yosh oilalarni arzon va zamonaviy, qulay uy-joy bilan ta'minlash, ichimlik suvi, elektr energiyasidan foydalanish imkoniyatini oshirish yo'lidagi ishlarimizni izchil davom ettiramiz. 10 yil ichida shaharlar da markazlashtirilgan suvva gaz ta'minotini kamida 90 foizga, oqava tizimi bilan ta'minlashni qariyb 70 foizga yetkazamiz.Kelgusida aholining to'liq bandligini ta'minlash va barcha uchun munosib ish o'rinlarini yaratish doimiy ravishda diqqat markazi mizda bo'ladi. Bandlik darajasini yangi bosqichga ko'tarish, real ish haqining barqaror o'sishiga ko'maklashuvchi oilaviy tadbirkorlik, kasanachilik, tomorqa xo'jaligi va xususiy biznesni qo'llab-quvvat lash hisobiga aholi bandligini ta'minlash hamda fuqarolar oilaviy budjeti daromadlarini oshirish borasidagi ishlar ham biz uchun o'z ahamiyatini saqlab qoladi.Yuqorida zikr etilgan faoliyat bilan mashg'ul fuqarolarning zamonaviy mashinalar, uskunalar, xomashyo va materiallar xarid qi lishi uchun moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini yana da kengaytiramiz. Yaqin o'n yilda aholi daromadlarining 2,5-3 marta ko'pa yishiga erishish, eng kam ish haqini yashash minimumi miqdori darajasiga tenglashtirish bo'yicha davlat dasturi ishlab chiqiladi.Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar dan kelib chiqqan holda, 2030-yilgacha kambag'allik darajasini 2 martaga kamaytirish choralari ko'riladi.Samarali migratsiya siyosatini amalga oshirish, xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarimizga har jihatdan madad berish, qonuniy man faatlarini himoyalash bo'yicha uzluksiz ishlarni davom ettiramiz.Kam ta'minlangan oilalarning 3 yoshgacha bo'lgan farzandlariga to'liq ovqatlanish uchun oylik naqd to'lov yoki oziq-ovqat mahsu lotlari hamda dori-darmonlar bepul berilishi bo'yicha dastur qa bul qilinadi.
Har qanday jamiyatning madaniyat darajasi, bag'rikenglik va mehribonlik xususiyatlari imkoniyati cheklangan, nogironligi bo'lgan, boquvchisini yo'qotgan shaxslar va keksa avlod vakillariga munosabati bilan belgilanadi.
Nogironlikni belgilash mezonlari jahon andozalariga mos ijti moiy modelga bosqichma-bosqich o'tkaziladi. Aholining muhtoj qis mini protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalari bilan ta'minlash bo'yicha yangi tizim yaratiladi.Mehnat faoliyati bilan shug'ullanish istagini bildirgan nogironligi bo'lgan shaxslarga qo'shimcha imkoniyatlar yaratish orqali ularning bandligiga ko'maklashish, ularni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi yanada takomillashtiriladi. Bu borada gi sa'y-harakatlarimizning huquqiy asoslari sifatida "Nogironlar huquqlari to'g'risida"gi kodeksni qabul qilishimiz kerak bo'ladi.Keksalar va nuroniylarimizni, duogo'y otaxon va onaxonlarimizni e'zozlash, ularni hayotdan rozi qilish, qo'limizdan kelganicha umr larini uzaytirish eng ulug' qadriyatlarimizdan biri bo'lib kelmoqda. Bunday tabarruk insonlarga xizmat qilish, ularga munosib turmush.sharoitlarini yaratib berish bo'yicha olib borayotgan ishlarimizni yanada kuchaytirishni o'zimizning burchimiz, deb hisoblaymiz va ularni qo'llab-quvvatlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar belgi laymiz.Ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdorini bosqich ma-bosqich oshirib borish bo'yicha ishlar davom ettiriladi.Iste'mol tovarlari, jumladan, arzon narxdagi oziq-ovqat mahsu lotlari ro'yxatini kengaytirish va hajmini oshirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Shu maqsadda "Ijtimoiy kodeks" qabul qilish davr taqozosidir.Ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi bo'lgan shaxslarni dav lat tomonidan qo'llab-quvvatlashga qaratilgan ishlarning amaliy ijrosi faoliyatimiz kun tartibidan doimiy o'rin olishi zarur.