Mavzu: Yangi O’zbekiston taraqqiyoti strategiyasining davlat va jamiyat barqaror rivojidagi o’rni


Bitiruv malkaviy ishining ilmiy yangiligi



Yüklə 165,28 Kb.
səhifə3/15
tarix04.10.2023
ölçüsü165,28 Kb.
#151963
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
diplom ishi full (2)

Bitiruv malkaviy ishining ilmiy yangiligi: Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi shundan iboratki: O’zbekiston Respublikasini rivojlantirish strategiyasing ilmiy jihatdan amalga oshirilgan islohatlar natijalari va “Yangi O’zbekiston strategiyasi” ijtimoiy hayotimizni yaxshilashga qaratilgan muamolarni hal qilishga qaratilgan yangi o’zgarishlar davlatimiz hayotida bo’latyogan o’zgarishlar jamiyatimiz xalqimizga manfat keltirishi taminlangan.
Bitiruv malakaviy ishining obyekti: Davlat va jamiyatni barqaror rivojlantirishda yangi O‘zbekistonning rivojlanish strategiyasining obyekti mamlakat iqtisodiyoti, jamiyat, atrof-muhitdir. Strategiya iqtisodiyotning turli tarmoqlarini modernizatsiya va isloh qilish, ijtimoiy va ekologik muammolarni hal etish orqali barqaror rivojlanishga erishishga qaratilgan.

Iqtisodiyot nuqtai nazaridan, strategiya iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va ish o‘rinlari yaratish uchun mamlakat sanoatini diversifikatsiya va modernizatsiya qilishga qaratilgan. Tadbirkorlik muhitini yaxshilash, xorijiy sarmoyalarni ko‘proq jalb etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilayotgani xususiy sektorni rivojlantirishga ham ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Maqsad – O‘zbekiston iqtisodiyotini yanada raqobatbardosh, innovatsion va jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashgan qilish.


Atrof-muhit nuqtai nazaridan strategiya ekologik barqarorlikning muhimligini va iqlim o'zgarishi, ifloslanish va tabiiy resurslarning kamayishi kabi ekologik muammolarni hal qilish zarurligini tan oladi. Hukumat resurslardan barqaror foydalanish, ifloslanish va issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish, ekotizimlar va biologik xilma-xillikni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rmoqda.
Bitiruv malakaviy ishining hajmi: Ushbu bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, oltita paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

I .BOB. Yangi O’zbekiston strategiyasida xalqparvar davlat tushunchasini amalga oshirishning fenomeni

1.1 Yangi O’zbekiston strategiyasida xalqparvar milliy g’oya yetakchisi


Yangi o‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi “davlat – jamiyat – inson” tamoyilidan “inson – jamiyat – davlat” tamoyiliga o‘tilmoqda.1


Yangi O‘zbekistonda mutlaqo yangi milliy huquqiy tizim shakllanmoqda. Ya’ni, “Inson, uning huquqlari, erkinliklari, ayniqsa, qadri – eng muhim qadriyat” degan tamoyil e’tirof etilmoqda. Eng asosiysi: Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida yillar davomida amal qilib kelgan “davlat – jamiyat – inson” tamoyili “inson – jamiyat – davlat” tamoyiliga o‘zgartirilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoev taqdim etgan Yangi O‘zbekistonning 2022–2026- yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi loyihasida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar va eng muhim vazifalarning atroflicha tahlili shundan dalolat beradi.
Avvalambor, loyihasi muhokama qilinayotgan asosiy tarixiy hujjatning nomi – “Yangi O‘zbekiston tarraqiyot strategiyasi” deyiladi. Prezidentimiz inauguratsiya nutqida qayd etganidek, o‘tgan saylov davomida davlatimiz rahbarining “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” nomli yangi kitobi birinchi navbatda Tadbirkorlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi elektorati o‘rtasida o‘ziga xos umumxalq muhokamasidan o‘tkazildi.
Yangi O‘zbekiston strategiyasida 2017-yil fevralida Prezidentimizning Farmoni bilan tasdiqlanib, 5 yil davomida hayotga izchil tatbiq etilgan Harakatlar strategiyasi doirasida erishilgan yutuqlar, xususan, asosiy natijalarga oid dalil va raqamlar ham keltirilgan.
Bitta raqamga e’tibor qarataylik: Harakatlar strategiyasini ijro etish uchun 300 dan ortiq qonun va kodeks, Prezidentimizning 4 mingdan ortiq farmon va qarorlari qabul qilingan. Shu tariqa Harakatlar strategiyasi yakuniga kelib, Yangi O‘zbekiston poydevorining huquqiy asoslari yaratildi.
Yangi hujjat – Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi endi Yangi O‘zbekistonning poydevorini tiklash va binosini qurishga qaratilgan. Bu buyuk bunyodkorlik jarayoni 2026-yilgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi va yilma-yil amalga oshirib boriladi.
Jamoatchilik muhokamalari shu yil 15-yanvarda yakunlanadigan mazkur Taraqqiyot strategiyasi zamirida qanday ma’no-mohiyat mujassam, degan savol tug‘ilishi tabiiy.
Avvalambor, “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”, degan nomning mazmun-mohiyatiga muxtasar to‘xtalamiz. Zero, bu nomning kelib chiqishi, fikrimizcha, bir qator muhim omillarga borib taqaladi.2
Birinchi omil: ushbu nom Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi – Harakatlar strategiyasining mantiqiy davomi ekanini anglatadi. Agar Harakatlar strategiyasida 5 ta ustuvor yo‘nalish belgilab olingan bo‘lsa, Taraqqiyot strategiyasida ham ushbu ustuvor yo‘nalishlar davomiyligi saqlab qolingan.
Shu bilan bir qatorda, taraqqiyot o‘zgarishlarining yangi tarixiy bosqichda davom ettirilishi ko‘zda tutilgan holda, Taraqqiyot strategiyasiga 2 ta yangi ustuvor yo‘nalish qo‘shilyapti. Bulardan biri – ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchisi – O‘zbekistonning dunyoda yuz berayotgan global muammolarga munosabati negizida belgilangan yangi ustuvor yo‘nalishdir.
Shunday qilib, Yangi O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida quyidagi yettita ustuvor yo‘nalish nazarda tutilgan:
birinchi ustuvor yo‘nalish – inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
ikkinchi ustuvor yo‘nalish – mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;
uchinchi ustuvor yo‘nalish – milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning o‘sish sur’atlarini zamon talablari darajasida ta’minlash;
to‘rtinchi ustuvor yo‘nalish – adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;
beshinchi ustuvor yo‘nalish – ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish;
oltinchi ustuvor yo‘nalish – umumbashariy muammolarga milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda yechim topish;
yettinchi ustuvor yo‘nalish – mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq va pragmatik, faol tashqi siyosat olib borish.
Ikkinchi omil: Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili ilgari surilayotgani bejiz emas. Chunki, avvalo, Harakatlar strategiyasidagi har bir yo‘nalishni taraqqiyotning yangi bosqichida mantiqiy va izchil asosda rivojlantirish hamda yangi ustuvor yo‘nalishlarda muhim natijalarga erishish ko‘zda tutilmoqda.
Taraqqiyot strategiyasida asosiy e’tibor, bir tomondan, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga doir qonunlar, kodekslar, konsepsiya va dasturlar qabul qilinishiga qaratilgan.
Ikkinchi tomondan, unda qonun ustuvorligini taminlash, konstitutsiyaviy islohotni hayotga izchil tatbiq etish, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, manaviyatni rivojlantirish, shuningdek, global muammolarga O‘zbekistonning munosabati, xavfsizlik va tashqi siyosat borasidagi muhim vazifalar qamrab olingan.
Eng asosiysi, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasidagi 7-ustuvor yo‘nalishning bosh g‘oyasi – inson qadrini ta’minlashdir. Chunki, Prezidentimizning saylovoldi dasturidagi asosiy g‘oya ham “Inson qadri uchun” tamoyili edi.
Uchinchi omil: inson qadrini joyiga qo‘yishni qonuniy va tashkiliy-huquqiy yo‘llar bilan hayotimizning barcha sohalarida milliy, mintaqaviy va xalqaro hamkorlik darajalarida qanday qilib amalga oshirish kerak? Taraqqiyot strategiyasida bu dolzarb savolga juda ko‘plab aniq maqsadlarga qaratilgan amaliy javoblar bor.
Harakatlar strategiyasining har bir ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha hozirgi kunga qadar 26 ta konsepsiya va bir qator dasturlar qabul qilingan bo‘lsa, kelgusida Taraqqiyot strategiyasi doirasida 13 ta kodeks, 12 ta qonun, ya’ni har bir ustuvor yo‘nalishda zarur qonun hujjatlari qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
Jumladan, Tadbirkorlik kodeksining ishlab chiqilishi – yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va tadbirkorlar huquqlarini to‘liq himoya qilishning mustahkam qonuniy asosiga aylanadi.
Bo‘lajak Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi kodeksda fuqarolik jamiyatining huquqiy mezonlari o‘z aksini topadi.
Axborot kodeksi – shu vaqtga qadar amal qilayotgan ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar faoliyati, axborot va so‘z erkinligiga bag‘ishlangan o‘ndan ortiq qonun kodifikatsiya qilingan yagona va yaxlit qonun hujjati sifatida qabul qilinishining natijasi bo‘ladi.
To‘rtinchi omil: Yangi O‘zbekiston tarraqqiyot strategiyasining nafaqat nomlanishi, ayni chog‘da unda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar va muhim vazifalar ham milliy yoki mintaqaviy miqyosdagina emas, balki global darajada ulkan ahamiyatga molik xalqaro hujjatlar bilan uyg‘un va hamohangdir.
irlashgan Millatlar Tashkiloti 2015-2030-yillarda Barqaror taraqqiyot maqsadlarini elon qilgan. Bu xalqaro hujjat o‘zbek tilida “Barqaror taraqqiyot maqsadlari” yoki “Barqaror rivojlanish maqsadlari”, degan nomlar bilan sizu bizga yaxshi tanish.
Dastlab Harakatlar strategiyasida, endilikda esa Taraqqiyot strategiyasida ham O‘zbekiston bajarishni o‘z zimmasiga olgan BMT Barqaror taraqqiyot maqsadlarini mamlakatimiz hayotiga tatbiq etishning aniq taktika va strategiyalari belgilab berilmoqda.
Boshqacha aytganda, O‘zbekiston tashqi xalqaro munosabatlarning teng huquqli a’zosi sifatida o‘zining BMT Barqaror taraqqiyot maqsadlari bilan hamohang holda rivojlanishi, bu boradagi o‘ziga xos o‘rni va ahamiyati, yanada muhimi, ibratli tajribasini butun dunyoga ko‘rsata oldi. O‘z navbatida, Yangi O‘zbekiston tarraqqiyot strategiyasi ushbu muhim taraqqiypravar jarayon uzluksiz davom etayotganidan dalolat beradi.
Bugungi kunda xalqaro hamjamiyat tomonidan Taraqqiyot huquqi to‘g‘risidagi konvensiya loyihasi ishlab chiqilyapti. Qolaversa, 35 yildan buyon Taraqqiyot huquqi to‘g‘risidagi deklaratsiya amal qilmoqda. Shu ma’noda, O‘zbekiston Prezidenti taqdim etayotgan Taraqqiyot strategiyasi xalqaro hamjamiyatning rivojlanish tendensiyalariga, butun dunyoning taraqqiyot trendlariga to‘la mos keladi.Shuni ham aytish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma qarori bilan Barqaror taraqqiyot maqsadlarini amalga oshirish bo‘yicha konstitutsiyaviy parlament komissiyasi tuzilgan.
Parlament komissiyasi Barqaror taraqqiyot maqsadlari ijro etilishini parlament nazorati yo‘li bilan ta’minlamoqda. Binobarin, Taraqqiyot strategiyasini amalda tatbiq etishda ham parlamentning roliga alohida e’tibor qaratilayotgani juda muhim.
Jamoatchilik muhokamalari yakunlari bo‘yicha kelib tushgan taklif va tavsiyalar asosida maromiga yetkazilganidan so‘ng davlatimiz rahbari tomonidan imzolanishi kutilayotgan “Yangi O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmon asosida:
birinchidan, Yangi O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi;
ikkinchidan, Yangi O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;
uchinchidan, Yangi O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha milliy komissiya tarkibi tasdiqlanadi.
Xususan, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi loyihasining 11-maqsadida “Xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini takomillashtirish” muhim vazifa etib belgilanmoqda. 
Xalq bilan ochiq muloqotning mexanizmlarini yanada takomillashtirish, muhim qarorlarni jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda qabul qilish amaliyotini kengaytirish, davlat organlariga kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonini raqamlashtirish, murojaatlarni tezkor va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlash ko‘zda tutilmoqda. 
Eng asosiysi, Yangi O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022-yilda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” loyihasida “Davlat xalqqa xizmat ko‘rsatishi shart” g‘oyasini tatbiq etishni nazarda 3tutuvchi “Xalqchil davlat” milliy dasturini ishlab chiqish vazifasi zimmamizga yuklangani bejiz emas.
Albatta, ushbu Dastur loyihasi, ilg‘or xorijiy davlatlarning tajribasini inobatga olgan holda, belgilangan muddatda ishlab chiqiladi va taqdim etiladi.
“Yo‘l xaritasi” loyihasida yana bir muhim vazifa – Xalq qabulxonalarining huquqiy maqomini takomillashtirish masalasi uchun mas’ul etib belgilanganmiz. Xalq qabulxonalari faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish va ularning davlat boshqaruvi tizimidagi maqomini mustahkamlashga qaratilgan Konstitutsiyaviy qonunni qabul qilish bo‘yicha ishlarni allaqachon boshlab yubordik.
Xalq bilan bevosita muloqot qilish, yurtdoshlarimizning dardu tashvishlari, muammolarini ijobiy hal etish bo‘yicha mutlaqo yangi demokratik tizim – Xalq qabulxonalari o‘tgan besh yilda faoliyat yuritib kelmoqda va o‘zini oqladi.
Bundan tashqari barcha davlat organlari faoliyatida “xalq dardiga kuloq solish”, muammolarni joyida hal etish va xalqni rozi qilish bo‘yicha samarali ishlar qilinmoqda.
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi loyihasining 12-maqsadi “Ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish” deb nomlangani bejiz emas. Zero, bu o‘rinda ommaviy axborot vositalarining roli va jurnalistlarning kasbiy faoliyati himoyasini yanada kuchaytirish, odamlarni qiynayotgan muammolar hamda islohotlarning ijrosi ahvolini o‘rganishda ijod ahli mehnatidan samarali foydalanish ko‘zda tutilmoqda. Bularning barchasi, o‘z navbatida, yurtimizda ta’sirchan jamotchilik nazoratini o‘rnatishga xizmat qiladi.4
Ma’lumki, Harakatlar strategiyasi doirasida yurtimizda ommaviy axborot vositalarining jamoatchilik nazoratini amalga oshirish borasidagi o‘rni va ahamiyati qonunchilik negizida tubdan kuchaytirilgandi. Taraqqiyot strategiyasida ana shu tashkiliy-huquqiy asoslarni takomillashtirish ko‘zda tutilgani yangi davr talabidir.
Shu nuqtai nazardan, Taraqqiyot strategiyasi loyihasining 83-maqsadi “Fuqarolarning axborot olish va tarqatish erkinligi borasidagi huquqlarini yanada mustahkamlash” deb atalgani hamda unda bir qator muhim vazifalar ko‘zda tutilgani ham katta hamiyatga ega.
Avvalambor, bu o‘rinda axborot sohasini tartibga solishga qaratilgan mavjud qonunlar O‘zbekiston Respublikasi Axborot kodeksi shaklida unifikatsiya qilinishi haqida so‘z bormoqda. Shuningdek, fuqarolarning axborot kommunikatsiya vositalaridan foydalanish madaniyati oshiriladi.
Turli yosh toifasi uchun mo‘ljallangan o‘quv kurslari hamda onlayn dasturlar ommalashtiriladi. Xalq ta’limi va professional ta’lim tizimining tegishli darsliklariga media savodxonlik bo‘yicha mavzular joriy qilinadi.
Shaxsiy va sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni internet tarmog‘ida oshkor qilish bilan bog‘liq daxlsizlik huquqlari buzilishining oldini olish ham ko‘zda tutilgan. Bunda Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning daxlsizlik huquqlari bilan bog‘liq moddalariga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi tayyorlanadi.
O‘z navbatida, “Yo‘l xaritasi” 46-bandida qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha preventiv mexanizmlarni takomillashtirish haqida so‘z boradi. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi ushbu vazifaning asosiy ijrochilaridan biridir.
Bunda, birinchidan, qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha tegishli xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilish masalasini ko‘rib chiqish taqozo etiladi. Ikkinchidan, qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha preventiv milliy mexanizmning qonuniy asoslarini rivojlantirish kerak bo‘ladi. Hamkor tashkilotlar bilan har ikki masala bo‘yicha, umuman, Taraqqqiyot strategiyasi ijrosi doirasida o‘zaro hamjihatlikda faol ish olib boramiz.
Taraqqiyot strategiyasi loyihasining 19-maqsadi – advokatura institutining inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi salohiyatini tubdan oshirish, shuningdek, aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining malakali huquqiy xizmatlarga bo‘lgan talabini to‘liq qondirishdan iborat. Bunda:
advokatura institutini to‘laqonli o‘z-o‘zini boshqarish tizimiga o‘tkazish, Advokatlar palatasi boshqaruv organlarining advokatlar hamjamiyati oldidagi hisobdorligini kuchaytirish, tizimga yosh
malakali kadrlarni jalb qilish;
advokatlar malakasini oshirish tizimining zamonaviy va samarali mexanizmlari va institutsional asoslarini shakllantirish;
advokatlik faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish orqali ortiqcha byurokratiya va qog‘ozbozlikka chek qo‘yish, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari bilan elektron hujjatlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish;bepul huquqiy yordam ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish, notariat va fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organlarining xizmatlaridan ovoragarchiliksiz, shu jumladan masofadan turib va “yagona darcha” tamoyili asosida foydalanishni ta’minlash ko‘zda tutilmoqda.Yana bir muhim jihat: Loyihaning 90-maqsadida BMT organlari va institutlari, global va mintaqaviy iqtisodiy, moliyaviy va gumanitar tashkilotlardagi faoliyatni kuchaytirish haqida so‘z boradi.
Ya’ni, O‘zbekistonni BMT tuzilmalari orqali dunyo hamjamiyatiga keng tanitish; O‘zbekiston rahbariyatining BMT doirasidagi tashabbuslarini amalga oshirishni ta’minlash; BMT va uning muassasalari bilan iqtisodiy-moliyaviy va konsultativ hamkorlikni rivojlantirish bunda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari bilan madaniy-gumanitar hamkorlikni jadallashtirish; BMTning “Inson huquqlari yo‘lida harakatga da’vat” tashabbusini ilgari surish uchun barcha sheriklar bilan yaqin hamkorlikni davom ettirish istiqbollari ko‘rsatib berilmoqda.5
Muxtasar aytganda, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi loyihasi negizida bir qancha yangi dasturlar, yangi konsepsiyalar, yangi qonun hujjatlari qabul qilinishi nazarda tutilmoqda. Bu bilan mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik rivojlanishining keyingi bosqichida amalga oshiriladigan islohotlar keng qamrab olinmoqda.
Shunday ekan, Taraqqiyot strategiyasining tasdiqlanishi va muvaffaqiyatli amalga oshirilishi O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat barpo etish hamda erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish orqali inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan ulkan maqsad va vazifalarimizga erishish imkonini beradi.


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Yangi O'zbekiston” gazetasi bosh muharriri Salim Doniyorovning savollariga javoblari
Bu shonli bayram oldidan mamlakatimizda katta tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. Joylarda keng ko'lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari shiddat bilan olib borilmoqda. Jumladan, poytaxtimizga tutash 100 gektardan ortiq ulkan hududda “Yangi O'zbekiston” bog'i hamda betakror Mustaqillik majmuasi jadal sur'atlar bilan bunyod etilmoqda. Nasib etsa, bu yil eng ulug', eng aziz bayramimizni mana shu yangi maydonda o'tkazamiz.
Hech shubhasiz, istiqlol yillarida yurtimizda yangi davlat va jamiyat qurish yo'lida tarixiy ishlar amalga oshirildi, mard va olijanob xalqimizning bukilmas irodasi va ulkan salohiyati bilan katta marralar zabt etildi. Tarixan qisqa muddatda ma6mlakatimiz Konstitutsiyasi – Asosiy qonunimiz ishlab chiqildi va qabul qilindi. Vatanimiz suveren davlat sifatida jahon hamjamiyatidan munosib o'rin egalladi. O'zbekistonda zamonaviy davlatchilik asoslari yaratilib, konstitutsiyaviy tuzumga asos solindi. Davlat hokimiyatining uchta mustaqil tarmog'i – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari qaror topdi. Tom ma'nodagi konstitutsiyaviy davlat barpo etildi.
O'zbekiston Respublikasining suvereniteti va davlat mustaqilligini, sarhadlarimiz daxlsizligi, xalqimizning tinch-osoyishta hayoti hamda milliy manfaatlarimizni ishonchli himoya qilishga qodir bo'lgan Qurolli Kuchlar tashkil etildi. Milliy valyutamiz – so'm joriy etildi va oltin-valyuta zaxiralarimiz shakllantirildi.
Qadimiy tariximiz, boy madaniy merosimiz, milliy-diniy qadriyatlarimiz, o'zligimiz tiklandi.Mana shunday unutilmas tarixiy jarayonlarda faol ishtirok etish nasib etganidan baxtiyorman.Mustaqil taraqqiyot borasida erishgan ulkan yutuqlar bilan birga, yo'limiz ayrim xato va kamchiliklardan ham xoli bo'lmaganini ochiq aytish lozim. Mustabid tuzumdan voz kechib, demokratik jamiyat barpo etishga qaratilgan jarayonlar, murakkab va tahlikali davrning o'zi turli muammo va vazifalarni oldimizga ko'ndalang qo'ydi. Ularni muvaffaqiyatli hal etish uchun bilim va tajribamiz, iroda va qat'iyatimiz ba'zan etsa, ba'zida etmagan holatlar ham bo'ldi.Shu bois mamlakatimiz taraqqiyotini yangi, yuksak bosqichga ko'tarish, buning uchun yangi islohotlarni amalga oshirish ob'ektiv zarurat, eng muhim strategik vazifaga aylandi.Darvoqe, “yangi” degan so'zning biz uchun alohida ahamiyati bor. Masalan, eng ko'hna bayramlarimizdan biri Navro'z – Yangi kun deb atalishini esga olaylik. Ushbu qadimiy bayram bilan bog'liq qadriyat va an'analar hayotimizga shu qadar singib ketganki, xalqimiz asrlar davomida, buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy aytganlaridek, “Har tuning qadr o'lubon, har kuning bo'lsin Navro'z!” degan ezgu tilaklar, pok niyatlar bilan yashab keladi.
Yoki o'tgan asrning boshlarida yurtparvar, millatparvar bobolarimiz “jadidchilik”, ya'ni, yangilanish va erkinlik, adolat va tenglik, ilm-ma'rifat va milliy o'zlikni anglash g'oyalarini bayroq qilib, kurash maydoniga mardona chiqqanlarini barchamiz yaxshi bilamiz. Bu ulug' zotlarning maqsadi – jaholat va qoloqlik girdobida qolib kelayotgan Turkiston xalqini dunyoviy ilm-fan, ilg'or kasb-hunarlar bilan qurollantirib, umumbashariy rivojlanish yo'liga olib chiqishdan iborat edi.
Jadidlar tomonidan tashkil etilgan yangi usuldagi maktablar, teatr, kutubxona va muzeylar, gazeta va jurnallar, Turkiston farzandlarini chet ellarga o'qishga yuborish maqsadida tuzilgan xayriya jamiyatlari xalqimizni necha asrlik g'aflat uyqusidan uyg'otdi, milliy ozodlik harakati uchun beqiyos kuch berdi. Afsuski, yurtimizda bol`sheviklar diktaturasi o'rnatilgani, chor mustamlakachilik siyosati yangicha shaklda davom ettirilgani ma'rifatparvar bobolarimizga o'z maqsad-muddaolarini to'liq amalga oshirish imkonini bermadi. Lekin ularning ezgu orzu-niyatlari xalqimizning qon-qonida, tarixiy xotirasida saqlanib qoldi va hanuz yashamoqda, desak, ayni haqiqatni aytgan bo'lamiz.


Yüklə 165,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin