Mavzu: Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik! Darsning maqsadi: ta’limiy maqsad



Yüklə 86,2 Kb.
səhifə2/3
tarix28.12.2023
ölçüsü86,2 Kb.
#200900
1   2   3
1-mavzu Jonajon O\'zbekistonim mangu bo\'l omon

I. Tashkiliy qism.
(Dars o‘quvchilarning she’riy salomi bilan boshlanadi).
O‘quvchilar: Assalomu alaykum, aziz ustozim,
Hamisha biz sizga qilamiz ta'zim.
O‘qituvchi: Va alaykum assalom, bolajonlarim,
Ishonchim, quvonchim, aziz o‘quvchilarim.
(O‘quvchilar ijrosida davlatimiz madhiyasi kuylanadi).
O‘quvchilar davomati, salomatligi, sana aniqlab olinadi. Yozgi ta'tilda kimning qayerda hordiq chiqargani, dam olish vaqtida o‘qigan kitoblari, chizgan rasmlari, tayyorlagan gerbarjylarning taqdimoti uyushtiriladi. Yana maktab bag'riga qaytgan o‘quvchilar yozda yod olgan she'rlari, qo‘shiqlarni aytish uchun davra tashkil qilinadi.

II. Asosiy qism
O‘qituvchi: — Bolajonlarim, bugungi darsimizni sermazmun o‘tkazish uchun qanday tilaklar bildirasiz?
(3—4 nafar o‘quvchi tilaklar bildiradi).
— Aziz sinfdoshlarim, men barchangizga quvnoq kayfiyat tilayman!
— Men esa barchangizni hushyor, intizomli bo‘lishga va o‘zgalar fikrini diqqat bilan tinglashga chaqiraman.
O‘qituvchi: — 2018- yil Yurtboshimiz tomonidan qanday yil deb e’lon qilingan?
O‘quvchi: — «Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab- quvvatlash yili» deb e`lon qilindi
1-topshiriq.Aqliy hujum:

  1. O’zbekiston Respublikasi qachon mustaqillikka erishgan?

  2. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?

  3. O’zbekiston Respublikasida qaysi til Davlat tili hisoblanadi?

  4. O’zbekiston Respublikasi milliy valyutasi qachon qabul qilingan?

  5. O’zbekiston Respublikasi davlat gerbi nimani anglatadi va qachon tasdiqlangan?

  6. O’zbekiston Respublikasi madhiyasi qachon tasdiqlangan?

  7. O’zbekiston Respublikasi bayrog’i qachon tasdiqlangan va u nimani anglatadi?

  8. O’zbekiston Respublikasi qanday tabiiy boyliklarga ega?

  9. O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini 1-bo’lib qaysi davlat tan olgan?

  10. Qanday unvonlarni bilasiz?


Yüklə 86,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin