Мавзу: Янги ўзбек адабиётининг асосий хусусиятлари. Янги ўзбек адабиёти тараққиётининг асосий босқичлари Режа



Yüklə 469,72 Kb.
səhifə34/55
tarix12.06.2023
ölçüsü469,72 Kb.
#129098
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   55
Мавзу Янги ўзбек адабиётининг асосий хусусиятлари. Янги ўзбек а

Pishmagan kalla!
Tobutingni ko`tarar
Axir, mahalla!
To `y qilsa kim so `rog `lab –
Kirganing bormi?
Azasida bel bog`lab
Turganing bormi?..
Dunyo ko `rgan, fikri keng,
Ulug `vor hotam –
Shuni o`ylamabdi, deng,
Ministr odam.
Ko`rinadiki, asarda shoir ayrim rahbarlar fe`l-atvoridagi koz ilg`amas darajadagi nozik qusurlarni sinchkovlik bilan ilg`ab, ularni mohirona tasvirlab bergan. Shu orqali hayotdan saboq olish; el-yurt bilan doimo birga bo`lish – mahalla ahlining quvonchiga ham, tashvishiga ham birdek sherik bo`lish g`oyasini olg`a surgan. Shunisi ham borki, asarda milliy qadriyatlarimizni ulug`lash, urf-odatlarimizni targ`ib-tashviq etish quruq bayon etilmaydi; aksincha asarning umumiy ruhiga ustalik bilan singdirib yuboriladi.
Erkin Vohidov asarlarida ijtimoiy yo`nalish hech qachon e`tibordan chetda qolmagan. Shoir jamiyatni qayta qurish va mustaqillik haqida ham yorqin she`rlar yozgan.
Erkin Vohidovning «Yurtim, olis yo`lga chiqqan karvoning bor» she`rida lirik qahramonning his-tuyg`ulari, imon-e`tiqodi, yovuz terrorchilarga bo`lgan nafrati, g`azabi milliy tarovat libosida, go`zal bir yo`sinda yorqin ifodalangan. Shoir mustaqillik davri-davronini ulug`lash va uni ko`z qorachig`iday asrash g`oyasini ona Vatanga, xalqqa sadoqat g`oyasi bilan chambarchas bog`lab kuylaydi. She`rda samimiyat, haqqoniylik va lirik nafosat bo`rtib turadi:
Bu dunvoda yaxshi-yomon kunlur ko`rdim,
O`kinchim yo`q, mayli, yillar qaddim egsin,
Men hamon bir askaringmam, ona yurtim.
Sen tomonga otilgan o`q menga tegsin...
Tong nurisan. Vatan, ko`nglim osmonida
Erking azal ajdodlarning armonida,
Mehring abad avlodlarning iymonida
Shu iymonga otilgan o`q menga tegsin.
Shunday qilib, Erkin Vohidov ijodida asosiy o`rinni hozirgi zamonning dolzarb, ijtimoiy mavzulari tasviriga bag`ishlangan chuqur mazmunli, jiddiy, o`ychan she`rlar egallaydi. Bundan tashqari, shoir bisotida kulgili voqea yoki komik holat asosida yaratilgan quvnoq, xushchaqchaq, samimiy yumorga boy she`rlar ham mavjud. Shoirning «Donish qishloq latifalari» turkumiga kirgan «Matmusaning qishlog`i», «Matmusaning qalpog`i», «Matmusaning lagani», «Matmusaning charxpalagi», «Matmusaning tandiri», «Matmusaning uylanishi», «Qiziquvchan Matmusa», «Matmusa – rassom», «Matmusaning dutori», «Tandir kiygan Matmusa» kabi xushchaqchaq she`rlari o`quvchilarga manzur bo`ldi. Bu she`rlar o`quvchilarga yaxshi kayfiyat bag`ishlash bilan birga, ularni ezgulik ruhida tarbiyalashga ham xizmat qiladi.
Erkin Vohidovning hozirgi zamonning turli mavzularida yozilgan hajviy she`rlari ham muhim tarbiyaviy-estetik qimmatga ega. Shoir «Majlis qiling», «Manfaat falsafasi», «Sen menga tegma», «Boshimdadir», «Nasihat», «Soch madhi», «Ko`chamen» kabi hajviy she`rlarida hayotda mavjud bo`lgan har xil illatlar ustidan kuladi.
Erkin Vohidov hajviy-yumoristik asarlarida «qissadan chiqariladigan hissa»ni juda aniq va ixcham qilib ifodalaydi. Bir she`rida: «Qo`lni ishga mohir etma, tilni gapga usta qil», deya kinoya qilsa, boshqa bir asarida: «Sendan ul va mendan bul», «Qo`lni qo`l yuvar, do`stim, Nafi yo`q jiyan kelsa, tog`a ham quvar, do`stim», – deb piching qiladi («Manfaat falsafasi»).
Qisqasi, Erkin Vohidov she`riyatning rang-barang janr va shakllariga murojaat qiladi hamda har safar uning yangi-yangi namunalarini yaratadi. Shoir xalq va jamiyat taqdiriga taalluqli jiddiy she`rlarida ham, «kulgi mushoiralari»da ham voqea-hodisalarni quruq bayon etish yo`lidan emas, aksincha, asar g`oyasini badiiy tarzda gavdalantirish, sodda va obrazli, ixcham va teran baytlar yaratish yolidan boradi va jiddiy yutuqlarga erishadi.
Shoir asarlari yengil o`qiladi, oson «hazm» qilinadi. Buning asosiy sababi shundaki, muallif jonli xalq tili boyliklaridan, turli tasviriy vositalardan unumli foydalanib, yangi-yangi tashbehlar, ajoyib o`xshatishlar, yorqin sifatlashlar, soda, lekin serhikmat misralar yaratadi.
Shoirning «O`zbek Navoiyni o`qimay qo`ysa...» she`ri kuyunchaklik bilan yozilgan bo`lib, unda katta ma`no, teran hikmat bor. Asarda ana shu katta ma`no xalqona so`z va iboralar ko`magida ustalik bilan ochib berilgan. Navoiy asarlarini o`qib-o`rganish va ularni xalq orasida keng targ`ib etishning buyuk ma`naviy-ma`rifiy ahamiyati ehtiros bilan ifodalangan:

Yüklə 469,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin