Мавзу: Янги ўзбек адабиётининг асосий хусусиятлари. Янги ўзбек адабиёти тараққиётининг асосий босқичлари Режа


Mavzu: Abdulla Oripov she`riyati va dostonlari



Yüklə 469,72 Kb.
səhifə36/55
tarix12.06.2023
ölçüsü469,72 Kb.
#129098
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   55
Мавзу Янги ўзбек адабиётининг асосий хусусиятлари. Янги ўзбек а

Mavzu: Abdulla Oripov she`riyati va dostonlari
(1941-2016)
Reja:
1. Abdulla Oripov ijodining adabiyotshunoslikda o`rganilishi.
2. Abdulla Oripovning hayot va ijod yo`li.
3. Shoir lirikasining o`ziga xos xususiyatlari: mavzular va obrazlar olami.
4. Muhabbat lirikasi.
5. Ona, Vatan mavzuidagi she`rlar va ularning badiiyati.
6. Abdulla Oripov – dostonnavis. «Jannatga yo`l», «Hakim va ajal», «Ranjkom» dostonlari haqida .
7. Diniy-falsafiy motivlar. «Hikmat sadolari», «Haj daftari».
Abdulla Oripov XX asr o`zbek she`riyatining zabardast vakillaridan biridir. Uning asarlari adabiyotimizning yangi bosqichga ko`tarilishda muhim ahamiyat kasb etdi. Bu she`riyat Chingiz Aytmatov, Rasul Hamzatov, Evgeniy Evtushenko, O`ljas Sulaymonov ijodi yanglig` siyosat va mafkura ustuvor bo`lgan tuzum sharoitida ham toza iqtidor tufayli badiiy ijodning ajoyib namunalari yaratilishi mumkinligini ko`rsatgan o`zbek adabiyoti misolidagi o`ziga xos noyob hodisadir. Bu noyob ijod xalqaro miqyosga chiqdi. Shoir asarlari qozoq, turkman, qirg`iz, tojik, ozarbayjon, tatar, turk, boshqird, uyg`ur, qoraqalpoq, rus, ukrain, ingliz, belorus, nemis, venger singari yigirmaga yaqin tilda tarjima qilindi. «Hakim va Ajal» dostoni Bayrutda ingliz tilida bosilib chiqdi.
XX asr o`zbek she`riyatining so`nggi 30-35 yillik tarixida A. Oripov qadar tanqidchilik e`tiboriga tushgan shoir kam topiladi. Shu davr she`riyati haqida fikr yuritilgan biron-bir salmoqli tadqiqot, ilmiy ish, sharh yo`qki, unda A.Oripov asarlariga munosabat bildirilmagan, she`rlari tahlil etilmagan bo`lsin. Uning ijodidan dissertatsiyalar yoqlandi. Atoqli olim Matyoqub Qo`shjonov «Onajonim, she`riyat» nomli kitobida shoirning mo``jaz ijodiy portretini yaratdi. Bundan o`ttiz besh yilcha avval matbuotda A. Oripovga ilk bor oq yo`l tilagan, uning kelajagiga katta ishonch bildirgan va ko`p o`tmay bu ishonch oqlanib, she`rlaridagi mahoratni hassoslik bilan tahlil qilgan Ozod Sharaffidinov maqolalari shoir ijodini o`rganish bilan birga, tanqidchiligimiz ravnaqida ham muhim ahamiyat kasb etdi. Ayni choqda yaqindagina Matyoqub Qo`shjonov, Suvon Meliyevlarning «Abdulla Oripov» nomli adabiy portreti nashr etildi.
Salohiddin Mamajonov, Umarali Normatov, Naim Karimov, Ibrohim G`afurov, Begali Qosimov, No`mon Rahimjonov, Ibrohim Haqqulov, Botirxon Akramov, Botir Norboyev, Suvon Meliev, Mixli Safarov, Ochil Tog`ayev, Nodira Afoqova va boshqalarning ehtiros bilan yozilgan ishlari shoir asarlarining g`oyaviy va poetik teranligini, o`ziga xosligini, go`zallik sirlarini ochishga qaratilgan.
Abdulla Oripov 1941-yil 21-mart kuni Qashqadaryo viloyatining hozirgi Koson tumaniga qarashli Neko`z qishlogida tugilgan. Otasi Orif bobo Ubaydullo o`gli qariyb yuz yil umr ko`rdi. U kishining butun hayoti qishloq hududida mehnat bilan o`tgan. Onasi Turdi Karvon qizi 1966-yilda vafot etgan. Shoir shunday yozadi: «Onam tabiatan g’oyat ta`sirchan ayol edilar. O`choq boshidami, tandir yonidami, ish bilan mashg’ul chog’larida qadimiy mahzun baytlarni takrorlashlari hanuzgacha esimdan chiqmaydi.
Gulira`noning tagida yuvma sochingni, yuvma sochingni
Shahlo ko`zginangdan to`kma yoshingni, to`kma yoshingni
Shahlo ko`zginangdan to`ksang yoshingni, to`ksang yoshingni,
Olarman-da ketarman yolg’iz boshimni, yolg’iz boshimni».
Oilada 8 farzand: 4 o`g’il, 4 qiz voyaga yetgan. O`g’illardan kenjasi Abdulla Oripov edi. Akalari turli oliygohlarda tahsil olishgan.
U 1958-yilda o`rta maktabni oltin medal bilan tamomlab, ToshDU (hozirgi O`zMU) jurnalistika fakultetiga o`qishga kiradi.
Adabiyotshunos M.Qo`shjonov A.Oripovni shoir qilgan muhit, makon xususida shunday yozadi: «Neko`zning sharqida uncha baland bo`lmagan, ko`proq yirik tepalikni eslatadigan eski tog’ yastanib yotadi. Uni neko`zliklar Qo`ng’irtov deb ataydilar. Mabodo biror sabab bilan Neko`zga borib qolsangiz. A.Oripov sizni, albatta bu ko`hna toqqa olib chiqadi. «Men shu tog’da mol boqqanman, qo`y haydaganman, mana bu tog’ kovaklarida qattiq shamol va yomg’irlarda bekingan paytlarim bo`lgan» – deb alohida hayajon bilan butun tog’ni nigohdan o`tkazadi.
Ehtimol, ijodida keyinchalik mashhur bo`lgan «Vatanim manim» degan muqaddas tushunchalar A.Oripov dilida o`sha bolalik chog’lari – Qo`ng’irtovda qo`y boqib yurgan kezlari tug’ilgandir».
Abdulla Oripov uchun eng katta maktab hayot edi. Bolalik chog’laridagi mehnat qaynagan qishloq hayoti taassurotlari, maktab va universitetda o`qish va o`rganish, keyin jurnalist sifatida hayotning o`nqir-cho`nqirlarini asta-sekin anglab olish, ijod dardi, bu xususda eshitilgan yaxshi-yomon gap-so`z va munosabatlar, ba`zilardan ko`rgan xayrixohlik, ba`zilardan esa hasadu haqsizliklar.
50-yillarning oxirlari. Toshkent davlat universitetining filologiya fakulteti qoshidagi adabiyot to`garagida hali yosh, hatto murg’ak yigitcha Abdulla Oripov o`qigan birinchi she`r «Archa» deb atalgan edi.
O`ngirlardan bo`y cho`zgan buyuk
Vodiylarda ajib bir gultoj
Mana men deb turardi archa
Ko`targancha boshlarida toj.
She`rda majoziy ma`no bor. Qoyalar toshidan olib, toshyo`nar usta tegirmon yasamoqchi. Nima bo`ladi-yu, qoyadan ajralib kelayotgan tosh qulaydi, pastga tushib yosh archani poymol etadi. Archaning ahvoli achinarli edi. Uning majruh tanasi tosh tagidan boqardi. Vaqtlar o`tdi. Toshyo`nar ustaning yo`li yana shu qoya tomon tushdi. Archa ko`kka bo`y cho`zgan edi. Demak, hayotga intilayotgan buyuk tabiat, boshiga har qancha kulfat tushmasin «Yengaman, o`saman, ko`rkam bo`laman» deydi.
A.Oripovning «Buloq» degan bir she`ri bor:
Qutlug’ bir saharda ko`z ochdi buloq
Yo`l soldi daryolar sari adashib
Unga rahm etmoqchi odamlar shu choq
Tog’u toshlar aro yaqin yo`l ochib
Odamlar, tegmangiz, mayli toshsin u,
Mayliga, tog’ni ham ko`rsin yo`lida.
Qo`ying, o`z yo`lini o`zi topsin u
Zavqlanolsin u ham kurash so`ngida.
Bunda ijodkorning hayot haqidagi falsafiy qarashlari aks etgan. Shoirni o`stirib voyaga yetkazadigan qulay ijodxonalar yo`q. U hayotning har xil sharoitida – issiq-sovug’i, baland-pasti, o`nqir-cho`nqiri, qing’ir-qiyshiq joylaridan o`ziga yo`l topib o`tadi va asta-sekin ijodkor sifatida shakllanadi.
Abdulla Oripov adabiyotda biryoqlamalik, ritorika, deklarativlik, bayonchilik, «baxtli zamona»ga hamdu sano o`qish avj olgan, adabiyotning ijtimoiy-estetik qimmatidan putur keta boshlagan bir davrda she`riyat ostonasiga qadam qo`ydi. Har bir shoir singari u ham havaskorlik, izlanish bosqichini bosib o`tdi. Yulduzlar, tog’lar, kapalak haqida yozdi. Ulardan she`r izladi. Biroq u o`qish-o`rganish bosqichini tez bosib o`tdi, she`riyatining missiyasini, inson va jamiyat hayotidagi o`rni va ahamiyatini juda erta angladi.
1962-yilda matbuot yuzini ko`rgan «Kuz xayollari», 1964-yilda «Sharq yulduzi» jurnali sahifalarida e`lon qilingan «Men nechun sevaman O`zbekistonni?», «Miltiraydi mitti yulduz» «Burgut» kabi she`rlar o`z ovozi va uslubiga ega bo`lgan shoir shakllanayotganidan darak beradi. Shoirning Sobiq Ittifoqda stalincha zo`ravonlik sharpalari ham butkul daf bo`lmagan, mustabid tuzum hukmronlik qilishda davom etayotgan, adabiyot esa «sotsrealizm» iskanjasi ostida ezilayotgan bir paytda isyonkor ruh bilan sug’orilgan, tug’yonli, lirik-falsafiy, teran mushohadali, hayotni o`zicha ko`rgan chinakam milliy va xalqchil she`rlari og’ir sukunatni titratib yuborgan momaqaldiroq yanglig’ yangradi.
A.Oripovning birinchi she`riy to`plami «Mitti yulduz» 1961-yilda nashr etildi. «Mitti yulduz»ning nurlari asosida «Sarob», «Bahor», «Avlodlarga maktub», «Sovg’a», «Minorayi kalon tepasidagi laylak», «Jannat» singari har biri adabiyotimizda voqea bo`ladigan she`rlar yaratildi. Binobarin, A.Oripov «Ustozlar sabog’i» maqolasida shunday yozadi: “Har haftada o`nlab she`rlar yaratilyapti, lekin «Baxtlar vodiysi», «Yalovbardorlikda», «Sog’inish», «Sen yetim emassan» singari har bir xalq tarixidagi butun bir davrni ifodalab bera oladigan poydevor she`rlar deyarli yo`q. Yoshlar zamonamizning eng yirik poetik nuqtalarini nishonga ololmayaptilar, ko`pgina yaxshi shoirlarimizning misralari mijg’ov, avji past chiqayotir. Chunki poetik g’oyaning o`zi aytarli salmoqqa ega emas. Mavzu qanchalik salmoqdor bo`lsa, poetik ohang ham shunchalik yuksak bo`ladi. G’afur G’ulom «Alisher» nomli she`rida o`zbek xalqining butun bir o`tmishini qamraydi. Natijada, bo`yiga yarasha to’n deganlaridek “Boyqaro saroyin shamlari o`chdi” singari shekspirona baland ruhli misralar yaratdi». Bu fikrni keltirayotganimiz bejiz emas. Chunki A.Oripov dastlabki she`rlaridanoq salmoqli fikr aytishga harakat qildi va bu uning ijodiy printsipiga aylandi.
Yillar davomida uning bir qancha to`plamlari dunyo yuzini ko`rdi. «Ko`zlarim yo`lingda» (1966), «Onajon» (1969), «Ruhim» (1969), «O`zbekiston» (1972), «Hayrat» (1974) «Yurtim shamoli» (1976) («Veter moego kraya» (1988)), «Yuzma-yuz» (1978), «Najot qal`asi» (1980), «Yillar armoni» (1987), «Ishonch ko`priklari» (1989), «Sen bahorni sog’inmadingmu»(1991), «Munojot» (saylanma 1992), «Haj daftari», «Hikmat sadolari»(1992) kabi to`plamlari shular jumlasidandir. Ushbu to`plamlar asosida shoirning Tanlangan Asarlari tartib berildi. Bugun u bizning qo`limizda.
A. Oripov iste`dodli shoir bo`lish bilan birga, yetuk tarjimon hamdir. U Dante Aligyerining «Ilohiy komediya»si «Do`zax» qismini mahorat bilan o`zbekchaga o`girdi.
A.Oripov Pushkin, T.Shevchenko, L Ukrainka, Q.Quliyev, Sergey Baruzdin ijodidan mukammal tarjimalar qildi.
Dostoyevskiyda shunday fikr bor: «She`riyatda, eng avvalo, hislar samimiyligi va tuyg’ular tarangligi kerak». Zero, A.Oripov adabiyotimizga samimiy hislar bilan kirib keldi. Shoir she`riyati mavzu jihatdan rang-barang. Vatan, Ona-yer, xalq, oq sut bergan ona, muhabbat kabilar shoirning muqaddas va doimiy mavzularidandir.
Shoir ko`pincha o`zini bezovta qilgan, oromini o`g’irlagan mavzu ustida kunlab, oylab mulohaza yuritadi, fikrlari obdon pishgach qo`liga qalam oladi.
Shoir asarlarining asosiy qismini XX asr o`zbek she`riyatidagi yetakchi shakl-barmoq vazni tashkil etsa-da, u ko`p asrlik an`anaga ega bo`lgan aruzdagi g’azalga ham, masnaviyga ham, Mayakovskiy, Nozim Hikmat, Lorkalar ta`sirida paydo bo`lgan sarbastga ham murojaat qilib turadi.
Masnaviyda ijod etish mushkul ekani ma`lum. A. Oripov unga dadil qo`l urdi va eng asosiysi, bir qancha muvaffaqiyatli asarlar yaratdi. «Shoshmaslik haqida ballada», «Begonalik», «Uzlat», «Maymuniyat» kabi she`rlar shular jumlasidandir.
Shoirning butun she`riyati singari muhabbat lirikasi ham o`ziga xosligi, teranligi, tuyg’ularning tabiiyligi, hayotiyligi, real voqelikka monandligi bilan ajralib turadi. Sevgi haqidagi hazin, mungli ohanglar har qanday oh-vohlar, o`ldim-kuydimlardan tamomila yiroq.
«Eslang», «Derazangni qoplar oqshom zulmati», «Chuvaladi o`ylarim sensiz», «Xayr endi» kabi o`nglab she`rlarni ko`ngilxushlikdan butunlay begona chinakam oshiqning yuksak pardalarda ifodalangan ohi, nidosi deyish mumkin. Shoir nazdida sevgi talqini, vafo va sadoqat tushunchalari ma`naviy qadriyatlarimiz, milliy urf-odatlarimiz chashmasidan suv ichadi.
Shoirning «Muhabbat» she`ri bunday boshlanadi:
Hayot mendan ayamadi ne`matlarini
Ne istasam berdi doim, hech bir tonmayman.
Faqatgina bir g’am o`rtar yuraklarimni
Men muhabbat taqdirimdan maqtanolmayman.
Lirik qahramon o`zining rad etilgan, javobsiz qolgan sevgisi tarixini hech kimdan yashirmasdan to`kib soladi. She`rda Odam Ato va Momo Havodan meros mo`jizaviy tuyg’uning odam ba`zan hatto o`z-o`ziga ochiq iqror bo`lishiga botinavermaydigan pinhoniy jihatlari qalamga olinadi.
Ona haqidagi she`rlar va umuman, ona obrazi shoir ijodidagi ayol obrazini yanada mukammallashtiradi va konkretlashtiradi, bu timsolni oliy maqomlarga olib chiqadi. Shoirning «Ko`zlarim yo`lingda», «Onajon», «Ruhim», «Yurtim shamoli», «Yillar armoni» «Ishonch ko`priklari» singari to`plamlaridagi she`rlar bag’ridan mushtipar ona ko`zlari doimo bizga termulib turadi. Bu to`plamlarning «Onamga xat», «Onajon», «Ona», «Alisherning onasi», «Onamni eslab» singari ona timsoliga maxsus bag’ishlangan she`rlar o’rin olgan. «Samoviy mehmon, besh donishmand va farrosh kampir qissasi» nomli fantastik she`rida ham ona va mehr muammosining o`ziga xos talqiniga duch kelamiz.
Shoir she`rlarida uch oliy tushunchaga ona nisbatini beradi: ona-vatan, ona she`riyat, ona sayyora.
«Onajon» she`ri shoirning mumtoz asarlaridan biri. Bu she`r volidayi muhtaramasi qarshisida ayni vaqtda elning buyuk san`atkori bo`lgan A.Oripovning ona haqidagi guhar tuyg’ulari talqinidan tizilgan marjondir. Abdulla Oripov bu she`rida mehribon volidaning nurli qiyofasini yaratadi.
Ota – ulug’ zot. Uni madh etuvchi she`rlar ham anchagina. «Tabiat» deb atalgan she`rida shunday misralar bor:
O`tgan kunlarimga boqib muntazir-
Sog’inchdan yonadi yongan bu jonim
Afsuski, yonimda emassiz hozir,
Donishmand ustozim – siz otajonim.
Endi men eslayman, ko`zlarimda nam
Hikmatli so`zlarning otash sehrini
Qo`msab talpinaman gohi-gohi dam
Donishmand otamnning shafqat, mehrini
Shunday paytda o`zing aylagil shafqat
Ota bo`la qolgil, menga, tabiat.
Yoxud boshqa bir she`rida «Otalar ilgida zamon bilan vaqt» deb yozadi. «Qarshi qo`shig’i» she`rini otasiga bag’ishladi.
Qaysi bir shoir o`z vatani haqida she`r yozmaydi? Qaysi bir kitobxon Oybekning «Bir o`lkaki, tuprog’ida oltin gullaydi» deb boshlangan «O`zbekiston» she`rini qayta-qayta o`qimaydi deysiz? Biroq A.Oripov na Oybekni takrorlaydi, na Hamid Olimjonni va na Uyg’unni. Oybekda O`zbekistonning tarixiga tegishli voqealar qiyoslangan, H.Olimjonda go`zal o`lka bahor nafasiga yo`g’rilib romantik ohangda beriladi. Uyg’un Vatanining qudratiga urg’u beradi. A.Oripov esa «O`zbekiston» she`rida ustozlardan saboq olib, ularni takrorlamagan holda, vatani haqida jozibali she`r yaratadi.
U she`rda qariyib ming yillik tarixni mujassam etadi. Xalqi yaratgan ulug’ siymolar taqdirini jamlaydi, «Deding, paxtam qoldi-ku axir, yig’ishtiray kelmasdan ayoz» deya, orom olishni bilmasdan sovuq dalada ter to`kayotgan yalangto`sh bobodehqon obrazini joylaydi. Shoir ulug’lar shajarasini Beruniydan boshlaydi:
Uxlar edi Kolumb ham hali
Dengiz ortin yoritdi ilk bor
Beruniyning aql mash`ali.
Osmon ilmi tug’ilgan ilk bor,
Ko`ragoniy jadvallarida» deya davom ettiradi shoir. Yoxud Navoiy dahosini shunday ta`riflaydi.
Temur tig’i yetmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher.
Shular asosida shoir ulug’ xalqqa ta`rif beradi.
U suhbatlaridan birida “Sevinchim-dardim Vatan» deyishi bejiz emas. Shoir «Yurtim shamoli», «O`zbekistonda kuz», «Qarshi qo`shig’i», «Kenglik nuqtasi», «Toshkent sha`niga», «Momo oftob», «Men nechun sevaman O`zbekistonni?» kabi o`nlab she`rlarida Ona-Vatanning zavol bilmas qiyofasini yaratadi.
O`zbekiston mustaqilligi munosabati bilan A.Oripov ijodida ona-yurt va Vatan mavzuining yangicha talqinlari maydonga keldi. «Adolat oftobi», «Uyg’onish zamoni», «Erk haqida» she`rlari ana shular jumlasidandir.
Shoirning dostonlari ham adabiyotimizda voqea bo`lgan asarlar sirasiga kiradi. Bu jihatdan «Jannatga yo`l», «Hakim va ajal» dostonlari xarakterli. «Jannatga yo`l» (1978) turg’unlik davri avj olgan pallalarda juda katta qiyinchiliklar bilan dunyo yuzini ko`rdi. Asar bosilib chiqqandan keyin ham malomat toshlari to`xtamadi. Shoir «sovet voqeligini» buzib ko`rsatishda ayblandi. Markazqo`mning, shaxsan uning 1-kotibining topshirig’iga muvofiq tuzilgan nufuzli komissiyaning xulosasigina asarga qarshi qaratilgan hujum poyini bir darajada qirqqandek bo`ladi. Aslida bugungi kun nuqtai nazaridan qaraydigan bo`lsak, diniy-mifologik, hayotiy-fantastik shakllardan foydalanib bitilgan ushbu dostonda chindan ham «sovet voqeligi buzib ko`rsatilganligi» ayon bo`ladi.
«Hakim va ajal» dostoni (1990) A.A.Ibn Sinoning 1000 yilligiga bag’ishlab yozilgan. Unda Hakim, Malika, Mirzo timsollari berilgan.
Yomonlikka qarshi o`t ochish qayta qurish yillarida yozilgan «Ranjkom» dostonining ham bosh g’oyasini tashkil etadi.
Yurtimiz mustaqillikka erishgandan so`ng 1995-yilda bitilgan «Sohibqiron» she`riy dramasi shoir ijodiga ham, adabiyotimiz rivojida ham o`ziga xos o`rinda turadi.
90-yillar avvalida vujudga kelgan imkoniyatlar, mustaqillik, dinga munosabatdagi hurfikrlilikning qaytishi, «Qur`on» va «Hadislar»ning e`lon qilinishi A.Oripovga ham ilhom buloqlari ko`zini ochdi. «Haj daftari», «Hikmat sadolari» turkumi diniy-falsafiy ruhdagi she`rlardan tarkib topgan. «Hikmat sadolari» 40 ta she`rdan tashkil topgan. A.Oripov 1992-yili haj safarida bo`ldi. Safar natijasi o`laroq «Haj daftari» turkum she`rlari maydonga keldi.
Abdulla Oripov she`riyati hayot bilan hamnafas, rostgo`y, xalqchil va kurashchan she`riyatdir. Shoir dolzarb g`oyalarni olg`a surishda, ko`pchilikni hayajonga soladigan katta fikrlarni, turfa tuyg`ularni ifodalashda Qur`oni Karim va hadisu Sharif ohanglaridan ham o`rinli foydalanadi. Shoirning «Haj daftari», «Hadis sadolari» she`riy to`plamlari buning dalilidir. Xususan, ellikta hadisona she`rida shoir diniy libosda namoyon bo`lgan ezgu tuyg`ularni, milliy qadriyatlarimizni ixlos bilan tasvirlab bergan.
Abdulla Oripov she`riyatida publitsistik va tanqidiy ruh kuchli. Shoir hayotni bo`yab-bezab, ko`klarga ko`tarib maqtab o`tirmaydi. U bor gapni boricha lo`nda va dangal qilib aytib qo`ya qoladi. Bu xususiyat shoirning mustaqillik haqidagi she`rlarida, ayniqsa, ochiq ko`rinadi. Abdulla Oripov O`zbekiston mustaqilligini dil-dildan qo`llab-quvvatlagani holda bu sohadagi guruhbozligu tarafkashlik, ish o`rniga gap sotish, bir-biriga tosh otish kabi nuqsonu illatlarni dangal ochib tashlaydi.
Abdulla Oripov she`riyatida hajviyot ham katta o`rin egallaydi. Shoirning «Tulki falsafasi», «Yozg`uvchilikka ariza», «Turg`unboy», «Temir odam», «E`tiqod» kabi she`rlarida, «Ranjkom», «Jannatga yo`1» dostonlarida hajviyot xususiyatlari yaqqol namoyon bo`lgan. Bu asarlarda adolatsizlik va qalloblik, ayyorlik va ko`zbo`yamachilik, xiyonat va vijdonsizlik, poraxo`rlik va yolg`onchilik, ikkiyuzlamachilik va tamagirlik singari illatlar turli shakllarda hajv ostiga olingan:
Abdulla Oripov ijodida mustaqillikni qutlash va ulug`lash uni ko`z qorachig’iday asrash va mustahkamlashga chaqiriq bilan chambarchas bog`liq holda aks ettirildi. Shoir ozodlikni bebaho, buyuk ijtimoiy ne`mat sifatida ta`riflab, uning asl mohiyatini faxr va iftixor bilan ko`rsatib berdi. Uning «Oliy ne`mat» she`rida tasvirlanishicha, bir Xoja nogahon dardga yo`liqib, davo izlab yelib-yuguradi. Oxiri paymonasi to`lib, yorug dunyodan umidini uzadi. Shu choq eshigida ishlab yurgan va tabiblikka daxli bor bir qul kirib, uni davolaydi. Xoja shifo topadi va qulga «qilgan xizmatingning yo`qdir bahosi», «tila tilagingni», «sochayin boshingdan oltin va kumush», «istasang, mulkimning teng yarmin beray», deydi. Qul esa oltinning ham bahosi bor, agar mening xizmatim o`zingiz aytganingizdek, bebaho bo`lsa menga bebaho ne`mat bering, deydi. Shunday qilib, qul katta boylikka – oltinga ega bo`lishdan ko`ra, ozodlikni ustun qo`yadi va buni shoir mumtoz adabiyot an`analaridan ijodiy foydalangan holda mahorat bilan tasvirlab beradi.
Abdulla Oripov turli yillarda xilma-xil va biri-biridan sermazmun dostonlar ham yaratgan. Shoir dostonlarida ham, xuddi she`rlarida bo`lganidek, hayot haqiqati ustalik bilan ochib berilgan. Shoir ularda asarda ko`tarilgan mavzuni tasvirlashda, xususan, hayotda uchrovchi illatlarni fosh etishda turli xil tasvir vositalaridan, shuningdek, ramziy obrazlardan va har xil majozlardan o`rinli foydalanadi. Fantastik sujet asosiga qurilgan «Jannatga yo`l» (1978) dramatik dostonida qiyomat va oxirat, jannat va do`zax, savob va gunoh singari ilohiy tushunchalar qalamga olinadi.
«Jannatga yo`l» dostonida Yigit, Ona, Ota, Do`st, O`spirin, Qariya singari hayotiy obrazlar bilan birga, Tarozibon, Farishta, Hur qiz, Yugurdak. Sado va boshqa ramziy timsollar yaratilgan. Ana shular vositasida muayyan hayot hodisalari asosida dostonning nazarda tutilgan mazmuni ochib berilgan. Shoir adolat va to`g`rilik, vijdon va iymonga doir qadriyatlarni, olijanob insoniy fazilatlarni targ`ib etishda diniy tushunchalardan ham, ramziy obrazlardan ham ustalik bilan foydalana olgan. Shoir ko`zlagan niyat asar oxirida berilgan quyidagi misralarda ochiq seziladi:
Bir rivoyat bahonayu,
doston so `yladim,
Turli-tuman taqdirlarni
O`ylab mujassam
Odamlarga ibrat bo `Isin,
deya o `yladim.
Abdulla Oripov «Jannatga yo`l» dramatik dostonida hozirgi hayotdagi illatlarni fosh etishda diniy-afsonaviy voqeaga murojaat etgan bo`lsa, «Hakim va ajal» dostoni g`oyasini ifodalashda uzoq o`tmish mavzusidan o`rinli foydalangan. Jahon tibbiyot ihnining buyuk daholaridan biri Abu Ali ibn Sino haqida yozilgan bu dostonda umuman inson hayotiga taalluqli va abadiy dolzarb muammolar ko`tarilgan. Asarda hayot va inson, ilm va o`lim, olijanoblik va hasadgo`ylik haqidagi hikmatli fikrlar badiiy tarzda gavdalantirilgan.
Аbdulla Oripovning «Hakim va ajal»dostoni syujetiga xalq orasida buyuk tabib Ibn Sino nomiga bag`ishlab yaratilgan bir necha rivoyat birlashtirib, ularning mazmuni singdirib yuborilgan. Shuning uchun u dostonchilikda sintezlashgan folьklorizm ko`rinishi sifatida bo`y ko`rsatadi. Unda Ibn Sino haqidagi uch rivoyat mazmuni asos qilib olingan. Jumladan, «Ibn Sino va kitoblar» nomli xalq rivoyatida Buxoro shahri xonining betob bo`lib qolishi va uni Ibn Sinoning davolagani, buning evaziga kattagina kutubxonadan foydalanish huquqiga ega bo`lgani, kutubxonaning hasadgo`y tabiblar tomonidan yoqib yuborilishi voqealari hikoya qilinadi.
А.Oripov mazkur rivoyatdagi ikkita jihatga e`tibor qaratgan: 1. Ibn Sinoning xonni davolashga Buxoroga kelishi. 2. Ibn Sino kutubxonasining hasadgo`ylar tomonidan yoqib yuborilishi. Shoir rivoyat materialini badiiy qayta ishlab, uni mazmun jihatdan boyitgan. Dostonda Ibn Sino malikani davolashga keladi. Malika esa uni tabib sifatida saroyda qoldiradi. Ibn Sinoga saroy kutubxonasidan foydalanish huquqi beriladi. Bu malikaga uylanish ilinjida yurgan vazirning o`g`li Mirzoga yoqmaydi. Malikaning kun sayin tabibga intilishini ko`rib, hasadi qo`zg`aydi va saroyning boy kutubxonasini yoqib yuboradi.
«Zahri qotil» nomli rivoyatda Ibn Sino Eron shohining tund, hech kim bilan gaplashmaydigan, hech narsa yemayotgan qizini davolashi haqidagi voqealar aks etgan. А.Oripov ana shu rivoyatdagi asosiy voqelik – taniqli hakimning injiq tabiatli malika ruhiyatini davolashi motividan ijodiy foydalangan. Аmmo dostonda malika Eron shohining emas, Buxoro podshohining qizi sifatida tanishtiriladi. Shunday bo`lsa-da, dostonda voqealar, asosan, rivoyat syujeti yo`nalishiga muvofiq tasvirlangan. Unda malikaning hashamlar ichida o`tirishi-yu, hech kim bilan gaplashmasligi, hech narsaga hushi yo`qligi aytiladi. Faqat Ibn Sino tashrifidan so`ng malika ruhiyati va kayfiyatida o`zgarishlar paydo bo`ladi. Shoir rivoyatdagi mana shu jihatlarni dostonga olib kirgan. Ko`rinyaptiki, dostonda aniq bir rivoyat mazmuni ijodiy qayta ishlangan.
«Ibn Sino va giyohlar» nomli rivoyatda yonar gul va uning xususiyatlari haqida hikoya qilinadi. Unda Ibn Sinoning cho`ponni ilon zahri bilan davolashi, shu tufayli unga boshqa tabiblarning hasad qilishi va hakimni o`ldirishga chog`lanishi voqealari haqidagi rivoyat mazmuni doston mazmuni bilan birlashtirilgan. Dostondagi ijodiy qirralardan biri shunda kuzatiladiki, shoir rivoyatda cho`pon deb berilgan personajni Mirzo ismi bilan nomlagan va shu orqali voqelikka aniqlik kiritishni ko`zlagan. Shuningdek, yana bu farq personajlar xarakterida ham namoyon bo`ladi. Jumladan, rivoyatda cho`pon oqko`ngil bo`lsa, dostonda hasadgo`y va ichiqora qiyofada namoyon bo`ladi. Umuman, «xalq rivoyatlari va tarixiy voqealar asosida buyuk hakim va qomusiy alloma obrazini yaratish maqsad qilib qo`yilgan doston san`at asarlarining markazida turadigan azaliy mavzular – mangulik va o`limning mohiyati, ezgulik va hasadning azaliy kurashi muammosi badiiy yuksak, quyma satrlarda talqin etilishi» natijasida adabiyotimizda dostonchilikni yanada badiiy takomilga erishtira oldi. А.Oripov bir necha xalq rivoyatlari syujeti va tarixiy manbalarga tayanib, ulardagi ma`lumotlarni o`z qarashlari, lirik kechinmalari bilan sintezlashtirgan holda yangicha uslubdagi yaxlit syujetli asar yaratishga muvaffaq bo`ldi. Abdulla Oripovning «Ranjkom» (1988) dostonida qayta qurishning asl ma`nosini, xususan, demokratiya va oshkoralikning tub mohiyatini anglamasdan, asossiz holda «yangi shirkatlar» tuzib, halol ishlab, halol yashayotgan insonlarni behuda ranjitib yurgan odam shaklidagi maxluqlar fosh etiladi. Uch nokas «Hasharot» jurnali tahririyati xonalaridan birida to`planib, yaxshilarga ozor berishni, ularni ranjitishni o`z oldiga asosiy maqsad qilib qo`ygan «Ranjkom» tashkilotini tuzadi. Shu «majlis»da bu uch shaxsdan biri deydi:

Yüklə 469,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin