Mavzu: yarimsharlar


Ta’lim jarayonini tashkil etishda bolalarning gender xususiyatlarini xisobga olish



Yüklə 29,04 Kb.
səhifə2/2
tarix21.10.2023
ölçüsü29,04 Kb.
#158460
1   2
BAXROMOVA FOTIMA NEYROPEDAGOGIKA REFERAT

Ta’lim jarayonini tashkil etishda bolalarning gender xususiyatlarini xisobga olish


Bosh miya yarimsharlarining faoliyati va funksional tipologiyasi bola jinsiga bog‘liq bo‘lganligi bois ta’lim jarayonini tashkil etishda pedagog bolalarning gender xususiyatlarini – qabul qilish, tafakkur va emotsiyalari turlicha bo‘lgan o‘g‘il bola yoki qiz bola turganligini xisobga olish, ularni tarbiyalash, ularga ta’lim berish va xatto ularni turlicha yaxshi ko‘rish lozim. Bunda pedagog ta’lim jarayonida erishgan muvaffaqiyatlari yoki mag‘lubiyatlari uchun o‘g‘il bolalarni qizlar bilan o‘zaro taqqoslamasligi, ularning birini ikkinchisiga namuna qilib ko‘rsatmasligi maqsadga muvofiq.
O‘g‘il bolalarga topshiriq berganda ulardan ozodalik va puxtalikni haddan ziyod talab qilmaslik, ularga izlanish va faol tafakkur talab qiladigan topshiriqlarni berishga harakat qilish kerak. Bu yondashuv – ta’lim jarayonida ko‘rilayotgan masala echimini bolaning o‘zi “ixtiro” qilishi imkonini beradi. O‘quv vazifasini bajarish o‘g‘il bolalarga tushunarli bo‘lishi uchun pedagog nafaqat tushuntirishi, balki ko‘rsatishi ham kerak. O‘g‘il bolaga tanbeh berishda pedagog o‘z e’tirozini qisqa, lo‘nda va aniq bayon qilishi lozim. CHunki o‘g‘il bolalar emotsional zo‘riqishga uzoq vaqt bardosh berishga qiynaladilar va buning oqibatida ularning miyasi ma’lumotlarni verbal qabul qilish (eshitish) kanalini “o‘chirib qo‘yishi” mumkin. Bu esa bola tanbeh mazmunini tushunmasligi, gaplarni to‘liq eshitmasligi va oxirigacha quloq solmasligiga olib keladi.
Ta’lim jarayonida qizlarga beriladigan o‘quv topshiriqlari birmuncha qiyinroq bo‘lsa, ularni bajarishdan avval pedagog amalga oshiriladigan ishlar ketma-ketligini birgalikda ko‘rib chiqishi kerak bo‘ladi. CHunki qizlarni mustaqil ishlashga asta sekinlik bilan o‘rgatish maqsadga muvofiqdir. Qiz bolaga tanbeh berish uchun pedagog, birinchi navbatda, uning xatosi nimada ekanligini tushuntirishi zarur. Aks holda, tanbeh eshitish jarayonida sodir bo‘ladigan jo‘shqin emotsional aks ta’sir (reaksiya) tufayli qizlar muammoning asl mohiyati va nima uchun tanbeh berilayotganligini tushunmay qolishlari mumkin.
Mazkur masalaga oid ilmiy tadqiqotlar tahlili natijalarini umumlashtirib quyidagi xulosalarga kelish mumkin:

    1. Bolalarni maktabga tayyorlash davrida ularning bilimlarni o‘zlashtirishi hamda bilish faolligining o‘ziga hosliklaridan biri – bosh miya yarimsharlari funksional asimmetriyasi tipining bola jinsiga ham bog‘liq ekanligidir. O‘g‘il va qiz bolalarda psixik jarayonlarning kechishi ilk yoshlaridanoq bir-biridan farq qilib olamni ko‘rish, anglash, xis qilish va kechinmalari ko‘p hollarda keskin ajralib turadi. SHu sababli bolalar nutqi va tafakkurini rivojlantirish masalalariga yarimsharlar funksional asimmetriyasi tipini xisobga olgan holda yondashish muhim xisoblanadi.

    2. Turli jinsdagi bolalarning ijtimoiylashuvi jarayonida ularning nutqi va tafakkuri turlicha tezlik va xajmda rivojlanadi. Bolalar yoshining barcha diapazonlarida qiz bolalarning verbal xotirasi xajmi o‘g‘il bolalarnikiga qaraganda ancha kengligi bilan farq qilganligi sababli ularda verbal ta’lim nisbatan muvaffaqiyatli kechadi. Qizlar ma’lumotlarni sintez qilish jarayonini yaxshiroq amalga oshiradilar, o‘g‘il bolalar esa – analiz (tahlil)ni.

    3. Bolani tarbiyalash va o‘qitishning muvaffaqiyati pedagog tomonidan foydalanilayotgan metodikaga emas, balki miya yarimsharlari faoliyatini tashkil etishning qaysi tipi bolaga hos ekanligini xisobga olinishiga, bolaning tafakkur qilish tipiga foydalanilayotgan o‘qitish metodikasining qay darajada muvofiq kelishiga bog‘liq. Agar bola bilan muloqot qilishda pedagog qiynalsa, ular bir-birlarini tushunmasalar, bu holat pedagog va bolaning individual lateratsiya profillari, ya’ni ulardagi yarimsharlar faoliyatini tashkil etish tiplarining o‘zaro muvofiq kelmaganligidan dalolat beradi.

Ta’kidlash joizki, ta’lim jarayonining samaradorligi faqatgina ta’lim oluvchining neyropedagogik xususiyatlarini ta’lim beruvchi tomonidan bilish emas, balki ta’lim oluvchining
individual lateralligi profiliga o‘z profilini “moslashtirishi”ga ham bog‘liqdir. SHu sababli maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni tarbiyalash va o‘qitish jarayonini tashkil etishda tarbiyachi va pedagoglar o‘zlarining maskulin (ya’ni erkaklarga hos) yoki feminin (ya’ni ayollarga hos) sifatlarini ham xisobga olishlari muhim sanaladi. Pedagoglar o‘zlarida maskulin (ya’ni erkaklarga hos) yoki feminin (ya’ni ayollarga hos) sifatlarning etakchiligini aniqlash maqsadida G.Ayzenk va G.Vilson testlaridagi quyida keltirilgan savollaridan foydalanishlari mumkin:
Sizga og‘ir jismoniy harakatlar bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat yoqadimi? (ha/yo‘q) Sizga ko‘proq ijtimoiy fanlar yoqadimi yoki aniq fanlarmi? (ha/yo‘q)
Siz romantik voqealarni o‘qishni yoqtirasizmi? (ha/yo‘q)
Siz motor yoki boshqa shu kabi murakkab mexanizmlarning qanday ishlashiga qiziqasizmi? (ha/yo‘q) va xokazo .


XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, o‘g‘il bola va qiz bola – ikki hil dunyo bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda ushbu tafovutni xisobga olsakgina ular xatti-harakati ortida nima turganini tushunishimiz mumkin. O‘g‘il bolalarni va qiz bolalarni zinhor bir hil tarbiyalamasligimiz kerak. CHunki ularning olamni ko‘rishi, eshitishi, his qilishi va idrok qilishi turlicha bo‘lib bir-biridan keskin farq qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



  1. www. tdpu. uz

  2. www. pedagog. uz

  3. www. ziyonet. uz

  4. www. edu. uz

Yüklə 29,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin