Mavzu: yarimsharlar



Yüklə 29,04 Kb.
səhifə1/2
tarix21.10.2023
ölçüsü29,04 Kb.
#158460
  1   2
BAXROMOVA FOTIMA NEYROPEDAGOGIKA REFERAT

MAVZU: YARIMSHARLAR ASSIMETRIYASI TIPINING INSONNI GENDER XUSUSIYATLARIGA BOG‘LIQLIGI


REJA:
I.KIRISH:
II.ASOSIY QISM:
  1. Yarimsharlar asimmetriyasi tipining insonni gender xususiyatlariga bog‘liqligi


  2. Ta’lim jarayonini tashkil etishda bolalarning gender xususiyatlarini xisobga olish

III.XULOSA
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


KIRISH
Tayanch tushunchalar: gender xususiyatlar, jins, xulq va psixika, psixik jarayonlarning kechishi, bolalarning fiziologik jihatlari, ijtimoiy muxit, baho mazmuni, emotsional muloqot, dunyoni anglash jarayoni, tushunish va anglash imkoniyatlari, qadoqsimon tana, intuitsiya, olamni ko‘rish, anglash, xis qilish, kechinmalar, nutq, tafakkur, lateratsiya profili, maskulin, feminin, psixik jarayonlarning kechish tipi, bolalarni maktabga tayyorlash, ta’lim oluvchining neyropedagogik xususiyatlari.


KIRISH:
  1. YARIMSHARLAR ASIMMETRIYASI TIPINING INSONNI GENDER

XUSUSIYATLARIGA BOG‘LIQLIGI


Bolalarni maktabga tayyorlash, boshlang‘ich sinfda ta’lim-tarbiya berish ularning yoshiga mos ravishda qiyin bo‘lmagan birlamchi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlariga qaratilgan bo‘lishi bilan birga, ularda nutq, tafakkur va ahloqiy sifatlari rivojlantirish bilan o‘zaro uyg‘unlikda amalga oshirilishini taqozo etadi. CHunki bu bosqich bolalarni o‘ta murakkab
psixikaga ega bo‘lgan insonga aylanayotgan davri bo‘lib, bu davrda ularning bilimlarni o‘zlashtirishi hamda bilish faolligi bir qator o‘ziga hosliklar ega.
Ushbu o‘ziga hosliklardan biri – bosh miya yarimsharlari asimmetriyasi tipining inson jinsiga ham bog‘liq ekanligidadir. Bu hol fanda “insonning gender xususiyatlari” deb ataladi. Ingliz tilida “gender” tushunchasi” jins” ma’nosini anglatadi. Inson rivojlanishida gender farqlari o‘tgan asrning 80-y.y. boshlab genetika, psixologiya, sotsiologiya falsafa sohasidagi olimlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
O‘zbekistonda gender masalasi ko‘pincha oila muammolari doirasida o‘rganilishi an’anaga aylangan. Qator tadqiqotlarda (E.G‘oziev, G‘.SHoumarov, V.Karimova, I.YOkubov, B.Qodirov, S.Mirhosilov, E.Usmonov, F.Akramova, L.Karimova, N.Salaeva, O.SHamieva, O.Abdusattorova va boshq.) oilaviy hamda shaxslararo o‘zaro munosabatlar doirasida alohida ahamiyat kasb etgan gender tafovutlar o‘rganilgan. Tadqiqotlarda er-xotin va oiladagi sibling munosabatlarning bola shaxsiga ta’siri, jumladan, erkaklik va ayollik fazilatlari shakllanishidagi o‘rni o‘rganilgan, ilmiy xulosalar chiqargan .
Bu kabi ota-ona munosabatlarining farzandlarga gender ta’siri muammosi M.Salaevaning ham tadqiqotlar predmetiga aylangan. Xususan, o‘zbek oilalarida otalarga nisbatan onalarning farzandlarga o‘ta g‘amxo‘rligi, ya’ni ularni qiyinchiliklardan saqlash, ziyon etkazib qo‘yishdan qo‘rqish, farzandning o‘ziga bog‘langanligi va tobeligini rag‘batlantirish, ularda shahvoniylik va tajovujkorlikni bosish kabi xususiyatlarning kuchliligi, onalarda otalarga nisbatan demokratiklilikning kuchliligi isbotlangan .
N.N.Nikolaenko , V.D.Eremeeva va T.P.Xrizmanlar bola shaxsining rivojlanishi uning jinsiga bog‘liqlik masalasini tadqiq etganlarida turli jinsdagi bolalar psixikasidagi farq bosh miya yarimsharlari funksiyalarining asimmetriyasi bilan uzviy bog‘liq ekanligini e’tirof etganlar. Tadqiqotchilar bolalarning nutqi va tafakkurining rivojlanishida bosh miya yarimsharlari faoliyatining bola jinsiga ham bog‘liq ekanligini isbotlaganlar.
Bola hayotining birinchi yillaridanoq xulqi va psixikasi uning jinsiga ham bog‘liqligi bilinadi. O‘g‘il va qiz bolalarda ilk yoshlaridanoq bosh miya faoliyati bir-biridan farq qilganligi tufayli, psixik jarayonlarning kechishi ham bir-biridan ajralib turadi. Masalan, yangi tug‘ilgan o‘g‘il bolaning vazni va bo‘yi ko‘p hollarda qizlardan katta. Biroq, bir necha kundan so‘ng chehralar va odamlarga o‘g‘il bolalarga qaraganda qizlar ko‘proq e’tibor bera boshlaydilar. Qizlar o‘g‘il bolalarga nisbatan tezroq tilga kiradilar .
Ma’lumki, kichik yoshdanoq turli jinsdagi bolalarning fiziologik jihatlari bir biridan farq qiladi – qiz bolalarning teri va eshitish organlari o‘g‘il bolalarnikiga qaraganda yuzaroqda joylashgan bo‘lib nisbatan senzitivligi bilan ajralib tursa, o‘g‘il bolalarning to‘laqonli psixik rivojlanishlari uchun kengroq muhit talab qilinadi. Bolalarning neyropsixologik xususiyatlarini tadqiq etgan V.P.Bianki va E.B.Filippovlar turli jinsdagi bolalar psixikasidagi farq ular hayotining birinchi yilidanoq xulq-atvorlarida namoyon bo‘lib, o‘g‘il va qiz bolalarda psixik jarayonlarning borishidagi farq bosh miya yarimsharlari funksiyalarining bir-biridan keskin farq qilishi bilan bog‘liq bo‘lishini ta’kidlaganlar.
V.D.Eremeeva va T.P.Xrizman bolalar fiziologiyasidagi bu farqning yanada rivojlanishiga ulg‘ayishlari davomida ijtimoiy muxitning shu farq tufayli ularga bo‘lgan munosabati ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, deb xisoblaydilar . Bunga kattalarning o‘g‘il va qiz bolalarga nisbatan munosabatlarining ularni kichik yoshlaridanoq turlicha bo‘lishida ham o‘z aksini topadi. Kattalarning o‘g‘il bolalarga nisbatan birmuncha talabchan hamda qiz bolalar bilan yumshoq muomalada bo‘lishlarini, bolalar faoliyatini baholashda esa o‘g‘il bolalar uchun baho mazmunining muhimligini, qizlar uchun esa emotsional muloqot – ularni kim va qanday baholashi asosiy ahamiyatga ega ekanligini misol tariqasida ko‘rsatish mumkin.
Bolaning ijtimoiylashuv jarayonida u bilan muloqotga kirgan har bir inson atrof muhit, xulq-atvor to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, birinchi navbatda, so‘z orqali etkazadi va tushuntiradi. Dunyoni anglash jarayoni bolaning tushunish va anglash imkoniyatlari doirasidagina amalga oshiriladi. Biroq, shunday bo‘lsada, o‘g‘il va qiz bolalarning ijtimoiylashuv jarayonida ularning nutqi va tafakkuri turlicha tezlik va xajmda rivojlanadi. E.YU.Davыdova, N.L.Gorbachevskaya va
L.P.YAkupovalarning tadqiqotlarida 6 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarda vizual hamda verbal xotiralarning rivojlanishi ularni gender farqlari bilan bog‘liqligi aniqlangan. Bu yoshda qizlarda audial xotira o‘g‘il bolalardagiga nisbatan yaxshi rivojlanganligi qayd qilingan. Biroq, 11 yoshdan so‘ng sezilarli darajada regress kuzatilib, o‘g‘il bolalarning vizual xotira ko‘rsatkichlari ma’lum darajada o‘sgan. SHu yoshda fanlarni o‘zlashtirishi qiyin qizlar o‘zlashtirishi yaxshi bo‘lgan qizlardan vizual xotiralarining birmuncha pastligi bilan farq qilganlar. 10 yoshdagi o‘g‘il bolalar orasida esa xotira ko‘rsatkichlari bilan fanlarni o‘zlashtirishlarida o‘zaro bog‘liqlik kuzatilmagan .
N.N.Nikolaenkoning e’tirof etishicha, bolalar yoshining barcha diapazonlarida qiz bolalarning audial (verbal) xotira xajmi o‘g‘il bolalarnikiga qaraganda ancha kengligi bilan farq qiladi. Masalan, 9-11 yoshdagi qiz bolalarning verbal xotira ko‘rsatkichlari 12-15 yoshlarida ham deyarli o‘zgarmasdan qolaveradi. Biroq 12-15 yoshga kelib o‘g‘il bolalarda verbal xotira ko‘rsatkichlarining birmuncha pasayishi kuzatiladi .
Bosh miya yarimsharlarining o‘zaro aloqasi uchun mas’ul bo‘lgan qadoqsimon tanadagi nerv xujayralari ma’lumotlarni sintez qilish vazifasini bajaradi. Qadoqsimon tanadagi nerv xujayralarining umumiy soni o‘g‘il bolalardagiga qaraganda qizlarda ko‘p bo‘lib, bu o‘g‘il bolalarga nisbatan qizlar tomonidan ma’lumotlarni sintez qilish jarayoni yaxshiroq amalga oshirilishini ta’minlaydi. Sintez intuitsiyaning asosini tashkil qiladi, analiz (tahlil) esa – mantiqning. SHu sababli qizlarda intuitsiya yaxshi rivojlangan bo‘lib, ular o‘z suhbatdoshning kayfiyatini uning yuziga qarab o‘g‘il bolalarga nisbatan aniqroq his qila oladilar .
Qizlarda verbal xotira xajmi va tafakkur o‘g‘il bolalardagiga nisbatan yuqoriroq bo‘lganligi bois, ularda verbal ta’lim nisbatan muvaffaqiyatli kechadi. Verbal xotira va ta’lim chap yarimshar funksiyasiga bog‘liq bo‘lganligi sababli, qizlarda chap yarimshar ancha ilgari, kichik yoshlik chog‘idanoq rivojlanishni boshlaydi . Mazkur masalaga kengroq qaraydigan bo‘lsak, ayol va erkak intellektining koeffitsienti IQ testlari bo‘yicha deyarli bir hil bo‘lsada, iqtidorli erkaklarga qaraganda iqtidorli ayollar tahminan 3% ko‘pchilikni tashkil etar ekan .
O‘g‘il va qiz bolalarning olamni ko‘rishi, anglashi, xis qilishi va kechinmalari ko‘p hollarda bir-biridan keskin ajralib turadi. Ular misoli ikki xil dunyo. SHu bois tarbiyachilar bolalarning tarbiyasiga, eng avvalo nutqi va tafakkurini rivojlantirish masalalariga ikki xil yondashishlari maqsadga muvofiq xisoblanadi. Bunda o‘g‘il va qiz bolalarni alohida guruhlarga ajratish emas, balki ularga beriladigan o‘quv ma’lumotlarni tayyorlashda shu o‘ziga hosliklarni xisobga olish kerak. CHunki tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning gender xususiyatlari o‘rtasidagi farq tufayli miya yarimsharlari faoliyatini tashkil etish tiplarining turlicha bo‘lganligi bois, ularning lateratsiya profillari o‘zaro muvofiq kelmasligi natijasida bola shaxsi va uning xatti- harakatlari ortida nima turganini tarbiyachi har doim xam to‘g‘ri tushuna olmasligi oqibatida bolaga tegishli tarbiyaviy ta’sir ko‘rsata olmaydi .
Bolalar bosh miya yarimsharlari faoliyatining gender farqlari bilan o‘zaro bog‘liqligiga oid ilmiy tadqiqotlar natijalari tahliliga tayanib, ularni tarbiyalash va o‘qitish jarayonini tashkil etishda quyidagi holatlarni xisobga olish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
bolalarda psixik jarayonlar, ularning biologik jinsidan qat’iy nazar, maskulin (ya’ni erkaklarga hos) yoki feminin (ya’ni ayollarga hos) tipida kechadi. Psixik jarayonlarning kechish tipi har doim xam bolaning biologik jinsiga to‘g‘ri kelavermasligi mumkin;
genetik nuqtai nazardan, ko‘p hollarda o‘g‘il bola bosh miyasining o‘ng yarimshari yaxshi rivojlangan bo‘lib, bu yarimshar predmetlar tarkibi va shakli to‘g‘risida ko‘rish va eshitish orqali olingan ma’lumotlar tahlili hamda abstrakt tafakkur uchun javob beradi;
qizlarda, asosan, bosh miya chap yarimshari yaxshi rivojlangan bo‘lib yozma va og‘zaki nutqni, xusni hatni, xisobni va intuitiv tafakkurni boshqarish uchun mas’uldir;
o‘g‘il bolalar bosh miyasining o‘ng va chap yarimsharlari bir-biridan keskin farq qiladigan aniq vazifalarni bajarsa, qizlarning bosh miya yarimsharlari bajaradigan vazifalari qat’iy chegaralanmagan bo‘lib, nisbatan differensiallashgan tarzda belgilagan;
verbal xotira va ta’lim chap yarimshar funksiyasiga bog‘liq. Qizlarda verbal xotira xajmi va tafakkur o‘g‘il bolalardagiga nisbatan yuqoriroq rivojlanganligi sababli verbal ta’lim nisbatan muvaffaqiyatli kechadi;
qizlarda, o‘g‘il bolalardagiga nisbatan, ma’lumotlarni sintez qilish jarayoni yaxshiroq
kechadi.

  1. Yüklə 29,04 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin