uchun patrubka; 6 - nasos.
Bug` va suvning o’zaro harakatiga ko’ra aralashtiruvchi kondensatorlar qarama-qarshi va tochg`ri yo’nalishli bo’ladi. 21.14-rasmda tochg`ri yo’nalishli aralashtiruvchi kondensator ko’rsatilgan. Kondensator qobig`i (1) ga qopqoq (2) dagi patrubka (3) orqali kondensatsiyalanishi lozim bo’lgan bug` kiritiladi. Sovituvchi suv sopio (4) orqali sochib beradi. Isitilgan suv kondensat va havo bilan birgalikda patrubka (5) orqali nam havo nasosi (6) yordamida tashqariga chiqariladi.
21.15-rasmda qarama-qarshi yo’nalishli barometrik kondensator ko’rsatilgan. Qobiqda 5-7 ta tokchalar bo’lib, ularda bug` va suv o’zaro kontaktga uchraydi. Tokchalarda suvning balandligi 40 mm ga yaqin bo’lib, tokchalar chekkasidagi tochsiqlar yordamida ushlab turiladi. Tokchalarning yuzasi yaxlit yoki g`alvirsimon bo’ladi. Ko’pincha yaxlit tokchalar ishlatiladi. Bug` pastki tokchaning tagiga beriladi va yuqoriga qarab harakat qiladi. Bug` tokchalar orasida suv bilan aralashishi natijasida kondensatsiyaga uchraydi. Tokchalar o’rtasidagi masofa pastdan yuqoriga qarab kamayib boradi, chunki bug`ning miqdori ham yuqoriga ko’tarilgan sari kamayadi. Kondensatorga bug` va sovituvchi suv bilan birga bir muncha havo ham kirishi mumkin.
Havo kondensatorning yuqorigi qismidan tomchi ushlagich orqali so’rib olinadi. Tomchi ushlagichda havodan suv tomchilari ajratiladi; ajralgan suv tomchilari barometrik quvurga tushadi. Barometrik quvurda kondensatordagi vakuumning qiymatiga to`g`ri keladigan suv ustuni ushlab turiladi. Barometrik quvur tashqaridagi havoning qurilmaga kirmasligiga tochsqinlik qilib, gidravlik zatvor vazifasini bajaradi. Kondensat va suv barometrik idishga tushadi, sochngra tashqariga chiqarib yuboriladi.
21.15-rasm. Qarama-qarshi yo’nalishli barometrik kondensator:
1 - kondensator; 2 - tomchi ushlagich; 3 - tokchalar; 4 - barometrik quvur;
Dostları ilə paylaş: |