G`OZPANJA( Potentilla songorika Bge)ranofoshlar oilasidan bo`lib ko`p yillik
o`simlik.Poyasi yotib o`sadi.Barg qo`ltig`idan chiqqan gulbarglari esa yuqoriga
ko`tarilgan xolda joylashadi.Poyasining uski tomoni tuksiz,oski tomoni tukchali .U
ingichka o`tmas yukchalar bilan qoplangan.Gospanja mart oyining oxirida
ko`karadi. Ildizi yo`g`on ,o`q ildiz,ko`p tugunli. Aprel-may oylarida
gullaydi.Gulkosasi ko`m ko`k ,qizg`ish. Gultoji sariq teskari tuxumsimon
Changchisi 20ta .urig`i iyun oyida pishadi.Mevasi tuxumsimon, tuksiz silliqurig`i
yaxshi unadi.
TOG`OTQULOQ( Rumex confertus Willd)torondoshlar oilasidan, ko`p yillik
o`simlik .Poyasi tik chiziqli,uzun bargli, bo`yi 20-30 sm.poyadagi barglari ancha
mayda,tuxumsimon yoki nashtarsimon .Tog`otquloq aprel-mart oyida
ko`karadi.Dastlab ildiz oldidan uzun va kambarg novdalar xosil bo`ladi.Gullari
ko`rimsiz bo`lib,sarg`ish yasil rangli 6 dona gultoji barglardan iborat Mevasi iyun
oyida pishadi. U uch qirrali yong`oqchaga o`xshaydi.Ildizi yo`g`on
tarmoqlangan,yerga ancha chuqur kiradi.Tog`otquloqning ildizidanoshlovchi
modda a bo`yoq olish mumkingUninhg barglari esa to poya berguncha ovqatga
ishlatiladi.Tog`otquloqning respublikamizning zax joylarida,tog`lar tog`lar atrofida
ko`p o`sadi.
ASTRAGAL( Astragalus exemius Bge)dukkakdoshlar oilasidan, bo`yi50-80 sm ga
etadigan ko`p yillik o`simlik Poyasi tik turuvchi baxmaldek qalin oq tukchalar
bilan qoplangan.Barglari 20-25 sm uzinlikda,barg bandlari juda qisqa .Astragal
aprel oyida ko`karadi.Ildizi o`q ildiz bo`lib tuproqqa ancha chuqur kiradi May iyun
oylarida gullaydi.To`pguli sharsimon shakilda bo`lib diametri 4-6 sm ga etadi
Gulkosasi qo`ng`ir simon .Gultoji sariq,tukchali.Mevasi tukkagi iyun iyul oylarida
pishadi.Urig`i oval hakilda ko`k kul rangda.Astragal qo`ng`ir va kul rang tuproqli
yerlarda yaxshi o`sadi.