Mavzu: Yevropa davlatlaridagi demografik tendensiyalar. Reja: 1



Yüklə 2,93 Mb.
səhifə2/4
tarix26.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#161669
1   2   3   4
Humayyo

>>> Avtomobil sanoatidagi 15 firma 2001-yil 270685 yengil avtomobil va yuk mashinasi ishlab chiqardi. Keyingi davrda Turkiyada elektronika sanoati jadal rivojlandi. Kimyo sanoatida 970 fabrika faoliyat koʻrsatadi. Turkiya toʻqimachilik sanoati mollari eksportida dunyoda 15, tayyor kiyim eksportida esa 7-oʻrinda turadi. Turkiyada elektr energiya ishlab chiqarishda anʼanaviy oʻtin, toshkoʻmir, neft, tabiiy gaz, gidro va issiqlik energiyasi singari manbalardan tashqari quyosh va shamol energiyasidan ham foydalaniladi. Yiliga oʻrtacha 125 milliard kVt/soat elektr energiya hosil qilinadi.

Qishloq xoʻjaligi Turkiya hududining 16 % ni oʻtloq, 26 % ni oʻrmonlar tashkil etadi, 35 % da, yaʼni jami hududning 1/3 qismida dehqonchilik qilinadi. Turkiyada gʻalla, paxta, tamaki, qand lavlagi, zigʻir, kanop va boshqalarlar yetishtiriladi. Turkiya yongʻoq (funduk), anjir va oʻrik yetishtirishda dunyoda 1, sabzavot, uzum va tamaki yetishtirishda 4, bugʻdoy va paxta yetishtirishda esa 7oʻrinda turadi. >>>

Beda, kungaboqar, meva ham yetishtiriladi. Soʻnggi yillarda sugʻorma dehqonchilikka eʼtibor kuchaydi. 2000-yil chorvachilikda 11 mln. qoramol, 28,4 mln. qoʻy-echki, 250 mln. tovuq yetishtirilgan.

Tashqi savdosi Turkiya chetga qora va rangli metall rudalari, poʻlat, gazlama, hoʻl meva, tamaki, charm buyumlar, kimyoviy mahsulotlar, elektronika va roʻzgʻor buyumlar chiqaradi, chetdan neft, mashina va uskuna, sanoat xom ashyosi va tayyor buyumlar oladi. Olmoniya, Italiya, AQSH, Fransiya, Rossiya, Kavkaz va Oʻrta Osiyo mamlakatlari bilan savdo qiladi. Turkiyada turizm rivojlangan. 2002-yil Turkiyani 13 mln. xorijiy sayyoh ziyorat qildi, turizmdan tushgan daromad 10 mlrd. AQSH dollariga yetdi. Pul birligi — turk lirasi.

Tibbiy xizmati Turkiyada oʻrtacha umr 69 yoshni tashkil etadi. 1989—2002-yillarda kasalxonalardagi oʻrinlar soni 133 mingdan 178315 ga, kasalxonalar soni 1156 taga yetdi. Vrach, hamshira va farmatsevtlar soni yildanyilga koʻpaymoqda. 1995-yildan beri oʻtkazilayotgan islohotlar natijasida oila vrachi modeliga oʻtish, Turkiya sogʻliqni saqlash xizmatini Yevropa darajasiga olib chiqish moʻljallangan.


Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin