Mavzu: Yo’l ta’mirlash xizmati tarkibi va ko’prik va quvurlarni saqlash ishlari vazifasi. Reja



Yüklə 203,25 Kb.
səhifə4/9
tarix20.11.2023
ölçüsü203,25 Kb.
#163413
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Yo’l ta’mirlash xizmati tarkibi va ko’prik va quvurlarni saqlash ishlari vazifasi.

Doimiy ravishda sun’iy inshootlar holatini nazorat qilish va hisobotini olib borish maqsadida, inshoot haqidagi asosiy ma’lumotlar, ko‘rik, ta’mirlash, kuzatuv to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayd qilib boriladigan maxsus kartochka va kitoblar joriy etiladi. Kartochka va kitoblarni belgilangan shaklda to‘ldirish ko‘prik ustasi tomonidan amalga oshiriladi. Bundan tashqari, Avtomobil yo‘l masofasi yoki xizmatida inshoot tarxi, loyiha materiallari va ijro hujjatlari, tekshirish va tajriba hisobotlari, davriy ko‘rik, o‘zanning o‘lchangan natijalari va b. texnik materiallari aks etgan alohida ish kitobi yuritiladi.

Ko‘priklarda foydalaniladigan moslamalar. Ko‘priklarda joylashgan qulaylik va xavfsizlikni ta’minlashda foydalaniladigan texnika vositalar, uskunalar va moslamalar foydalanish moslamalari deb ataladi. Ularga kuzatish moslamalari, yong‘in xavfsizligi vositalari, ko‘prik elementlaridagi har xil yuklarni qaytaruvchi jihozlar, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning xavfsizligini ta’minlovchi moslamalar, kommunikatsiya tizimlari va b. kiradi. xavfsiz ko‘rik va ta’mirlash uchun qurilgan ko‘prik kuzatish moslamalari inshootning barcha qismlariga yetib borish imkoniga ega bo‘lishi lozim. Shuning uchun harakatdagi oraliq qurilmalarning pastki qismidan ularga yetish imkonini yaratish maqsadida belbog‘largacha zina quriladi. 5 m dan yuqori bo‘lgan tayanchlarda, tayanch bo‘limlari va ferma osti maydonlarini ta’mirlash va ko‘rikni amalga oshirish uchun ferma atrofi va zina atrofiga ko‘prik qatnov qismidan tushishi uchun zina o‘rnatiladi.

Pastki harakatlanadigan oraliq qurilmalar qatnov qismini ko‘rikdan o‘tkazish uchun ko‘tarma platformalar, harakatlanadigan aravachalar, havoza, tepaga harakatlanadigan oraliq konstruksiyalarda esa odatda tashqi tomondan asosiy to‘sin orasida ko‘rik o‘tkazish supalarini qurish nazarda tutiladi. Po‘latdan yasaladigan pastga harakatlanadigan ko‘tarmalari 80 metrdan ortiq bo‘lgan oraliq qurilmalarda ustki uzuna gorizontal belbog‘lar bo‘yicha harakatlanuvchi arava o‘rnatiladi. Yerdan 5 m balandlikgacha bo‘lgan ko‘prik qismlar, harakatlanuvchi minora, narvon va b. jihozlanadi. Arka shaklidagi ko‘priklarda ko‘rik va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish maqsadida uning konstruksiyasidan (o‘tish supalar, narvon, maydon) kelib chiqib maxsus ko‘rik moslamalar o‘rnatiladi. Ular bo‘lmagan taqdirda osma lyuk, havoza va jihozlar o‘rnatiladi. Odatda, yog‘och ko‘priklarda ko‘rik va ta’mirlash ishlari tayanchda joylashgan narvon va maydonchalari yordamida amalga oshiriladi. Katta hajmdagi va masuliyatli ko‘priklarda, tajribali konstruksiya, shuningdek inshootda sezilarli nosozlik mavjud bo‘lgan taqdirda, ko‘rik ishlari maxsus loyiha asosidagi moslamalarda amalga oshiriladi. Inshootni joriy saqlashda ko‘rik jihozlarining holati doimo tekshirib turilishi lozim.


Yüklə 203,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin