Mavzu: Yo’l ta’mirlash xizmati tarkibi va ko’prik va quvurlarni saqlash ishlari vazifasi. Reja



Yüklə 203,25 Kb.
səhifə7/9
tarix20.11.2023
ölçüsü203,25 Kb.
#163413
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Yo’l ta’mirlash xizmati tarkibi va ko’prik va quvurlarni saqlash ishlari vazifasi.

Katta suv toshqinlari davrida yuvib ketish xavfi bo‘lgan ko‘prikdagi ko‘tarmalar, moslovchi inshootlar, konuslar, tayanchlar himoya qilish maqsadida kerakli (tuproq, tosh, qoplangan qum va h. k.) materiallarni tayyorlash lozim. Katta suv toshqinlaridan so‘ng ko‘prikning barcha elementlarini, ayniqsa tayanch, ko‘tarma konuslari moslama inshootlari va ko‘prikga chiqish joylarini tekshirish lozim. Bu kabi poezdlar harakati xavfsizligiga xavf soluvchi elementlarning nosozligi qisqa muddatda tuzatilishi, qolgan boshqa element nosozliklari esa keyingi toshqinlar bo‘lgungacha bartaraf etilishi lozim. Suv toshqinlari quyidagi nosozliklarni keltirib chiqaradi: a) ko‘prik va quvur tuynugining katta bo‘lmaganligi sababli ko‘tarmalarni yuvib ketishi; b) ko‘p hollarda bog‘lanmalarning qoniqarsizligi oqibatida kelib chiqadigan, ostki va ustki ko‘tarma konuslarini yuvib ketishi; v) chiqindi to‘planishi (ayniqsa kichik ko‘prik va quvurlarda) suv omboridan ko‘prikdan oshadigan suv berilishi, suv hajmining oshib ketishida yuzaga keladigan so‘v o‘tkazish tizimining buzilishi natijasida o‘zanni yuvilib ketishi; g) ko‘prik tuynigi kichikligi, oqim buramaliligi, ko‘prik yaqinida suv tezligining o‘zgarishi natijasida tayanchni yuvib ketishi; d) o‘zanning surilishi.

Ko‘prikning o‘tish elementlarida ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida har bir vaziyat bo‘yicha tegishli tadbir ishlab chiqiladi. Ma’lum bir masuliyatli holatlarda loyihani tekshirish ishlari amalga oshiriladi. Ko‘prikning konusi, moslama inshooti va ko‘tarma yonbag‘rining yuvilib ketishi ko‘p hollarda uchraydigan xodisa hisoblanadi. Yonbag‘irlar turli usullarda mustahkamlanadi; jumladan: chim o‘tkazish (1.1.2-rasm), toshlardan tax urish (1.1.3-rasm), oddiy va to‘qima shaklda shox-shibba, beton va temirbeton plitalarni terish. Yon bag‘irni mustahkamlashda chimlar yonbag‘ir ostidan boshlab gorizontal yo‘nalish bo‘yicha butun yon bag‘irga yotqiziladi, devor qismida esa yamoq joylar ustidan chim yotqizish kerak. Chimning qalinligi 6 sm dan, uzunligi 20 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. Chim yotqizilganda uning tez rivojlanishi uchun, ostiga 5 sm qalinlikda o‘stirish qatlami yotqiziladi. Har bir chim yog‘och qoziq bilan yerga mahkamlanadi. Yakka yoki juft tax urishda suv tezligi va balandligini inobatga olib 15...30 sm li toshlar bilan mahkamlanadi. Toshlar, mox qatlami ustiga 5 sm qalinlikdagi poxol yoki 10...15 sm qalinlikdagi trambovka qilingan va sheben yotqizilgan qatlam ustiga yotqiziladi. Toshlarni yonbag‘ir pastiga tushib ketmasligi uchun mahkamlashdan oldin tirgovich qo‘yiladi. Daryo sathi o‘zanni yuvib ketishi tayanchga xavf to‘g‘dirganda tayanch atrofi shox-shabba, tosh (1.1.4,a,b-rasm) va boshqa narsalar bilan o‘raladi.


Yüklə 203,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin