Mavzu: yoǵoch materiallariga mexanik ishlov berish texnologiyasi



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə2/7
tarix11.06.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#128531
1   2   3   4   5   6   7
YOǴOCH MATERIALLARIGA MEXANIK ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI.

Tilog‘och. Tilog‘ochning po‘stlog‘i qalin, qoramtir-sarg‘ish rangli bo‘ladi. Yog‘ochi mayin qatlamli, yillik xalqalari aniq bilinadigan, qizg‘ish jigarrang, qarag‘ayga qaraganda puxta bo‘ladi. Ortiqcha smolali bo‘lgani uchun ishlash qiyin.Uni gidrotexnik inshoatlarda, yer osti qurilishlarida, shpal tayyorlashda foydalaniladi. Qurilish va vagonsozlikda eman yog‘ochining o‘rnida ishlatsa bo‘ladi.
Shamshod.Shamshod och sariq rangli va taramli bo‘ladi. Juda qattiq va ishlov berish qiyin. Shamshod daraxti 3000 yilgacha yashaydi.
O‘rik qizg‘ish rangdagi serjilo yog‘och. Tarmlari yaqqol ko‘rinadi qattiq va zich, ishlov berish qiyin. Taramlari kam seziladi. O‘rtacha qattik va zich yog‘och. Ishlov berish uchun qulay.15-20 yilgacha yashaydi.
O‘zbekistonda o‘sadigan boshqa daraxtlarning yog‘ochlari ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega va ulardan tegishli xususiyatlarini xisobga olgan xolda foydalaniladi.
Yong‘oq.Yong‘oq daraxtining po‘stlog‘i ko‘kimtir, qalin, silliq. Keksa yong‘oq daraxtlarida tananing pastki qismida po‘stlog‘ning chatnog‘i bo‘ladi. Yog‘ochi qoramtir rangli, puxta-pishiq, qattiq, ishlash qiyin, tabiiy guli chiroyli, yaxshi pardozlanadi. Undan randalangan faner, qimmatbaho mebel tayyorlanadi,o‘ymakorlik, pardoz ishlarida foydalaniladi.
Terak. Baqa va mirza terak turlari mavjud bo‘lib, ular bir-birlaridan tana va shoxlarining tuzilishi bilan farq qiladi. Baqa terakning po‘stlog‘i oq-ko‘kishrangli, silliq bo‘lib, tananing pastki qismida chatnog‘i bo‘ladi. Sershox, tanasi uncha to‘g‘ri bo‘lmaydi. Mirza terakning po‘stlog‘i sarg‘ish, silliq, chatnash kam uchraydi. Tanasi to‘g‘ri, baqa terakka nisbatan kam shox bo‘ladi, undan yaxshi sifatli xoda olinadi.
Shumtol. Shumtol yog‘ochi och-qizg‘ish rangli, puxta, pishiq, egiluvchan bo‘lib, ishlash qiyin. Lekin silliq randalaniladi va yaxshi pardozlaniladi. Mayin tolali, yillik xalqalari aniq bilinadi, tabiiy guli chiroyli. Bug‘langan holda yaxshi egiluvchan bo‘ladi. Shumtol mebel sanoatida, faner tayyorlashda, kemasozlik, vagonsozlik, samalyotsozlik korxonalarida ishlatiladi.
Qarag‘ay. Qarag‘ayning po‘stlog‘i qalin, to‘q jigar rang, yog‘ochi oqqizg‘ ish rangli, to‘g‘ri qatlamli, engil, puxta, smolali bo‘lib, namga chidamli. Buk (qora qayin). Qora qayin sarg‘ish-qizg‘imtil tovlanadigan oqish tusli, radial qirqimi bo‘yicha chiroyli tabiiy gulli, namga chidamsiz, qattiq qovushoq yog‘ochdir. Shuning uchun undan egib ishlanadigan mebellar, randalanganfaner, chizmachilik asboblari tayyorlanadi, mashinasozlik sanoatida ham ishlatiladi.
Nok qizg‘ish-jigarrang, taramlari va chiziqlari kam seziladi. Bir tekis zichlikka ega, qattiq va silliq yog‘och. Ishlov berish qulay.Nok 150-300 yilgacha yashaydi.
Dub (Eman). Eman yog‘ochi to‘q-jigar rangli, yillik xalqalari aniq bilinadi, chiroyli tabiiy gulli, yirik tolali bo‘ladi. Mexanikaviy xossalari juda yuqori, ishlash qiyin, zichligi katta. Suvda chirimaydi, namga chidamli, yaxshi pardozlanadi. Shuning uchun undan yer osti qurilishlarida, mashinasozlikda, mebellarni fanerlashda, mebel korxonalarida keng ishlatiladi.
Chinor. Chinor daraxtining po‘stlog‘i qizg‘ish sariq tusli, silliq, yupqa bo‘ladi. Yog‘ochi pishiq-puxta, qattiq, ishlash ancha qiyin, qizg‘ish-qoramtir rangli, chiroyli tabiiy gulli, yaxshi pardozlanadi. Undan randalangan faner, qimmatbaho mebel tayyorlanadi.



Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin