Mavzu: yoshlarda yuksak manaviy fazilatlarni shakillantirishda badiy adabiyotning tutgan o`rni kirish



Yüklə 68,63 Kb.
səhifə6/7
tarix17.01.2022
ölçüsü68,63 Kb.
#51336
1   2   3   4   5   6   7
YOSHLARDA YUKSAK MANAVIY FAZILATLARNI SHAKILLANTIRISHDA BADIY ADABIYOTNING TUTGAN O`RNI

X U L O S A

Qayd etib o‘tilganidek, mana shunday ma’suliyatli ishlarni amalga oshishida, milliy g`oyamizning yoshlar ongiga singishida, ularning amaliy ko`nikmalariga aylanib borishida adabiyotning imkoniyatlari cheksiz. Ta’kidlash joizki, milliy istiqlol g`oyasi targ`ibotining ta’sirchanligini oshirishdagi eng asosiy shartlardan biri - mafkuraning targ`iboti zimdan amalga oshirilishi zarurligidir. Inson unga ta’sir o`tkazilayotganini sezmasligi lozim. Aslida targ`ibot davomida mafkura so`zining ishlatilishi ham shart emas. Muxtasar qilib aytganda targ`ibot-tashviqot ishlarida adabiy asarlar quyidagi g`oyalarga, quyidagi jihatlarga e’tibor qaratish muhim: oldimizga qo`yilgan maqsadlarga erishishdan har birimiz shaxsan manfaatdor ekanligimizga kishilarni ishontirish; kelajagimizni ko`z oldimizga keltirish imkonini beradigan, ertangi kunimiz qanday bo`lishini ko`rsatadigan materiallar tayyorlash; dolzarb qadriyatlarni singdirish maqsadida jamoatchilik fikriga shu qadriyatlarni jozibali qilib yetkazish; ommaviy axborot vositalaridan bilim ulashish va insonlarni aqliy boyitish quroli sifatida mohirona foydalanish; insonlarning erkin fikrlashini rag‘batlantirish, ularni o`z fikrlarini himoya qilishga o`rgatish orqali mustaqil fikrlovchi insonni tarbiyalash;



taraqqiyotimiz yo`lida g`ov bo`layotgan illatlarni fosh etish va tanqid qilish yo`li bilan ularni samarali «davolash»; ommaviy axborot vositalaridan haqiqat ko`zgusi sifatida foydalanish orqali insonlarning ularga ishonchini kuchaytirish; yaqin o`tmishizda sodir bo`lgan yorqin voqealarning xronikal filg’mlami yaratish yo`li bilan yaxshi va yomon kunlarimizni bot-bot eslatib turish; insonlarda chuqur taassurot qoldirish maqsadida badiiy obrazlar orqali milliy mafkurani singdirish. Bunda targ`ibot-tashviqot ishlarini puxta rejalashtirish, hissiyotlarga kuchli ta’sir qilish, jozibalilik, noan’anaviy usullarni qo`llash, oshkoralik, qadriyatlar doirasidan chiqmaslik, ommabop va tushunarli bo`lish, takrorlanishlar bilan kishilarning «mehdasiga tegmaslik» talab qilinadi. Mafkuraning targ`ibotiga aynan shunday yondashish ko`proq samara beradi. Shundagina insonlarning salohiyati, mehnati, vaqti, mulki va mablag‘larini tanlangan maqsad sari yo`naltirish mumkin. Bu esa mafkuraviy siyosatning natijasini moddiy narsalarda - yuqori sifatli mahsulotlarda, badavlat turmushimizda, bunyodkorlik ishlarida, erkin va farovon hayotda o`z ifodasini topadi.


Yüklə 68,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin