Karnaychidan bir “puf!” – bir odamdan nimanidir iltimos qilganda “Bu ish siz uchun hech narsa emas”, “Bu ish sizga juda oson” degan ma’noda qo’llaniladi.
Darsning keying bosqichida ona tili bo’limlari so’raladi va nuqta, so’roq, undov belgilari ona tilining qaysi bo’limida o’rganilishi izohlanadi. Ushbu uchta tinish belgi haqidagi nazariy ma’lumot o’quvchilar tomonidan ravon o’qiladi va o’zlashtiriladi.
43.2-mashq.Matndan olingan gaplarda tinish belgilarining qo’llanilish sabablari aniqlanadi. Mashq og’zaki bajariladi. O‘zbek adabiy tilida tugallangan ohang bilan aytilgan gaplardan so‘ng nuqta, undov, so‘roq belgisi qo‘yilishi mumkin. Odatda, darak va buyruq mazmunli gaplardan so‘ng nuqta, so‘roq mazmunli gaplardan so‘ng so‘roq va his-hayajon bilan aytilgan gaplardan so‘ng undov belgisi qo‘yiladi.
Vazifani bajarib bo‘ldim. Vazifani bajarib bo‘ldingmi? Nihoyat, vazifani bajarib bo‘ldim! 1. Ismi, otasining ismi qisqartirilganda, ularning birinchi harfidan so‘ng, nashriyot ishlarida, lug‘at va ma’lumotnomalarda shartli ravishda qisqartirilgan ayrim so‘zlarning birinchi harfi yoki bo‘g‘inidan so‘ng hamda yil, oy, kunni ifodalovchi raqamlardan so‘ng nuqta qo‘yilishi kuzatiladi. M: A.I.Islomov, H.Rahimov; sh.k.(shu kabilar); s.t. (so‘zlashuv tilida), G‘. G‘. (G‘afur G‘ulom), Nav. (Navoiy); 2022.15.05. 2. Gap yoki matn ichidagi birorta so‘z yoki jumla mujmal, noaniq, tushunarsiz , izohtalabbo‘lsa, undan so‘ng qavs ichida so‘roq qo‘yiladi yoki matn ichida alohida ta’kidlangan,ajratib ko‘rsatilgan so‘zlardan keyin esa qavs ichida undov qo‘yiladi. M: Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar» romanida (?) o‘zbek xalqining yaqin o‘tmishi haqida hikoya qilinadi. «Boburnoma»da tarix, etnografiya, til, adabiyot, geografiya, biologiya, botanika, hatto tabobatga (!) oid g‘oyat qimmatli ma’lumotlarni uchratish mumkin. 3. His-hayajon bilan aytilgan so‘roq gaplardan so‘ng so‘roq va undov ketma-ket qo‘yiladi, shuningdek, ritorik so‘roq gaplardan so‘ng esa undov qo‘yiladi. Ha, ho‘kiz uylaringga eltibberilsinmi?! (A .Qahhor) Kimdir seni kutsa, kimnidir sen ham sog‘insang, qanday baxt bu!(O‘ .Hoshimov) 4. Fikr o‘ta kuchli his-hayajon bilan aytilsa, ketma-ket uchta undov qo‘yiladi. M: Axir