Darsning borishi (reja): I.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash, uyga vazifani baholash. III.Yangi mavzu bayoni: 1-topshiriq. O’tgan mavzu yuzasidan tezkor savol-javob o’tkaziladi.
1-savol: subyektiv munosabat ifodalovchi shakllarni sanang.
2-savol: yozma matnning kirish qismi qanday shakllanadi?
3-savol: Jek Maning fikricha kelajakda kimlar ko’plab muvoffaqiyatga erishadi?...
4-savol: uyga vazifa tahlili.
43.1-mashq.Berilgan savollarga og’zaki javob berish orqali o’tgan mavzu mustahkamlanadi.
Matniq vaqti darslikda berilgan rasm asosida berilgan test o’quvchilar tomonidan ishlanadi.
Yangi mavzu bayoni: fikrni yozma bayon etishda matnning asosiy qismini to’g’ri shakllantirish juda nuhim. Aniq bir mavzu yuzasidan matn yozishga tayyorgarlik ko’rishda asosiy qismni to’g’ri shakllantirish uchun fikrlarni rejalashtirib olish, nimadan boshlab, nimada tugatishni oldindan aniqlashtirish, ishonchli, ta’sirchan chiqishi uchun mavzuga doir faktlar, maqollar, iboralardan foydalanish lozim. Asosiy qismda ma’lumotlar tartibli bayon etilishi kerak. Asosiy qism mavjud matnning beshdan uch qismini tashkil etishi shart.
Darsning keyingi bosqichida Halollik yo’li matni o’quvchilarga mustaqil bajarish uchun topshiriladi. Unda o’quvchilar matnning asosiy mazmunini ifodalayotgan fikrlarni daftarlariga ko’chirib yozadilar. Bu mashq musobaqa tarzida o’tkaziladi. Har bir guruhdan ikki nafardan o’quvchi o’zi bajargan ishni o’qib beradi. Natijalar jamlanadi, g’olib guruh aniqlanadi.
Til sandig’i Bunda o’quvchilar ona tilimizdagi iboralarning izohi bilan tanishib boradilar.
O’tilgan darslardagi iboralar ham yodga olinadi.