Mavzu yuzasidan amaliy topshiriqlarni bajaring va moodle platformasiga yuklang: ta’limning interfaol metodlari



Yüklə 21,21 Kb.
səhifə1/3
tarix26.04.2023
ölçüsü21,21 Kb.
#103006
  1   2   3

Mavzu yuzasidan amaliy topshiriqlarni bajaring va MOODLE platformasiga yuklang:
TA’LIMNING INTERFAOL METODLARI
1-topshiriq. “Interfaol ta’lim” tushunchasiga oid blis so‘rov
1. Interfaol ta’lim nima?
2. Interfaol ta’lim o‘qitish jarayonining asosiy ishtirokchilari kimlar?
3. Blum taksonomiyasi deganda nimani tushunasiz?
4. Interfaol ta’lim usullariga qaysi usullarni kiritish mumkin?
5. Tashkiliy-pedagogik omillarga nimalar kiradi?
6. Ilmiy-metodik omillarga namalar kiradi?
7. Odatda interfaol ta’limga asoslangan ta’limiy harakatlar qanday shakllarda tashkil etiladi?
8. Interfaol ta’limni qo‘llash jarayonida talabalar qanday imkoniyatlarga ega bo‘ladi?
9. Interfaol ta’lim qanday ustuvor tamoyillarga ega?
10. O‘qitishning interfaol metodlariga nimalar kiradi?
11. Qabul qilish vositalari (kanallari) – qabul qilishning eng muhim filtrlaridan biri bu ...
12. Ta’lim oluvchi markazda bo‘lgan yondoshuvning foydali jihatlari nimalarda namoyon bo‘ladi?
2-topshiriq. Interfaol mashg‘ulotlar o‘ziga xos tashkiliy tuzilishga ega bo‘lib, uni tashkil qilish va olib borish bo‘yicha faoliyat turlari alohida ajratilgan va har biri bo‘yicha alohida vazifalar belgilangan. Bunda bir mashg‘ulot jarayonida mashg‘ulotni olib boruvchi bir vaqtda ushbu vazifalarni bajarishi ko‘zda tutiladi. Shu bilan birga bir mashg‘ulotni ikki yoki uch pedagog yoki yordamchilar birgalikda olib borishi ham qo‘llaniladi. Ular bajaradigan vazifalariga ko‘ra quyidagicha nomlanadilar: moderator, trener, tyutor, fasilitator, mentor, kouch, konsultant, lektor, ekspert, innovator, menejer, spekter, assistent, sekretar, texnolog, metodist. Quyidagi ta’riflarni o‘qing va ularga tegishli terminni toping
... – ta’lim mazmunini yaratuvchi, modullarini ishlab chiquvchi.
...–o‘quvchilarning ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi mashqlar o‘tkazuvchi maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan mutaxassis.
...–masofadan o‘qitish dasturlarini yaratuvchisi va bajarilishini ta’minlovchi.
...–darsda ko‘makchi, yo‘naltiruvchi, jarayonga javob bermaydi, xulosa chiqarmaydi.
...–ustoz, o‘rgatuvchi (yakka va guruhli tartibda).
...–ta’lim oluvchilarning to‘liq o‘zlashtirishlari uchun yordam ko‘rsatuvchi repetitor, instruktor, trener. Amaliyot davomida amaliy mashg‘ulotni olib boradi, ish jarayonini nazorat qiluvchi, kuzatuvchi. (Kouching-imtihonlarga yoki sport bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rish).
...–maslahat beruvchi, tushuntiruvchi, qo‘shimcha ma’lumot beruvchi.
...–nazariy ma’lumotlar bilan tanishtiruvchi.
... – kuzatish, tahlil, tekshirish, xulosa, tavsiya, taklif, mulohaza bildirish.
...–yangiliklarni ta’lim mazmuni va mashg‘ulotlar jarayoniga joriy qiluvchi.
...–tashkiliy–pedagogik va iqtisodiy masalalarni hal etuvchi.
...–kuzatish, tahlil qilish va xulosalarni bayon qilish.
...–mashg‘ulot uchun tayyorlangan vositalarni amalda qo‘llashga tayyorlash, mashg‘ulot ishtirokchilariga yordam ko‘rsatib turish.
...–zarur ma’lumotlarni yozib borish, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish, o‘rnatilgan tartibda saqlash.
...–pedagogik texnologiya mutaxassisi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosidagi dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni hal etib boradi.
...–ta’lim-tarbiya metodlari bo‘yicha mutaxassis. Dasturlarni ishlab chiqishda va amalga oshirish jarayonida metodik masalalarni hal etib boradi.

Yüklə 21,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin