holda saqlash va tezkor ulanib, o‘qishga mo‘ljallangan qurilmalar mavjud. Axborot
tashuvchi vositalar — ma’lum bir axborot hajmini saqlash yoki uzatishga xizmat
qiladi.
Magnit yozuvlari orqali axborotlarni saqlash
va uzatish mazkur sohadagi
yanada ishonchli imkoniyat hisoblanadi. Bu borada fikr yuritilganda, avvalo po‘lat
simga yozilgan magnit yozuvlarini eslab o‘tish lozim. Bunday usuldagi yozuvlarni
amalga oshiruvchi qurilmani ilk bor 1878-yilda Edison laboratoriyasiga tashrif
buyurganidan ta’sirlangan Oberlayn Smit (Oberlin Smith) 1888-yilda
ishlab
chiqqan. Biroq dastlabki po‘lat simli magnit yozuvlarini amalga oshiruvchi
qurilma daniyalik muhandis Valdemar Poulsen (1869–1942) tomonidan
faqatgina
1895-yilga kelib, ishlab chiqilgan. Ixtirochi qurilmani «telegrafon» deb atagan.
Dostları ilə paylaş: