Bundan bir necha o‘n yil oldin “flesh” xotira to‘g‘risida faqatgina tajribali
kompyuter foydalanuvchilari bilishardi. Chunki u paytlarda flesh xotira modullari
shaxsiy kompyuterlarda, asosan, PCI shinali 486 prosessorli kompyuterlarda ilk
bora ishlatila boshlangan edi.
Ammo bugunga kelib bunday xotira modullari nafaqat kompyuter
texnikalarida balki mobil aloqa telefonlarida (telefon raqamlarini saqlab qolish,
so‘zlashuv vaqtini hisoblash va boshqa funksiyalarni bajarishda), raqamli
diktofonlarda (ovozni saqlash va qayta eshitish), mp3-pleyerlarida (musiqiy
formatdagi fayllarni saqlash va qayta eshitish), aloqa kommunikasiya raqamli
modemlarida, raqamli fotokameralarda (fotosuratlarni saqlab qolish va ko‘rish),
video kameralarda (video formatdagi axborotlarni saqlash, ko‘rish va eshitish)
axborotni samarali saqlash va uzatishda qo‘llanilmoqda. Ularning qo‘llanish sohasi
kun sayin yanada kengayib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: