Zoopsixologiya qiyosiy psixologiyaning bo`g`inidan iborat bo`lib, u turli
guruhlarga, turlarga mansub hayvonlar, jonivorlar psixikasini, ularning xatti-
harakatlarini
o`rganadi.
Hayvonlarning
xatti-harakatini
o‗rganish inson
psixologiyasini chuqurroq va kengroq tushunishga olib kelishi mumkin. Biologik
fanlar va ijtimoiy fanlar talabalari qiyosiy psixologiyani o‗rganishda foyda
ko‗rishlari mumkin.
Rus zoopsixologi V.A.Vanger (1849-1934) urg‘ochi o‗rgimchakning nomaqul
bo‗lib qolgan instinktlari sharotida uning xatti-harakatlarini kuzatgan va tasvirlab
bergan
edi.
Chunonchi,
ko‗pincha
o‗rgimchak pillasining ichidagini
zararkunandalar yeb ketgan bo‗ladi. Lekin urg‘ochi o‗rgimchak bo‗shab qolgan
pillani qo‗riqlashda va u yoqdan-bu yoqqa ko‗chirishda davom etadi. SHunday
hollar ham bo‗ladi-ki, urg‘ochi o‗rgimchak pillani yasab va odatda tuxum qo‗yish
chog‘ida bajariladigan harakatlarni bir necha marta takrorlab, amalda tuxum
qo‗ymasligi ham mumkin. Shunday bo‗lsa-da, u kelgusi bosqichga, ya‘ni bo‗sh
pillani qo‗riqlashga va uni u yoqdan – bu yoqga ko‗chirishga o‗tadi. Asalarilar
reaktsiyasining maqsadga muvofiqligi ham nisbiydir. Agar mumkatakning orqa
tomoni teshib qo‗yilsa, asalari yaroqsiz uyaga ma‘lum miqdordagi shirani to‗kib
bo‗lgach, garchi uning ikkinchi tomonidan shira oqib ketadigan bo‗lsa ham mum
bilan berkitib ketadi. Frantsuz tadqiqotchisi K.Fabri yer arisining bir qolipdagi
maqsadga muvofiq bo‗lmagan xatti-harakatini kuzatgan edi. Yer arisi uyasining
oldiga chalajon chigirtkani keltirib, barcha arilar singari uyasini tekshirish uchun
kirib ketganida tadqiqotchi uning o‗ljasini yiroqqa surib ko‗yadi. Ari uyasidan
chiqib, uni izlab, shoshib yana uyasining oldiga qo‗yadi va tekshirish uchun yana
uyasiga kirib ketadi. Fabri arining uyasi oldidan chigirtkani qirq marta chetga surib
qo‗yadi va ari qirq martasida ham o‗ljasini topib, uni olib kirish uchun uyasini
tekshirgan. Bu misollar instinktning cheklanganligini ko‗rsatadi.
Aql (intellektual) bosqichi hayvonlarning deyarli murakkab faoliyati bilan
tavsiflanib, u aks ettirishning murakkab turidir. «Hayvonlarning borliqni psixik aks
etish usuli intellektual faoliyatga o‗tishida alohida narsalargina emas, balki
ularning munosabatlarini aks ettirish ham vujudga keladi. Hayvonlar
rivojlanishning bu bosqichida, narsalar orasidagi bog‘lanishlarni aks ettira oladilar.
Nemis zoopsixologi V.Kyolerning tadqiqotlarida maymunlarga yetib bo‗lmaydigan
joyga xo‗rak qo‗yiladi. Xo‗rakdan yaqinroq, lekin bevosita yetib bo‗lmaydigan
joyga uzun tayoq qo‗yiladi. Bu tayoqqa yetishish uchun qafasda qisqa tayoqcha
bilan xo‗rakni olib bo‗lmaydi. Maymun esa birinchi bosqichda qisqa tayoq bilan
uzun tayoqni oladi. Ikkinchi bosqichda esa uzun tayoq orqali xo‗rakni olishga
muvaffaq bo‗ladi. A.N.Leontьevning fikricha, muvaffaqiyatsiz harakatlardan so‗ng
to‗satdan javobni topishi aqliy xatti-harakatlarning yana xususiyatidir. Bu hodisa
V.Kyoler tomonidan ―insayt‖-ravshanlashish deb atalgan. Aqliy xatti-harakat
boshqa ikki xususiyati mavjud bo‗lib, bu topilgan muammoning yechimini tez
eslab qolish va shu bilan shakllangan operatsiyalarni bir faoliyatdan ikkinchi
faoliyatga o‗tkaza olishdir.
Rus psixologi N.N.Ladigina – Kots (1889-1963) ning tajribalarida Paris degan
shimpanze ichiga xo‗rak solingan naychani olishi bilanoq naychaning ichiga
kiritish uchun yaroqli bo‗lgan, ishlatishga qulay qurolni tanlashga tushardi. Bunda
Paris turli belgilarni-narsalarning shakli, uzunligi, kengligi, qalinligini ajrata
bilardi. Agar mos keladigan narsa topilmasa Paris yonida yotgan daraxt
shoxlaridan yon shoxlarini yulib olar, enli taxtadan payraxalar ajratib chiqar,
buklangan simlarni to‗g‘irlar, xullas maymunlar «qurol» yasar edi. Biroq yuksak
taraqqiy etgan maymunlardan «qurol yasash» faoliya-tining ahamiyatini oshirib
yuborish yaramaydi. E.G.Vatsuro, N.NLadigina-Kotslar o‗tkazgan tajribalaridan
ma‘lumki, shimpanzelar aynan bir xildagi vaziyatda, ya‘ni maqsadga erishish
uchun ikkita tayoqni birlashtirish zarur bo‗lgan paytda o‗zlarini yo‗qotib
qo‗yishadi. Buni quyidagicha izohlash mumkin, ya‘ni shoxlarni g‘ajish,
payraxalarni ajratish maymunning tabiatda bajaradigan harakatlaridir. Lekin
maymunlar tabiiy sharoitlarda tayoqlarni bir-biriga ulab ish ko‗rmaydi.
Ko‗p hujayrali hayvonlarda qo‗zg‘aluvchanlikning yangi shaklisezuvchanlik
mavjuddir. A. A. Leontevning taxminiga ko‗ra sezuvchanlik genetik jihatdan
olganda seskanuvchanlikning o‗zidir. U ham muxitning tashqi ta‘sirlariga javob
berish asosida vujudga keladi. Faqat sezuvchanlik seskanuvchanlikga nisbatan
yuqorirok bosqichdir. K.E.Fabri fikricha, psixik taraqqiyotning ikkinchi bosqichi
ko‗p hujayrali hayvonlarga xosdir. Ko‗p hujayrali hayvonlarda aks ettirish bir
muncha yuqori bo‗ladi. Bunday hayvonlarga kavakichlilar (gidra,meduza) ni
kiritish mumkin. Ular ham bir hujayrali hayvonlar kabi suvda yashaydi. Lekin
kavakichlilar o‗zining tuzilishi jihatdan bir hujayrali hayvonlardan ancha
murakkabdir.
Ularning
murakkabligi
hujayralarning
bir-biridan
farq
qilganligidadir: tanasining tashqi qismidagi hujayralar qoplagich, ichki hujayralar
esa hazm qiluvchi bo‗ladi. Evalyutsiya zanjirining yuqoriroq pog‘onasida turgan
ko‗p hujayrali hayvonlarda tana tuzulishi ham ancha murakkablashadi, yer
sharoitiga mos o‗zgarishlar yuz beradi, turli taassurotlarni aks ettiradigan sezgi
organlari vujudga keladi, aks ettirish ham murakkablashadi. Tugunli nerv
sistemasiga ega bo‗lgan hayvonlarda aks ettirish faqat shartsiz reflekslar orqaligina
bo‗lmaydi, balki hayot davomida ta‘sirlanishning tug‘ma turiga nisbatan ancha
yangi, serxarakat shakli – shartli reflekslar hosil bo‗ladi. Tugunsimon nerv
sistemasining murakkabroq shakllari atrofni aks ettirish imkoniyatini oshiradi.
Ancha
murakkab
tugunsimon
nerv
sistemasiga
ega
bo‗lganlardan
o‗rgimchaksimonlar va hashoratlarni olish mumkin. Ularning organizmi ancha
murakkab tuzilishga ega. hayvonlarning evolyutsiyasi natijasida ularning
retseptorida
ajralish
(spetsializatsiya)
yuz
bera
boshlaydi.
Masalan,
qisqichbaqaning uzun mo‗ylovi – tuyg‘u organi, kaltalari xid biluvchi organlardir.
Hayvonlarga mansub shakllarda ta‘sirlanuvchanlikning yangi turi - sezuvchanlik
paydo bo‗ladi. A. N. Leontevning gipotezasiga ko‗ra, sezuvchanlik «genetik
jihatdan qaraganda, muhitning organizmni boshqa ta‘surotlar bilan bog‘lovchi,
organizmni muhitda mo‗ljal olishiga yordam beruvchi, signal beruvchilik
vazifasini o‗tovchi ta‘sirlarga javob ta‘siridan bo‗lak narsa emas. In‘ikos etish
darajasi ko‗p hujayrali hayvonlarda ancha yuksakroqdir. Ko‗p hujayralilarning
murakkabligi hujayralar ko‗pligida emas, har xilligidadir. Masalan, tanasining
tashqi qismida sanchiladigan (chaqadigan) hujayralar joylashgan bo‗lsa, ichki
qismi esa ovqat hazm qiladigan hujayralar bilan qoplangan. Ko‗p hujayralilarning
organizmida, shuningdek organizmning biron bir qismida ro‗y bergan
qo‗zg‘alishning o‗tkazgichi funktsiyasini bajaradigan alohida sezuvchan
protoplazmali hujayralar o‗zaro birikib, hayvonning butun tanasiga yoyilgan nerv
shoxobchasini tashkil etadi. Kovakichaqlilardagi qisqichlar - o‗ljani ushlab turish
organlari yuksak darajada sezuvchandir. Organizmning turli qismida joylashgan
hujayralar o‗rtasidagi bog‘lanishlar shartli reflekslar paydo bo‗lishiga, xotira
jarayoni shakllanishiga olib kelgan bo‗lishi kerak. Evolyutsion zanjirda
kovakichaqlilardan yuksak turadigan va bu yerda hayot kechiradigan ko‗p
hujayralilarda hayot tarzining o‗zgarganligi munosabati bilan tananing tuzilishi
murakkablashadi, qo‗zg‘atuvchilarning ma‘lum bir turlarini aks ettiradigan o‗ziga
xos organlar - sezgi a‘zolari rivojlanadi, aks ettirish shakllari ham ancha
murakkablashadi. Chuvalchangning har bir segmentida (murakkablashgan
bo‗g‘inida) nerv hujayralarining tugunlari - gangliylari mavjud bo‗ladi.
Gangliylardan biri yetakchi, asosiy bo‗lib, organizmning istalgan qismida yuz
beradigan qo‗zg‘alishlarni jamlaydi, ularni tahlil qiladi, boshqa hujayralarga
o‗tkazadi, impulslarni segmentlarning mushak apparatiga yo‗naltiradi. Hatti-
harakatlarning
instinktiv
shakllari
Chuvalchanglarning
hattiharakatlari
kovakichaqlilardan ko‗ra ancha murakkabroqdir. Chuvalchanglarga faol tarzda
qidirish xususiyati xosdir. Bu ulardagi shartsiz refleks elementlaridan dalolat
beradi. Ayrim chuvalchang urg‘ochisi tuxumini o‗zi bilan olib yuradi, harakatlanib
kislorod bilan ta‘minlaydi, yoki ayrimlari o‗ziga juft tanlash uchun uzoq yo‗l
bosadi va hokazo. Biroq shartsiz reflekslar faqat tashqi muhitning muqarrar tarzda
qat‘iyan barqarorligi sharoitida hosil bo‗ladi; muhit esa doimo o‗zgarib turadi va
shuning uchun ham tug‘ma taasurotlarning genetik jihatdan programmalashtirilgan
holda yoyilishiga to‗sqinlik qilishi mumkin. Gangliy funktsiyali nerv tizimiga ega
bo‗lgan hayvonlarning aks ettirish imkoniyatlari shartsiz reflekslar bilangina
cheklanmaydi. Hayot kechirish jarayonida ularda tug‘ma reaktsiyalarga nisbatan
yangi, ancha harakatchan reaktsiya shaqllari - shartli reflekslar paydo bo‗ladi. (T-
shaklidagi labirintdagi chuvalchang harakatini misol qilish mumkin. «T»
shaklidagi labirintda joylashtirilgan chuvalchang berilgan ta‘sirga javobini tajriba
120-180 marta takrorlangandan keyingina o‗zgartirgan). Bo‗g‘im oyoqlilarda,
ayniqsa hasharotlarda muhitning muayyan sharoitlariga munosabat bildirishining
murakkab, tug‘ma shaqli - instinktlar mavjuddir. Instinktlar - izchil ravishda bir
qancha moslashuvchi harakatlarni keltirib chiqargan holda xalqasimon xarakter
kasb etadi. (O‗rgimchak tuxumi uchun pilla yasab o‗zi bilan olib yuradi, bolalari
mustaqil harakatlana boshlashi bilan tashlab ketadi). Asalarilarda guruhiy hatti-
harakatlar bilan bog‘liq bo‗lgan eng murakkab instinktlarni ko‗ramiz. Asalari
uyasida bitta ona ari, bir necha o‗nlab erkak va bir necha yuzlab bepusht ishchi
arilar bo‗ladi, hammasining ishi turlicha taqsimlanganday (er arisi ovqat topib
kelishini, uyani qarab chiqishini frantsuz olimi K. Fabri kuzatgan). K.Fabri arining
bir qolipdagi, maqsadga muvofiq bo‗lmagan hatti-harakatini kuzatgan. Yer arisi
o‗z uyasi oldiga chalajon chigirtkani keltirib,uya oldiga qo‗yadi va ichkarini qarab
chiqish uchun kirib ketadi, shu vaqt tajriba o‗tkazuvchi Fabri chigirtkani boshqa
joyga olib qo‗yadi, ari chiqib qarasa chigirtka o‗rnida yo‗q, qidirib topadi va yana
uyasi oldiga olib kelib qo‗yadi va uya ichiga kirib ketadi, olim yana olib qo‗yadi va
hokazo. Bu holat 40 marta takrorlanadi. Rus zoopsixologi V.A.Vagner (1849-
1934) urg‘ochi o‗rgimchakning nomaqbul bo‗lib qolgan instinktlari sharoitida
uning hatti-harakatlarini kuzatgan. (O‗rgimchak pillasi ichidagini zararkunandalar
yeb ketsa ham ona o‗rgimchak qo‗riqlab yuraveradi). Bu misollar instinktning
cheklanganligini ko‗rsatadi. Instinktiv harakatlar muayyan shart-sharoitlarga qat‘iy
bog‘liq bo‗ladi. Instinktiv harakatlar undan standart shart sharoitlar o‗zgarishi
bilanoq o‗zining maqsadga muvofiqligini yo‗qotadi. Shunday qilib, hatti-
harakatlarning instinktiv shakllari faqat doimiy sharoitlardagina maqsadga
muvofiqdir. Jonzotning individual hayot kechirishi jarayonida orttirilgan va tug‘ma
hatti-harakat programmasining puxta bajarilishini ta‘minlaydigan tajriba
instinktlarining rivojlanishiga yordam beradi. Shartli bog‘lanishlar faqat fe‘l-
atvorning instinktiv hatti-harakatlar programmalari doirasida hosil bo‗ladi. (O‗z
nasli uchun qayg‘urish instinktini - baliqlarda, o‗zini himoya qilish instinktini-
skuns degan hayvonning o‗zidan yoqimsiz hid chiqarib o‗zini himoya qilishida
ko‗rishimiz mumkin). Sodda hayvonlarga qaraganda umurtqali hayvonlarda shartli
bog‘lanishlar mislsiz ko‗p hosil bo‗ladi. Hayvon evolyutsion taraqqiyotning yuqori
bosqichiga ko‗tarilgan sari hosil bo‗ladigan shartli bog‘lanishlari ham shuncha
murakkabrok va yana ham nafisroq bo‗lishi mumkin. Asalarida yana ham
murakkabrok instinktlarni ko‗ramiz. Ma‘lumki bir asalari uyasida tuxum
ko‗yadigan katta ona ari, bir nechta erkak ari va juda ko‗p ishchi arilar bo‗ladi. Eng
murakkab qiliqlar ishchi arilarda bo‗ladi. Ular yoshi o‗zgara borishi bilan oilada
turli ishlarni bajaradi: uy tozalaydi, lichinkalarni ovqatlantiradi, uy quradi, ovqat
yig‘adi, eshik oldida qorovullik qiladi. Yosh hayvonlar instiktiv xarakatlarini
kuzatganimizda ularning xatixarakatlari xech kanday o‗rgatishsiz yuz berishini,
ya‘ni ota- bobolarining xarakatlarini o‗z- o‗zidan takrorlab ketaverishini kuramiz.
Lekin yoshlarning xarakatlari kattlarinikiga nisbatan bir muncha yomonrok buladi.
Nasldan o‗tgan xarakatlar pragrammasini anik bajarish asosida va tajribaning
ortishi tufayli instinktlar o‗sib boradi. Xarakatlarning instinktiv shakli fakat
bugimoѐklilarda emas, balki barcha umirtkali xayvonlarda (balik, anfbiya, kush va
xashoratlarda) kurish mumkin. Ularda jinsiy, ovkatlanish, ximoyalanish instinktlari
kuplab uchraydi. SHunday kilib hayvonlarning instinktiv xarakatlarini 4 guruxga
bulish mumkin: Ovkatlanish instinkti – xayvonlarning uz va bolasi uchun ovqat
qidirib topish, ovqat g‘amlash xarakatlari. Ximoyalanish instinkti - hayvonning uz
hayotini va omonligini saqlash xarakatlarida ifodalanib, u ikki ko‗rinishda sodir
bo‗lishi mumkin. Birinchisi, dushmanga xujum qilish, ikkinchisi , uzini ximoya
qilish. Xar bir hayvon uzini dushmandan saqlash uchun biror organidan ( shoxlari,
tuѐklari,
tish-
tirnoklari,
tikonlari
kabi
)
yoki
zaxarli
suyuklikdan
foydalanadi.Masalan, afrika kobrasi uz zaxarini 3,5 m masofaga ota oladi. Nasl
koldirish instinkti. Bu ota –onalik instinkti sifatida ko‗rinib nasl- avlod uchun
g‘amxurlik qilish, uni ma‘lum vaqtgacha ovqat bilan ta‘min etish, xav- xatardan
saqlash, o‗z bolalarini parvarish qilish tug‘ma maxoratiga ega bulib, o‗z naslining
kelajagi haqida g‘amxo‗rlik qiladi. To‗da bo‗lib yashash instinkti. Bu instinkt
hayvonlarining turli usullar bilan o‗zaro aloqa qilishida,xilma –xil shaklda
birgalashib, to‗dalashib, poda bo‗lib, gala bo‗lib yashashlarida zoxir bo‗ladi.
Yukori darajadagi hayvonlarda birinchi o‗rinda yangi, bir muncha plastik, ya‘ni
sharoitga qarab o‗zgara oladigan xatti-xarakatlar chiqadi. Ular olamni ancha keng
aks ettirish imkoniyatini beradi. Hayvonlar tarakkiyotining kanchalik yuqori
bosqichida tursa ular turli muvvaqat bog‘lanishlarni shunchalik tez hosil qiladilar.
Olamni aks ettirishning bundan keyngi bosqichi individual xayot tajribalari asosida
hosil qilingan bir muncha murakkab, shu bilan birga,plastik xarakatlar tufayli
bo‗ladi. Individal plastik xarakatlar uchun muxitni, shu paytdagi sharoitni analiz va
sentiz kilish xosdir. Jonli materiya aks ettirishning rivojlanishida navbatdagi
bosqich hatti-harakatning yangi belgilarini mustaqil hosil qilishga asoslangan.
Nafis-o‗zgaruvchan-plastik individual hatti - harakatning yanada murakkabroq
shakllarini keltirib chiqaradi.(Tovuqqa don sepib oldini to‗r bilan to‗sib qo‗yilsa,
o‗zini bir necha marta sim to‗rga uradi, keyin o‗tish joyini topib oladi.). Yuksak
taraqqiy etgan hayvonlarda hatti-harakatning instinktiv shaklari bilan bir qatorda
o‗zgaruvchan individual shakllari - malakalar va intellektual hatti-harakatlar ham
mavjud bo‗ladi. Malakalar deganda hayvonlarning shartli bog‘lanishlariga asosan
bajaradagan va avtomatik tarzda takrorlanadigan hatti-harakat tushuniladi.
(quyonning nog‘ora chalishi,zanjirdagi bog‘liq itning keyingi oѐg‘i bilan yemishini
tortib olishi). Ayniksa sut emizuvchilar sharoitni ancha yaxshi taxlil kila oladilar
va o‗zgargan muxitga o‗z xarakatlarini moslashtira oladilar. Yukori darajadagi
hayvonlarda instinktiv xarakat bilan bir qatorda tez o‗zgaruvchan individual
xarakatlar – malakalar va faxm bilan aloqador xarakatlar ham mavjud bo‗ladi. B.
Keller maymunning xarakatlarini batafsil kuzatib «Yukori darajada tashkil topgan
hayvonlar sharoitni analiz qasosida faxm bilan aloqador xarakatlar qila oladi»
degan xulosaga kelgan. Keyinchalik amerika psixologi Ierks, avstriya psixologi
K.Byuler, gollandiyalik psixolog Boytendayk xam maymunlar bilan tajribalar
utkazib yukoridagi fikrni tasdikladilar. Xayvonlardagi faxm bilan alokador
xarakatlarni o‗rganish masalasi bilan rus olimlari xam shugullangan. Bu ishni
dastlab zoopsixolog-darvinist olim V.A.Vagner boshlab bergan edi. Keyinchalik
esa I.P.Pavlov, N.N.Ladigina-Kots, N.Yu.Voytonis, G.Z.Roginskiy, L.S.Vigotskiy,
A.N.Leontьev kabi olimlar bu ishni davom ettirdilar. Ayniksa LadiginaKotsning
shimpanze bolasi bilan psixikasining rivojlanishi ustida utkazgan tadkikotlari
butun jaxonga mashxurdir. Rus olimlarining kalamushlar, tovuklar, karga, it va
maymunlar ustida olib borgan tadkikotlari xayvonlarda psixikaning rivojlanish
boskichlari, ularda kunikmalar xosil bulishi va faxm bilan alokador xarakatlar kila
olishini bilishda juda katta axamiyatga ega buladi. Odamsimon maymunlar kuplab
faxm bilan alokador xarakatlar kila olishda boshka xayvonlar ichida aloxida urinda
turadi. Masalan, odamsimon maymunlarning bir turi primatlar boshka sut
emizuvchi xayvonlarga karaganda fakat ovkat manbalarinigina emas, balki xamma
turdagi narsalarni timirskilab, tekshirib kurishga juda ustadir. Bunday kizikishni
I.P.Pavlov «sabotli», «begaraz kizikuvchanlik», «sinchkovlik impulьsi» deb atagan
edi. Maymundagi ana shu xususiyat, buning ustiga ularda kuzning yuksak darajada
tarakkiy kilganligi ularning idrok doiralarini bekiѐs ravishda kengaytiradi, tajriba
boyliklarini nixoyada oshirib yuboradi va kunikmalarning tarkib topishida,
murakkab xarakat shakllarining vujudga kelishida boshka xayvonlarga karaganda
unga keng imkoniyatlar yaratadi. Boshka xayvonlarga karaganda maymunlarda
tekshirish refleksining kuchliligi ulardagi kul tipidagi oѐkning mavjudligidir.
CHunki ular «kul» ѐrdamida tevarak-atrofdagi narsalar bilan juda murakkab
munosabatlarga kirishish imkoniyatiga egadir. SHuning uchun ularda boshka
xayvonlarda bulmagan vaktli boglanishlar kuplab xosil buladi. Xayvonlar xam
uzaro munosabatda buladilar va bir-birini tushunadilar. Xatto ganglioz nerv
sistemasiga ega bulgan xayvonlar xam kattakatta galaga uyushib xaѐt kechiradi.
CHumolilarning tili yanada murakkabdir. Olimlarning utkazgan tadkikotlaridan
ma‘lum bulishicha, chumolilar bir-birini juda yaxshi tushunar ekan. Bunda ular
topgan uljasi, xavf – xatar va boshka kup extiѐjlari xakida bir-birini xabardor
kiladi. Xush, ular kanday kilib gaplashadi? Kupchilik olimlar chumolilarning uzaro
aloka kiladigan asosiy tili – kimѐviy til bulsa kerak, deyishadi. CHumolilar kaysi
tomonga yurishini, xavf-xatarni va boshka signallarni xidli modda chikarish bilan
ma‘lum kiladi. Kimѐviy signallar chumolilarning birbiri bilan aloka kilish
yullaridan biri xolos. Umuman olganda, bu xashoratlarning «nutqi va aloka
vositalari xilma-xil». Ganlioz nerv sistemasiga ega bulgan xayvonlarning turli
kiѐfada turishlari, tovush signallari , xid tarkatishlari, xar xil usulda suykalishlari
ularda til vazifasini utaydi. Xasharotlarning tudadagi yalpi xatti –xarakatlari
maksadga muvofikligi va uygunligi bilan kuzatuvchini xayratda koldiradi. Lekin
ularning bu xarakatlari negizida axborot oluvchi xayvonlarning bir xildagi
reaktsiyalari ѐtadi. Ularning reaktsiyalarida zarracha xam anglash, axborotlarni
kayta ishlash рollalarini mutlako uchratmaymiz.
Dostları ilə paylaş: |