echimiga «sinash va adashish» yo‗li bilan erishilishi haqidagi xulosaga
(E.Torndayk va boshqalar) kelishadi. Bundan yo‗l ko‗gina
varnantlarni tanlab
chiqilgandan keyin istalganiga erishilishini tahminlaydigan bitta varianti qolmaguncha
tusmollab qilingan (rakatlarning «ko‗r-ko‗rona tanlanishi» deb talqin qilinardi, Bu
xulosa odamning xayvondan sifatiy farqlarini inkor etish uchun inson haqidagi
ta‘limotning ta‘rifiga ham joriy qilingan edi.
Bixevioristlar, jumladan, E.Torndayk, E.Tolmen, K.Xall, D.Xebb kabilar xulq
motivatsiyasiga muayyan darajada e‘tibor qilganlar. Ular o‗zlarining izlanishlarida
xulq motivatsiyasining «quyi darajalari»ni o‗rganib, kalamushlarda tajriba ishlarini
olib borib, jonivorda ochlik, tashnalik va ularning turlicha darajalarini reaktsiya
tezligiga nisbatan namoyon bo‗lish
xususiyati, har- xil sharoitda motivatsiyaning
kuchi to‗g‘risida muayyan qonuniyatlar ochishga intilganlar. Klerk Xallning
fikrlariga I.P.Pavlov, CH. Darvin, E.Torndayk, E.Tolmenlar ishlari o‗z ta‗sirini
ko‗rsatgan. Haqiqatdan yangi xulq-atvomi egallash shartlarini eksperimental
tadqiqi shuningdek, o‗rgatish dinamikasi amerikalik psixolog E.Torndaykning
diqqat markazida bo‗lgan. E.Torndayk ishlarida
hayvonlarda muammoli
vaziyatlami hal etish qonuniyatlari ko‗proq o‗rganilgan. Hayvonlar mushuk, it,
maymun maxsus yasalgan muammoli quti yoki labirintdan mustaqil ravishida
chiqish yo‗lini topishlari kerak edi. Keyinchalik xuddi shunday tajribalarda
sinaluvchi sifatida kichik yoshdagi bolalar ishtirok etgan. Labirint yoki eshikni
ochish vazifasini hal etish usulini holatirishini namoyon qiluvchi murakkab, ichki
sabab natijasida yuzaga kelgan bunday xulq-atvomi tahlil qilishida ma‗lum bir
reaksiyani yuzaga keltiruvchi stimulni ajratish qiyin. E.Torndayk ma‘lumotlariga
ko‗ra dastavval hayvonlar ko‗plab tartibsiz harakat sinovlami
amalga oshirgan va
tasodifan muvaffaqiyatga olib boradigan kerakli harakatlami qilgan. Ushbu qutidan
chiqishning keyingi harakatlarida xatolar soni kamayib unga sarflangan vaqt ham
qisqargan. O‗rgatish turi sinaluvchi odatda, xulq- atvoming turli variantlarini
operantlarini harakat qilish anglamagan holda sinashi va ulardan ko‗proq to‗g‗ri
mos kelganini tanlab olishidir, bu operant asoslash nomini olgan.
Intellektual
vazifalami hal etishda sinov va xatolar metodi inson va hayvonlar xulq-atvorini
tavsiflovchi umumiy qonuniyat sifatida ko‗rib chiqila boshlangan.
Torndayk o‗rgatishning to‗rtta asosiy qonunini ta‗riflagan:
•
Takrorlash qonuni mashq qilish stimul va reaksiya o‗rtasidagi aloqa
qanchalik tez-tez takrorlansa, shunchalik u tezroq mustahkamlanadi va
mahkamlanadi.
•
Ta‗sir effekt qonuni (qo‗llab-quvvatlash). Reaksiyalami o‗rganishda qo‗llab-
quvvatlash bilan birga kuzatilganlardan ijobiy yoki salbiy biri mustahkamlanadi.
Dostları ilə paylaş: