Mavzu. Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyaga kirish. Hayvonlar psixik faoliyatining umumiy tavsifi


b) Fikran qaror qabul qilish davri



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/14
tarix14.01.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#79206
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
26-27-mavzu Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyaga kirish

b) Fikran qaror qabul qilish davri. Hayvon yuqoridagilarga tayanib fikran 
bir qarorga keladi. 
d) Natijalar aktseptori davri. Bu davri. Bu darvrda bajariladigan ishlarnI 
dasturi tuziladi. Xotira faollashgan bo‗ladi. Ehtiyojlar hisobga olinadi, bu 
ehtiyojlarni qondirish usullari o‗ylab chiqiladi. Paydo bo‗lgan maqsad impulslari 
bosh miyadagi Peypes doirasida doim uchmasdan aylanib turib maqsadni 
yuqotmasdan turadi. 
g) Efferent sintez davr. Bu davrda xatti-harakatlar dasturlashadi. 
Bu davrda somatik va vegetativ aktlar bajariladi. Maqsad va uni amalga oshirish 
ishlab chiqiladi. Bajarilgan aktni parametrlari teskari afferkntatsiya natajasida 
ilgari ishlab chiqilgan dastur bilan solishtiriladi. Agar u ilgari ishlab chiqarilgan 
dasturni bajarilishiga mos tushsa hayvon tinchlanadi. Agar bu tushmasa hayvon 
tinchlanmaydi va u o‗z xatti-harakatini korrektsiyalab boshqatdan dastur ishlaydi 
uni amalga oshiriga kirishadi. Agar mo‗ljallangan akt bajarilsa hayvonda qoniqish 
paydo bo‗ladi. Fuktsionl sistemalarni amalga oshishida emotsiyalar muhim rol 
o‗ynaydi. Emotsiyalar va situatsion emotsiyalar. Ehtiyojlar asosiy emotsiyalarni 
real natijalarni dastur bilan solishtirish natijasida situatsion emotsiyalar sodir 
bo‗ladi. Oxirgisi manfiy yoki musbat bo‗lishi mukin. Bu erda musbat 
emotsiyalarni roli juda muhimdir. Fuktsional sistemalar orqali shunday qilib har 
qanday hayvonda harkanakangi fe‘l-atvor reaktsiyalarini tushintirsa bo‗ladi.


Organizmni tugulmasdan oldin paydo bo‗lgna nerv aloqalari uni tug‘ma 
faoliyatini belgilaydi. Tug‘ma faoliyat bo‗lishi uchun shu faoliyatni vujudga 
keltiruvchi va uni amalga oshiruvchi mexanizmlar perinatal ontogenezda tayyor 
holda kelishi kerak. Bunday reflekslarni shartsiz reflekslar ham bed ataladi 
(Pavlov). Bu reflekslar nisbatan doimiy bo‗lib organizmdagi o‗zini retseptiv 
maydonlariga ta‘sir etishi natijasida stereotip holda sodir bo‗ladi. I.P.Pavlov 
quyidagi shartsiz reflekslar mavjud hisoblangan ovqatlanish, mo‗ljallash, to‗plash, 
ehtiyotkorlik, erkinlik, tekshiruv, o‗zini jonini himoya qilish, agressiya, qorovullik, 
o‗yin, jinsiy, ko‗chib yurish, ijtimoiy. N.A.Rojanskiy bunda reflekslar 24 ta bo‗ladi 
deb hisobladi. Lekin bu reflekslar vegetativ funktsiyalarni o‗z ichiga olmagan. 
A.D.Slonim shartsiz reflekslar 3 guruhga bo‗linadi va ular quyidagilardir: ichki 
muhit doimiyligini saqlash, tashqi muhit o‗zgarishiga mos keladigan refleslar, turni 
dunyoda saqlashga qaratilgan reflekslar. Yu.Konorski shartsiz reflekslarni 
organizmni saqlovchi (kuchini saqlagani uyqu, avlodini saqlash, tanasini saqlash 
va x.k). mo‗ljal reflekslariga bo‗lgan. P.Simonov bu reflekslarni vital, zoosotsial 
(rollli), o‗zini rivojlantirish reflekslariga bo‗lagan. Hozirgi paytda quyidagi shartli 
reflekslarni xillari bor deb hisoblaniladi. 
1.Elementar reflekslar: bosh va orqa miya reflekslari kiradi. 
2.Koordinatsiyalovchi reflekslar: oyoq-qo‗lda ish bajarishdagi avtomatik 
reflekislar masalan: yurish. 
3. Integarativ reflekslar: harakatni vegetaiv organlar ishi bilan muvofiqlashtiradi. 
4. Mo‗ljal reflekslari: harakatni va yangi sharoitda hosil bo‗ladi. 
Instinkt bu tug‘ma kompleks xatti-harakatlari bo‗lib hayvonni tashqi va ichki 
sharoitlariga tubdan moslaydi. Ko‗rincha instinkt stereotip holda bo‗ladi. Bu 
harakatlarni unga hech kim o‗rgatmagan va ular nasldan - nasilga o‗tadi. Misol: 
Kolyushka balig‘ini erkagi urg‘ochilarini naychaga tuxum qo‗yishga majburlaydi. 
Bir yoki bir necha urg‘ochi kolyushka naycha ichiga tuxum qo‗yganidan so‗ng 
erkak bularni otalantiradi, so‗ngra usha joydan ketmasdan uni qorovullaydi, doim 
har 30 sekund davomida naychaga havoga to‗yingani suvni xaydab turadi. 
Tuxumlar rivojlanib borgan sari kolyushka tomonidan suvni xaydashi tezlashadi. 
Nemis zoologi Sigler (1911) instink irsiy belgi, o‗rgatish kerak emas, hamma tur 
individlarida bir xil, tana tuzilishiga mos va nihoyat tabiiy yashash sharoitiga 
moslashgan bo‗ladi. 
Baliqlarda instinkt oraliq va o‗rta miya, amfibiyalar reptilyalar bosh miya 
orqali, qushlarda targ‘il tana, sut emizuvchilarda esa bosh miya instinktni 
boshqaradi. Yashash sharoitini ontogenezda o‗zgarishi instinkt reaktsiyalarini 
o‗zgarishiga olib kelishi mumkin. 
Instinkt turlari: ovqatlanish instinkti, markazi - och qolganda - dars -sal 
ginokamp, to‗rsimon miya, talamusni boshqa yadrolari. To‗yganda - medial 


gipotalamus. O‗zini himoya qilish - markazga gipotalamus va bazal gangliyallar. 
Jinsiy intinkt -markazi gipotalamus. Emotsiya bu instinktni sezgi, his-tuygularidan 
bir belgi bo‗lib namoyon bo‗ladi. Uning markazi lambik sistema va miya stvolida. 
Hozirgi payitda instinkt sxemasi quyidagicha qabul qilingan: Stimul - retsepsiya 
- sensor sistema - xulq - atvorini ishga solish va nazoratni -harakat dasturlari - xulq 
- atvori. 
Bundan tashqari maxsus modullovchi sistema mavjud bo‗lib u bosh miyada 
sensor sistema va xulq -atvorni ishga solish sistemalari o‗rtasida joylashgan 
bo‗ladi. 
Yu.Konorski (Polsha) instinktlarini tushuntirish uchun daryva nazariyasini 
ishlab chiqdi. Bu ta‘limotga ko‗ra, miya funktsiyasi 2 ga bo‗linadi: a) 
Tayyorlavchi mexanizmlar b) Ijrochi mexanimzmlar. Bu mexanizmlar instinkni 
bajarilishiga olib keladi. Bular motivatsiyalar, ochiq, suvsirash, qo‗rqish, jangari 
bo‗lish va x.k. Drayvga qarshi antidrayv ham bor. Dray va antidriay kurash 
emotsiyani aniqlaydi. Har qaysi drayv yoki aitidrayv ma‘lum bir emotsiyan 
belgilaydi. 
Instinktiv harakatlar turli xildagi kup sonli qo‗zg‘atuvchilarning aks etishini 
ta‘min eta olmaydi va shunga kura umurtqalilarning aks ettirish imkoniyatlarini 
cheklab qo‗yadi. Umurtqalilarda naychali nerv sistemasi (orqa va bosh miya bilan 
qo‗shilib) rivojlangan bo‗lib, shu tufayli ularda tashqi muxitni asliga ancha 
o‗xshaydigan tarzda aks ettirishning potentsial imkoniyatlari oshadi. Ganglioz nerv 
sistemasiga ega bo‗lgan hayvonlarga nisbatan umurtqali hayvonlarda retseptorlar 
yanada takomillashib, tobora ko‗proq maxsuslashib boradi. Evolyutsiya natijasida 
erishiladigan ana shu barcha ichki imkoniyatlar atigi birgina instinktiv harakatlarni 
keltirib chiqarish uchun foydalanilmaydi, albatta. 
Yuksak taraqkiy etgan hayvonlarda, ayniqsa sut emizuvchilarda, xatti-
xarakatning yangi, ancha nafis shakllari birinchi darajali ahamiyat kasb etmoqda. 
Bir turga mansub xayvonlarda muvakqat bog‘lanishlarning hosil bo‗lishidagi 
individual farqlar instinktning namoyon bo‗lishidagi individual farqlarga 
qaraganda ancha sezilarli bo‗lib bormoqda. Bir xil xayvonlarda shartli 
bog‘lanishlar nisbatan tez, boshqalarida sekin hosil bo‗lishi mumkin. Soddaroq 
hayvonga qaraganda umurtqali xayvonlarda shartli bog‘lanishlar mislsiz kup hosil 
bo‗ladi. Xayvon evolyutsion taraqqiyotning yuqori bosqichiga ko‗tarilgan sari, 
xosil bo‗ladigan shartli boglanishlari shuncha murakkabrok va yana ham nafisroq 
bo‗lishi mumkin. 
Baliqlarda shartli bog‘lanishlar ancha tez hosil bo‗ladi. SHartli bog‘lanishning 
hosil bo‗lishi uchun yorug‘lik, rang, narsaning shakli, shuningdek tovush va ta‘m 
belgilari signal bo‗lib xizmat qilishi mumkin. Lenin bu bog‘lanishlar tez 


o‗zgarmaydigan bo‗ladi. CHunonchi, cho‗rtanbalihda mayda baliklarni ovlashga 
oid shartli refleks osongina hosil bo‗ladi. Lekin bu refleksini susaytirish juda kiyin. 
Eksperimentda mayda baliqlar cho‗rtanbaliqdan shisha bilan alohida ajratib 
qo‗yilganda yirtkich baliq yangitdan vaktinchalik bog‘lanish xosil kilmagunga 
qadar uzok vaqt davomida shishaga urilib turdi, shisha olib qo‗yilgandan keyin esa 
yangi borlanish ham o‗z navbatida uzoq vaqt saqlanib turdi. SHundan keyin 
cho‗rtanbaliq yonida suzib yurgan mayda baliqlarga umuman ahamiyat bermay 
ko‗ydi. 
SHunday qilib, shartli bog‘lanishlar ham holatlar o‗zgarganda hayvon xatti-
xarakatini nisbatan kam o‗zgartirishi mumkin. 
Jonli materiya aks ettirishning rivojlanishida navbatdagi bosqich — xatti-
xarakatning yangi belgilarini mustaqil xosil qilishga asoslangan nafis individual 
xatti-xarakatning yanada murakkabroq shakllarini chiniqtirshidir. Nafis individual 
harakat uchun muhitning ayrim xususiyatlarigina (harorat, rang, hid) emas, balki 
butun bir konkret vaziyatlar tahlil va sintez qilinishi shart. 
Chunonchi, agar tovuqning oldida don sepib, uni turli rama bilan to‗sib qo‗yilsa, 
tovuq ushbu to‗rga o‗zini ura boshlaydi. Holbuki, tarakqiyotning yuksak 
bosqichida turuvchi qushlar (masalan, qarg‘a, zag‘izgon yoki quzgun) bunday 
vaziyatda o‗zlarini boshqacha tutishadi: tur orqasidagi donni olish uchun urinishda 
dastlabki muvaffaqiyatsizlikka uchragach, ular to‗siqni aylanib o‗tib, donni 
cho‗kiy boshlashadi. 
Birinchi holatda xatti-harakat instinktiv programmaga asosan bo‗lgan bo‗lsa, 
ikkinchi xolda xatti-xarakat bevosita vaziyatni tahlil qilish natijasida ro‗y berdi. 
Xatti-harakatning ikkinchi tipi ayniqsa sut emizuvchilarda yaqqolroq namoyon 
bo‗ladi. Bunday xayvonlar endi butun bir vaziyatlarni idrok etib, tahlil qila 
boshlaydi, o‗z xatti-harakatlarini to‗g‘rilab, o‗zgarayotgan shart-sharoitlarga 
moslasha boshlaydi. Yuksak tarakqiy eggan hayvonlarda xatti-harakatning 
instinktiv shakllari bilan bir katorda o‗zgaruvchan individual shakllari — 
malakalar va intellektual xatti-xarakatlar ham mavjud bo‗ladi. Malakalar deganda 
hayvonlarning shartli bog‘lanishlariga asosan bajaradigan va avtomatik tarzda 
takrorlanadigan xatti-harakat tushuniladi. Malakalar xuddi instinktlarga o‗xshab 
rivojlanishning nisbatan quyi boskichlarida ham bo‗ladi, lekin anik, ifoda etilgan 
malakalar faqat bosh miya qobig‘i bo‗lgan xayvonlardagina namoyon bo‗ladi. 
Hayvonlarning malakalari tarkibiga kiradigan harakatlantiruvchi elsmentlar 
turning o‗ziga xos tajribasini takrorlaydigan tug‘ma xarakatlardan iborat bo‗lishi 
ham, shuningdek tasodifiy xarakat namunalarining takrorlanishi jarayonida 
ko‗nikma xosil bo‗lgan harakatlardan iborat bo‗lishi ham mumkin. Quyidagi fakt 
birinchi turdagi xarakatlarga misol bo‗la oladi. 


O‗rgatuvchi quyonni nog‘ora chalishga osongina o‗rgata oladi. Bu xarakat 
turning o‗ziga xos bo‗lgan harakati hisoblanadi: yilning ma‘lum bir paytida barcha 
quyonlar o‗rmonda to‗nkalarni, yerda ag‘darilib yotgan daraxtlar va boshqa 
narsalarni «chala boshlashadi». Zanjirdagi itning harakat reaktsiyalarini ikkinchi 
xildagi harakatlariga misol kilib ko‗rsatish mumkin. Tajriba quyidagi tarzda 
o‗tkazildi. It bo‗ynini cho‗zsa xam olmasligini bilgan holda uning oldiga bir parcha 
go‗sht tashlashdi. Go‗sht parchasi ipga borlangan bo‗lib, ikkinchi uchini it 
panjalari bilan tortishi mumkin edi. It bir necha muvaffaqiyatsiz harakatlardan 
so‗ng tasodifan ipning uchidan tortib, go‗shtni egallab olishga erishadi. Bu harakat 
eslab holindi va keypnchalik har gal it go‗sht bog‘langan ipni o‗ziga tortadigan 
bo‗lib qoldn. Bir gal go‗sht bog‘langan ipning uchiga itning oldingi oyoklari 
yetmaydigan kilib tashlandn. It oldingi oyoklari bilan npii tortishga bir necha bor 
muvaffaqiyatsiz uringandan keyin orqasiga o‗tirilib, ipni orka oyog‘i bilan tortib 
oldn. 
Bu fakt hayvonlarda hosil bo‗lgan malakalar o‗zgartirilgan vaziyatda ham 
takrorlanishi mumkinligi haqidagi qoidani tasdiqlaydi. Misol qilib ko‗rsatilgan 
holatda eksperimentning shart-sharoitlari murakkablashtirilib, it bu yangi vaziyatga 
ipga qadar yetishga imkon tug‘dirishi mumkin bo‗lgan malakani oldingi oyog‘idan 
orka oyog‘iga ko‗chirish bilan munosabat bildiradi. 
SHunday qilib, malakalar bir-biridan jiddiy ravishda farq qilishi mumkin: bir xil 
holatda ular avtomatik takrorlanishiga ko‗ra instinktlarga yaqin tursa, boshqa bir 
holda intellektual xatti-harakatlarga yaqinlashib ketadi. 
Ayrim narsalar o‗rtasidagi murakkab munosabatlarning aks ettirilishi 
intellektual xatti -harakatlar negizini tashkil etadi. Quyidagi tajriba intellektual
xatti-harakatga misol bo‗la oladi.


Tajriba o‗tkazilgan asbob ikkita bo‗sh naychadan iborat edi. Naychadan 
bittasiga qarg‘aning ko‗z o‗ngida ipga bog‘langan xo‗rak—bir parcha go‗sht 
joylashtirildi. Qarg‘a xo‗rakning naycha ichiga kiritilganini, ikkinchi naychaga 
o‗tadigan joydagi yoriqdan bir lahza paydo bo‗lib, ikkinchi naycha ichiga kirib 
ketganini ko‗rdi. Qarga shu zahotiyoq ikkinchi naychaning oxiriga sakrab bordi va 
xo‗rakning paydo bo‗lishini kutib turdi. Keltirilgan misol shuni ko‗rsatadiki, 
yuksak taraqqiy etgan hayvonlar narsalar o‗rtasidagi munosabatlarni payqash 
qobiliyatiga va mazkur vaziyatning natijasini oldindan bilish. 
Olimlar yuksak taraqqiy etgan hayvonlar orasida primatlarni (odamsimon 
maymunlarni) alohida o‗ringa qo‗yadilar. Primatlar ko‗plab boshqa sut 
emizuvchilardan farqli o‗laroq, faqat ozuqa emas, balki turli xildagi narsalar 
vositasida qilingan xiylalarga xam befark karab turishmaydi. Bu xildagi qiziqishni 
«qat‘iy» va «beg‘araz» qiziqish (I. P. Pavlov), «tadqiqot impulьsi» (Ya. Yu. 
Voytonis) deb atashadi. Maymunlarda bu xildagi faoliyatning faolligi ko‗rish 
qobiliyatining yuksak darajada rivojlangani bilan qo‗shilib, ularning idrok etish 
doirasini beqiyos kengaytirib, tajribasini behad oshirib yuboradi va malakalarning 
xosil qilinishi uchun, xatti-harakatlarning murakkab turlari paydo bo‗lishi uchun 
boshqa xayvonlardagiga qaraganda anchagina kuchli negiz yaratadi. 
Maymunlar intellekti (aqli) ular bajaradigan vazifalarning faqat murakkabligi 
bilan emas, balki ular faoliyatining yo‗naltirilganligi bilan ham belgilanadi. 
Maymunlar qo‗liga tushgan narsani soatlab titib o‗tirishi, odamni qafasiga har xil 
usullar bilan maxliyo etishi, sudralib ketayotgan qurt-qumursqalarni kuzatishi 
mumkin va xokazo. Maimunlar xatti-harakatining bunday xususiyatlariga ega 
ekanligi ularning hayot kechirish usuli bilan izohlanadi. Tabiiy sharoitlarda 
maymun oziqa izlab, uzluksiz ravishda «tekshirish» faoliyati bilan mashg‘ul 
bo‗ladi. Yovvoyi shimpanzelarda «taomlarning» sakson bitta xili mavjud. Ularnikg 
yarmisi meva-chevalar bo‗lsa, to‗rtdan bir kismi barglardan iboratdir. Qolgan 
qismini don-dun, gullar, poyalar, daraxt po‗stlog‘i tashkil etadi. Shimpanzelar 
bulardan tashqari hasharotlar va qurt-kumursqalar bilan oziqlanadi. Onda-sonda 
ularning «dasturxonida» kaltakesaklar, mayda kemiruvchilar, ba‘zan esa yirik 
hayvonlar ham bo‗lib turadi. Bundan shu narsa tushuniladiki, maymunlarda mo‗ljal 
olish-tadqiqotchilik xatti-xarakatining yuksak darajada taraqqiy etganligi, ularning 
istalgan ob‘ektlarga karatilgan qiziqishlari aniq shakllangan biologik asosga egadir. 
Maimunlar iste‘mol qiladigan mevalarning turli-tuman shaklga va tusga egaligi 
ular tomonidan faqat farq qilinadigina emas, balki shartli reflekslar hosil bo‗lishi 
natijasida tegishli ta‘m belgilari bilan ham boglanadi. Maymun ovqat izlayotib, 
mevalarning iste‘mol kilish mumkin bo‗lganlarini iste‘mol qilib bo‗lmaydiganlari 
va zaharlilaridan bexato ajratadi. 


Maymunlar ovqatining rang-barangligi ularning analizatorlik qobiliyatini 
oshiradi. Maymun shu qadar rang-barang ovqatlana boshlagach, endi oziqaning 
qat‘iyan belgilab qo‗yilgan turlariga yoki ovqatlanishning muayyan bir vaziyatiga 
ins-tinktiv ravishda munosabat bildirib qola olmaydi. Har gal u xammasini va
atrofdagi hamma narsani tekshirnshi va shu tarzda o‗ziga kerakli
ozikani topishi lozim bo‗ladi.
Maymunlarning bu xildagi xatti-harakatlarnning boshqa xayvonlarga 
nisbatan yuksak darajada rivojlanganligi primatlarda qo‗l tipidagi oldingi 
oyoqlarning mavjudligi bilan ham belgilanadi. Qo‗li borligi uchun ham
maymunlar atrofdagi narsalar bilan juda ham murakkab munosabatlarga
kirishish imkoniyatiga egadir. Ana shuning uchun ham maymunlarda qolgani
boshqa 
hayvonlarda 
mavjud 
bo‗lmagan
juda
ko‗plab
muvaqqat 
bog‘lanishlar (assotsiatsiyalar) hosil bo‗ladi. Faol mo‗ljal olish 
tadqiqotchilik xatti-harakati zamirida maymunlarda aks ettirishning
turli-tuman vositalari paydo bo‗ladi. Ma‘lum sharoitlarda maymunlarda
xatti-xarakatning
instiiktiv
shakllari
namoyon
bo‗ladi.
Boshqa
umurtqalilarda bo‗lgani kabi maymunlarda instnnktiv reaktsiyalar oddiy omil 
tufayli yuz berishi mumkin. Amerikalik olimlar G, Xarlou, M. Xarlou, S. 
Suomilarning tadqiqotlari yangi tug‘ilgan maymun bolasi sun‘iy onaning ayrim 
turlarigagina haddan ziyod ixlos qo‗yishi mumkinligini ko‗rsatdi. 
Tajriba quyidagi tarzda olib borildi. Makaka maymunyning yangi tug‘ilgan 
bolalarini xuddi hakiqiy onasining kattaligida qilib ishlangan sun‘iy ona bilan birga 
kafasga solib qo‗yildi. Maymunchalarning biriga metall karkasdan yasalgan «ona», 
ikkinchisiga yog‘och tsilshirdan yasalib, tukli mato bilan o‗ralgan «ona» to‗g‘ri 
keldi. Yumshoq onalik maymuncha kup vaqtini uning yonida o‗tkazdi, uni goh 
quchoqlar, goh uning ustiga ham chiqib ketardi. U har gal biron xavf tug‘ilsa 
onasining himoyasiga qochib borgan. Metall ona tekkan maymuncha esa juda 
qiynaldi. Tadqiqotlar shuni ko‗rsagdiki, maymunlarning bolalari sut bergan simli 
onadan kura sut bermasa ham matodan yasalgan onani afzal ko‗rishi aniklandi. 


Matodan yasalgan onalar maymunchalarda badastirlik hissini — xavfsizlik va 
ishonch, hissini uyg‘otadi. 
Biroq yuksak taraqqiy etgan katta maymunlarning instinktiv xatti-harakati bir 
hujayrali tuban hayvonlar instiktidan jiddiy farq qiladi. Yuksak taraqqiy etgan 
maymunlar (jumladan, shimpanze)da xatti-harakatning uya qurishdek turma shakli 
mavjuddnr. Tabiiy sharoitlarda ular har kuni daraxtlarda shox-shabbalardan uya 
qurishadi. Kuzatishlar shuni ko‗rsatdiki, maymunlar uya qurishda materiallarni 
tanlash chog‘ida amaliy tahlilea binoan ish ko‗rishadi. 
Tadkiqot jarayonida maymunlarning binokorlik «faoliyati» kemiruvchilar 
(kalamush)ning uya qurishi bilan taqqoslab ko‗rildi. Qattiqligi turlicha materiallar, 
jumladan, daraxt shoxlari va kog‘oz mavjud bo‗lgan xolda shimpanze ham, 
kalamushlar ham uyani bir xil tipda, ya‘ni uyaning asosiy qismini qattiq 
materiyaldan yasab, ichiga ancha yumshoqroq material to‗shaydi. Agar 
shimpanzega va kalamushga faqat yumshoq material berilsa, u holda ikkalasi ham 
uyani shu materialdan kurishga kirishadi. Lekin ular tavsiya qilingan materialdan 
uyalarini yasab bo‗lganlaridan keyin ularga ancha dag‘alroq material berilsa, u 
xolda xayvonlarning reaktsiyalarida darhol sifat farq ko‗rinadi. SHimpanze ancha 
dag‘al materialga ega bo‗lganidan keyin shu zahotiyoq uyasini qayta qurishga 
kirishadi. Yumshoq materialdan kurilgan inshootni qo‗li bilan bir chekkaga surib 
qo‗yadi za ancha dag‘al materialdan uyaning asosini qura boshlaydi. SHundan 
keyingina u yumshoq materialdan foydalanadi, uni uyasining ichki yuzalariga 
to‗shaydi. Kalamushlar xuddi shunga o‗xshash vaziyatda qurilishni davom 
ettiradilar, dag‘al materialni yumshoq material ustidan to‗shay beradilar. 
Shunday qilib, uya qurish maymunlarda garchi instinktiv xarakatlar natijasida 
amalga oshirilgan bo‗lsa ham, bu harakatlar tashqi shart-sharoitlar xisobga olingan 
xolda yuz berdi. 
Maymunlarning individual tajribada hosil qilgan xatti-harakatlari o‗ziga xos 
xususyyati bilan ajralib turadi. Maymunlarda va ancha tuban hayvonlarda 
malakalarning hosil bo‗lnshini kuzatgan tadqiqotchi ba‘zan shunday ajablanadigan 
faktga duch kelishi mumkinki, ancha tuban umurtkali hayvonlarda malakalar 
maymunlarga qaraganda tezroq paydo bo‗ladi. Bu fakt malaka tezroq hosil 
bo‗ladigan hayvonlarga Karaganda maymunlar ancha sodda degan ma‘noni 
anglatmaydi. Gai shundaki, maymunlar u yoki bu narsalarni va ularning atrof-
muhitdagi iisbatini sezishga layoqatli bo‗lib, ularga ta‘sir ko‗rsatiщ imkoniyatiga 
egadir. Ularning xatti-xarakatlari esa ko‗pincha ushbu kobiliyat bilan belgilanadi. 
SHunday ham bo‗ladiki, maymunning «beg‘araz» qiziquvchanligi dikqatini uning 
o‗zi eksperimentdan o‗tkazilayotganiga jalb qilishga qo‗ymaydi. Ko‗pincha uni 
«problema qutisi»ga yashirib qo‗yilgan xo‗rakdan kura iste‘mol qilib 
bo‗lmaydigan narsalar ko‗proq qiziqtirib qoladi. Lekin maymunlarda mustahkam 


shartli bog‘lanishlar hosil bo‗layotgan holda ular xuddi boshqa yuksak taraqkiy 
etgan hayvonlardagi kabi bir xilda yuz beradi. 
Rafaelь ismli shimpanzeda o‗tkazilgan qator tajribalardan bir jihatini ko‗rib 
chiqamiz. Qutiga yashirib qo‗yilgan mevalar oldida spirt lampasi yoqib qo‗yilgan. 
Rafaelь mevani olish uchun necha bor urinishlaridan birida tasodifan shamchiroq 
ustida turgan suvli idishning jo‗mragiga tegib ketdi. Jo‗mrakdan tushgan suv
alangani o‗chirdi. Har qolindi. Yangi vazyyatda suvli idish bir chekkaga qo‗yi 
uringanidan so‗ng Rafaelь bu vazifaning ham uddasidan suv to‗ldirib, uni 
alangaga qarab sepdi.
Hayvon harakatning o‗zlashtirilgan usuli (malaka)ni yangi vaziyatga ko‗chirdi. 
To‗g‘ri, bu xildagi harakat nomaqbul (solatrofida suv bor!) hisoblanadi. Lekin u 
biologik jixatdan o‗rinlidir. Omonat ko‗prikchadan harakat qilish maymun uchun 
ortiqcha jismoniy qiyinchilik tug‘dirmaydi. SHu boisdan ham eksperimentda sodir 
qilingan vaziyat shimpanze uchun hal etilishi aql-idrokning ishga solinishini talab 
qiladigan problemali vaziyat bo‗lgani yo‗q. Munosabat bildirishning ancha bir xil 
usuli sifatida instinktlar va malakalar hayvon organizmini ortiqcha zo‗riqishdan 
saqlaydi. Hayvon tsatorasiga bir necha bor muvaffaqiyatsizlikka duch kelgandan 
keyingina masalani hal qilishning yuksakroq darajadagi usuliga, ya‘ni intellekt 
(aql-idrok) bilap ish ko‗rish usuliga murojaat tsiladi. Birok, vujudga kelgan vaziyat 
hayvonlar uchun kamdan-kam holda problemaga aylanadi va, binobarin, ancha 
yuksak, idrokni ishlatiladigan darajada aks ettirish alohida zarurat sifatida 
namoyon bo‗lmaydi. Intellektual xatti-harakat qayvonlarning ko‗pincha yashirin 
imkoniyati sifatida qolib ketadi. Rus psixologi N. N. Ladigina-Kots (1889—1963) 
ning tajribalarida Paris degan shimpanze ichiga xo‗rak solingan iaychani olishi 
bilanoq, naychaning ichiga kiritish uchun yarotush bo‗lgan, ishlatishga qulay 
qurolni tanlashga tushardi. Bunda Paris turli belgilarni — narsalarning shakli, 
uzunligi, kengligi, qalinligini ajrata bilardi. Agar mos keladigan narsa topilmasa, 
Paris yonida yotgan daraxt shoxlaridan yon shoxlarim yulib olar, enli taxtadan 
payraxalar ajratib chiqarar, buklangan simlerni to‗g‘rilar, xullas, maymun «qurol 
yasar edi. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin