2. Assotsiativ o‘rganishlar. Bu o‗rganishlarga klassik va instrumental
shartli reflekslar kiradi. Shartli reflekslar I.P.Pavlov tomonidan ishlab chiqilgan.
Shartli signal bo‗lishi uchun oldin u hayvon uchun indiferent bo‗lishi kerak. Bu
signalni (qo‗ng‘iroqni) shartsiz signal (ovqat) bilan qo‗shib berilishi natijasida
shartli refleks sodir bo‗ladi. Shartli reflekslar 1 va2 ta tipli bo‗lishi mumkin.
Signal-pedal-ovqat tartibidagi reflekslar instrumentli reflekslar deyiladi. Bunda
hayvon shartli signallardan tashqari ma‘lum operant refleklar ham deyiladi.
Labirint reflekslari ham shu reflekslarga kiradi.
3. Kognitiv o‘rganishlar. Bu o‗rganishlar hayvonlarni hayot tajribasiga
to‗g‘ridan-to‗g‘ri bog‘liqdir. Bu o‗rganishlar 3 xil bo‗ladi: obrazli (psixonerv) fe‘l-
atvorlar, elementar fikirlashlar, oldindan ko‗ra olish elementlari. Bu o‗rganishlarni
har birini alohida ko‗rib chiqamiz.
a) Obrazli psixonerv faoliyat. 1975 yili I.S.Beritashvili tomonidan
aniqlangan. Bu o‗rganishlarni qisqa ma‘nosi shundan iboratki, itni bir xonaga olib
kirib ma‘lum bir joyda ovqat berilsa shu joyni u eslab qoladi. Itni ikkinchi marta
shu xonaga olib kirishsa u ovqat egan joyga borib ovqatni izlaydi. Demak itda
ovqat egan joyini obrazi paydo bo‗lgan. Bu o‗rganishlar bir martadayoq hosil
bo‗ladi, kompleks ta‘sirlardan bittasi bo‗lib ham tiklanadi, butun hayoti davomida
ham qolishi mumkin, tez avtomatlashadi, markazi neokorteksda joylashgan,
uchishi qiyn bo‗ladi.
b) Elementar fikrlashlar. 1977 yili L.V.Krushinskiy tomonidan
aniqlangan. Bu o‗rganishlarni asosida o‗rganishlar, instinkt, fiklash qobiliyati
yotadi. Bu xonani ichiga to‗siq qo‗yiladi. To‗siqni o‗rtasi ochiq bo‗lib unda ovqat
ko‗rinib turadi, lekin it uni eya olmaydi. Itni ko‗zi oldida ovqat chap yoki o‗ng
tomondan chiqishini mantiqan elementar tarzda fikrlab topadi.