Mavzu. Zoopsixologiya


Fikran qaror qabul qilish davri



Yüklə 362,24 Kb.
səhifə8/13
tarix07.01.2024
ölçüsü362,24 Kb.
#204123
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Mavzu. Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyaga kirish. Hayvonlar

Fikran qaror qabul qilish davri. Hayvon yuqoridagilarga tayanib fikran bir qarorga keladi.

d) Natijalar aktseptori davri. Bu davri. Bu darvrda bajariladigan ishlarnI dasturi tuziladi. Xotira faollashgan bo‗ladi. Ehtiyojlar hisobga olinadi, bu ehtiyojlarni qondirish usullari o‗ylab chiqiladi. Paydo bo‗lgan maqsad impulslari bosh miyadagi Peypes doirasida doim uchmasdan aylanib turib maqsadni yuqotmasdan turadi.
g) Efferent sintez davr. Bu davrda xatti-harakatlar dasturlashadi.
Bu davrda somatik va vegetativ aktlar bajariladi. Maqsad va uni amalga oshirish ishlab chiqiladi. Bajarilgan aktni parametrlari teskari afferkntatsiya natajasida ilgari ishlab chiqilgan dastur bilan solishtiriladi. Agar u ilgari ishlab chiqarilgan dasturni bajarilishiga mos tushsa hayvon tinchlanadi. Agar bu tushmasa hayvon tinchlanmaydi va u o‗z xatti-harakatini korrektsiyalab boshqatdan dastur ishlaydi uni amalga oshiriga kirishadi. Agar mo‗ljallangan akt bajarilsa hayvonda qoniqish paydo bo‗ladi. Fuktsionl sistemalarni amalga oshishida emotsiyalar muhim rol o‗ynaydi. Emotsiyalar va situatsion emotsiyalar. Ehtiyojlar asosiy emotsiyalarni real natijalarni dastur bilan solishtirish natijasida situatsion emotsiyalar sodir bo‗ladi. Oxirgisi manfiy yoki musbat bo‗lishi mukin. Bu erda musbat emotsiyalarni roli juda muhimdir. Fuktsional sistemalar orqali shunday qilib har qanday hayvonda harkanakangi fe‘l-atvor reaktsiyalarini tushintirsa bo‗ladi.
Organizmni tugulmasdan oldin paydo bo‗lgna nerv aloqalari uni tug‘ma faoliyatini belgilaydi. Tug‘ma faoliyat bo‗lishi uchun shu faoliyatni vujudga keltiruvchi va uni amalga oshiruvchi mexanizmlar perinatal ontogenezda tayyor holda kelishi kerak. Bunday reflekslarni shartsiz reflekslar ham bed ataladi (Pavlov). Bu reflekslar nisbatan doimiy bo‗lib organizmdagi o‗zini retseptiv maydonlariga ta‘sir etishi natijasida stereotip holda sodir bo‗ladi. I.P.Pavlov quyidagi shartsiz reflekslar mavjud hisoblangan ovqatlanish, mo‗ljallash, to‗plash, ehtiyotkorlik, erkinlik, tekshiruv, o‗zini jonini himoya qilish, agressiya, qorovullik, o‗yin, jinsiy, ko‗chib yurish, ijtimoiy. N.A.Rojanskiy bunda reflekslar 24 ta bo‗ladi deb hisobladi. Lekin bu reflekslar vegetativ funktsiyalarni o‗z ichiga olmagan.
A.D.Slonim shartsiz reflekslar 3 guruhga bo‗linadi va ular quyidagilardir: ichki muhit doimiyligini saqlash, tashqi muhit o‗zgarishiga mos keladigan refleslar, turni dunyoda saqlashga qaratilgan reflekslar. Yu.Konorski shartsiz reflekslarni organizmni saqlovchi (kuchini saqlagani uyqu, avlodini saqlash, tanasini saqlash va x.k). mo‗ljal reflekslariga bo‗lgan. P.Simonov bu reflekslarni vital, zoosotsial (rollli), o‗zini rivojlantirish reflekslariga bo‗lagan. Hozirgi paytda quyidagi shartli reflekslarni xillari bor deb hisoblaniladi.
1.Elementar reflekslar: bosh va orqa miya reflekslari kiradi. 2.Koordinatsiyalovchi reflekslar: oyoq-qo‗lda ish bajarishdagi avtomatik
reflekislar masalan: yurish.

  1. Integarativ reflekslar: harakatni vegetaiv organlar ishi bilan muvofiqlashtiradi.

  2. Mo‗ljal reflekslari: harakatni va yangi sharoitda hosil bo‗ladi.

Instinkt bu tug‘ma kompleks xatti-harakatlari bo‗lib hayvonni tashqi va ichki sharoitlariga tubdan moslaydi. Ko‗rincha instinkt stereotip holda bo‗ladi. Bu harakatlarni unga hech kim o‗rgatmagan va ular nasldan - nasilga o‗tadi. Misol: Kolyushka balig‘ini erkagi urg‘ochilarini naychaga tuxum qo‗yishga majburlaydi. Bir yoki bir necha urg‘ochi kolyushka naycha ichiga tuxum qo‗yganidan so‗ng erkak bularni otalantiradi, so‗ngra usha joydan ketmasdan uni qorovullaydi, doim har 30 sekund davomida naychaga havoga to‗yingani suvni xaydab turadi. Tuxumlar rivojlanib borgan sari kolyushka tomonidan suvni xaydashi tezlashadi. Nemis zoologi Sigler (1911) instink irsiy belgi, o‗rgatish kerak emas, hamma tur individlarida bir xil, tana tuzilishiga mos va nihoyat tabiiy yashash sharoitiga moslashgan bo‗ladi.
Baliqlarda instinkt oraliq va o‗rta miya, amfibiyalar reptilyalar bosh miya orqali, qushlarda targ‘il tana, sut emizuvchilarda esa bosh miya instinktni boshqaradi. Yashash sharoitini ontogenezda o‗zgarishi instinkt reaktsiyalarini o‗zgarishiga olib kelishi mumkin.
Instinkt turlari: ovqatlanish instinkti, markazi - och qolganda - dars -sal ginokamp, to‗rsimon miya, talamusni boshqa yadrolari. To‗yganda - medial
gipotalamus. O‗zini himoya qilish - markazga gipotalamus va bazal gangliyallar. Jinsiy intinkt -markazi gipotalamus. Emotsiya bu instinktni sezgi, his-tuygularidan bir belgi bo‗lib namoyon bo‗ladi. Uning markazi lambik sistema va miya stvolida.
Hozirgi payitda instinkt sxemasi quyidagicha qabul qilingan: Stimul - retsepsiya
- sensor sistema - xulq - atvorini ishga solish va nazoratni -harakat dasturlari - xulq
- atvori.
Bundan tashqari maxsus modullovchi sistema mavjud bo‗lib u bosh miyada sensor sistema va xulq -atvorni ishga solish sistemalari o‗rtasida joylashgan bo‗ladi.
Yu.Konorski (Polsha) instinktlarini tushuntirish uchun daryva nazariyasini ishlab chiqdi. Bu ta‘limotga ko‗ra, miya funktsiyasi 2 ga bo‗linadi: a) Tayyorlavchi mexanizmlar b) Ijrochi mexanimzmlar. Bu mexanizmlar instinkni bajarilishiga olib keladi. Bular motivatsiyalar, ochiq, suvsirash, qo‗rqish, jangari bo‗lish va x.k. Drayvga qarshi antidrayv ham bor. Dray va antidriay kurash emotsiyani aniqlaydi. Har qaysi drayv yoki aitidrayv ma‘lum bir emotsiyan belgilaydi.

Instinktiv harakatlar turli xildagi kup sonli qo‗zg‘atuvchilarning aks etishini ta‘min eta olmaydi va shunga kura umurtqalilarning aks ettirish imkoniyatlarini cheklab qo‗yadi. Umurtqalilarda naychali nerv sistemasi (orqa va bosh miya bilan qo‗shilib) rivojlangan bo‗lib, shu tufayli ularda tashqi muxitni asliga ancha o‗xshaydigan tarzda aks ettirishning potentsial imkoniyatlari oshadi. Ganglioz nerv sistemasiga ega bo‗lgan hayvonlarga nisbatan umurtqali hayvonlarda retseptorlar yanada takomillashib, tobora ko‗proq maxsuslashib boradi. Evolyutsiya natijasida erishiladigan ana shu barcha ichki imkoniyatlar atigi birgina instinktiv harakatlarni keltirib chiqarish uchun foydalanilmaydi, albatta.


Yuksak taraqkiy etgan hayvonlarda, ayniqsa sut emizuvchilarda, xatti- xarakatning yangi, ancha nafis shakllari birinchi darajali ahamiyat kasb etmoqda. Bir turga mansub xayvonlarda muvakqat bog‘lanishlarning hosil bo‗lishidagi individual farqlar instinktning namoyon bo‗lishidagi individual farqlarga qaraganda ancha sezilarli bo‗lib bormoqda. Bir xil xayvonlarda shartli bog‘lanishlar nisbatan tez, boshqalarida sekin hosil bo‗lishi mumkin. Soddaroq hayvonga qaraganda umurtqali xayvonlarda shartli bog‘lanishlar mislsiz kup hosil bo‗ladi. Xayvon evolyutsion taraqqiyotning yuqori bosqichiga ko‗tarilgan sari, xosil bo‗ladigan shartli boglanishlari shuncha murakkabrok va yana ham nafisroq bo‗lishi mumkin.
Baliqlarda shartli bog‘lanishlar ancha tez hosil bo‗ladi. SHartli bog‘lanishning hosil bo‗lishi uchun yorug‘lik, rang, narsaning shakli, shuningdek tovush va ta‘m belgilari signal bo‗lib xizmat qilishi mumkin. Lenin bu bog‘lanishlar tez
o‗zgarmaydigan bo‗ladi. CHunonchi, cho‗rtanbalihda mayda baliklarni ovlashga oid shartli refleks osongina hosil bo‗ladi. Lekin bu refleksini susaytirish juda kiyin. Eksperimentda mayda baliqlar cho‗rtanbaliqdan shisha bilan alohida ajratib qo‗yilganda yirtkich baliq yangitdan vaktinchalik bog‘lanish xosil kilmagunga qadar uzok vaqt davomida shishaga urilib turdi, shisha olib qo‗yilgandan keyin esa yangi borlanish ham o‗z navbatida uzoq vaqt saqlanib turdi. SHundan keyin cho‗rtanbaliq yonida suzib yurgan mayda baliqlarga umuman ahamiyat bermay ko‗ydi.
SHunday qilib, shartli bog‘lanishlar ham holatlar o‗zgarganda hayvon xatti- xarakatini nisbatan kam o‗zgartirishi mumkin.
Jonli materiya aks ettirishning rivojlanishida navbatdagi bosqich — xatti- xarakatning yangi belgilarini mustaqil xosil qilishga asoslangan nafis individual xatti-xarakatning yanada murakkabroq shakllarini chiniqtirshidir. Nafis individual harakat uchun muhitning ayrim xususiyatlarigina (harorat, rang, hid) emas, balki butun bir konkret vaziyatlar tahlil va sintez qilinishi shart.
Chunonchi, agar tovuqning oldida don sepib, uni turli rama bilan to‗sib qo‗yilsa, tovuq ushbu to‗rga o‗zini ura boshlaydi. Holbuki, tarakqiyotning yuksak bosqichida turuvchi qushlar (masalan, qarg‘a, zag‘izgon yoki quzgun) bunday vaziyatda o‗zlarini boshqacha tutishadi: tur orqasidagi donni olish uchun urinishda dastlabki muvaffaqiyatsizlikka uchragach, ular to‗siqni aylanib o‗tib, donni cho‗kiy boshlashadi.
Birinchi holatda xatti-harakat instinktiv programmaga asosan bo‗lgan bo‗lsa, ikkinchi xolda xatti-xarakat bevosita vaziyatni tahlil qilish natijasida ro‗y berdi.
Xatti-harakatning ikkinchi tipi ayniqsa sut emizuvchilarda yaqqolroq namoyon bo‗ladi. Bunday xayvonlar endi butun bir vaziyatlarni idrok etib, tahlil qila boshlaydi, o‗z xatti-harakatlarini to‗g‘rilab, o‗zgarayotgan shart-sharoitlarga moslasha boshlaydi. Yuksak tarakqiy eggan hayvonlarda xatti-harakatning instinktiv shakllari bilan bir katorda o‗zgaruvchan individual shakllari — malakalar va intellektual xatti-xarakatlar ham mavjud bo‗ladi. Malakalar deganda hayvonlarning shartli bog‘lanishlariga asosan bajaradigan va avtomatik tarzda takrorlanadigan xatti-harakat tushuniladi. Malakalar xuddi instinktlarga o‗xshab rivojlanishning nisbatan quyi boskichlarida ham bo‗ladi, lekin anik, ifoda etilgan malakalar faqat bosh miya qobig‘i bo‗lgan xayvonlardagina namoyon bo‗ladi.
Hayvonlarning malakalari tarkibiga kiradigan harakatlantiruvchi elsmentlar turning o‗ziga xos tajribasini takrorlaydigan tug‘ma xarakatlardan iborat bo‗lishi ham, shuningdek tasodifiy xarakat namunalarining takrorlanishi jarayonida ko‗nikma xosil bo‗lgan harakatlardan iborat bo‗lishi ham mumkin. Quyidagi fakt birinchi turdagi xarakatlarga misol bo‗la oladi.
O‗rgatuvchi quyonni nog‘ora chalishga osongina o‗rgata oladi. Bu xarakat turning o‗ziga xos bo‗lgan harakati hisoblanadi: yilning ma‘lum bir paytida barcha quyonlar o‗rmonda to‗nkalarni, yerda ag‘darilib yotgan daraxtlar va boshqa narsalarni «chala boshlashadi». Zanjirdagi itning harakat reaktsiyalarini ikkinchi xildagi harakatlariga misol kilib ko‗rsatish mumkin. Tajriba quyidagi tarzda o‗tkazildi. It bo‗ynini cho‗zsa xam olmasligini bilgan holda uning oldiga bir parcha go‗sht tashlashdi. Go‗sht parchasi ipga borlangan bo‗lib, ikkinchi uchini it panjalari bilan tortishi mumkin edi. It bir necha muvaffaqiyatsiz harakatlardan so‗ng tasodifan ipning uchidan tortib, go‗shtni egallab olishga erishadi. Bu harakat eslab holindi va keypnchalik har gal it go‗sht bog‘langan ipni o‗ziga tortadigan bo‗lib qoldn. Bir gal go‗sht bog‘langan ipning uchiga itning oldingi oyoklari yetmaydigan kilib tashlandn. It oldingi oyoklari bilan npii tortishga bir necha bor muvaffaqiyatsiz uringandan keyin orqasiga o‗tirilib, ipni orka oyog‘i bilan tortib oldn.
Bu fakt hayvonlarda hosil bo‗lgan malakalar o‗zgartirilgan vaziyatda ham takrorlanishi mumkinligi haqidagi qoidani tasdiqlaydi. Misol qilib ko‗rsatilgan holatda eksperimentning shart-sharoitlari murakkablashtirilib, it bu yangi vaziyatga ipga qadar yetishga imkon tug‘dirishi mumkin bo‗lgan malakani oldingi oyog‘idan orka oyog‘iga ko‗chirish bilan munosabat bildiradi.

SHunday qilib, malakalar bir-biridan jiddiy ravishda farq qilishi mumkin: bir xil holatda ular avtomatik takrorlanishiga ko‗ra instinktlarga yaqin tursa, boshqa bir holda intellektual xatti-harakatlarga yaqinlashib ketadi.
Ayrim narsalar o‗rtasidagi murakkab munosabatlarning aks ettirilishi intellektual xatti -harakatlar negizini tashkil etadi. Quyidagi tajriba intellektual xatti-harakatga misol bo‗la oladi.
Tajriba o‗tkazilgan asbob ikkita bo‗sh naychadan iborat edi. Naychadan bittasiga qarg‘aning ko‗z o‗ngida ipga bog‘langan xo‗rak—bir parcha go‗sht joylashtirildi. Qarg‘a xo‗rakning naycha ichiga kiritilganini, ikkinchi naychaga o‗tadigan joydagi yoriqdan bir lahza paydo bo‗lib, ikkinchi naycha ichiga kirib ketganini ko‗rdi. Qarga shu zahotiyoq ikkinchi naychaning oxiriga sakrab bordi va xo‗rakning paydo bo‗lishini kutib turdi. Keltirilgan misol shuni ko‗rsatadiki, yuksak taraqqiy etgan hayvonlar narsalar o‗rtasidagi munosabatlarni payqash qobiliyatiga va mazkur vaziyatning natijasini oldindan bilish.
Olimlar yuksak taraqqiy etgan hayvonlar orasida primatlarni (odamsimon maymunlarni) alohida o‗ringa qo‗yadilar. Primatlar ko‗plab boshqa sut emizuvchilardan farqli o‗laroq, faqat ozuqa emas, balki turli xildagi narsalar vositasida qilingan xiylalarga xam befark karab turishmaydi. Bu xildagi qiziqishni
«qat‘iy» va «beg‘araz» qiziqish (I. P. Pavlov), «tadqiqot impulьsi» (Ya. Yu. Voytonis) deb atashadi. Maymunlarda bu xildagi faoliyatning faolligi ko‗rish qobiliyatining yuksak darajada rivojlangani bilan qo‗shilib, ularning idrok etish doirasini beqiyos kengaytirib, tajribasini behad oshirib yuboradi va malakalarning xosil qilinishi uchun, xatti-harakatlarning murakkab turlari paydo bo‗lishi uchun boshqa xayvonlardagiga qaraganda anchagina kuchli negiz yaratadi.
Maymunlar intellekti (aqli) ular bajaradigan vazifalarning faqat murakkabligi bilan emas, balki ular faoliyatining yo‗naltirilganligi bilan ham belgilanadi. Maymunlar qo‗liga tushgan narsani soatlab titib o‗tirishi, odamni qafasiga har xil usullar bilan maxliyo etishi, sudralib ketayotgan qurt-qumursqalarni kuzatishi mumkin va xokazo. Maimunlar xatti-harakatining bunday xususiyatlariga ega ekanligi ularning hayot kechirish usuli bilan izohlanadi. Tabiiy sharoitlarda maymun oziqa izlab, uzluksiz ravishda «tekshirish» faoliyati bilan mashg‘ul bo‗ladi. Yovvoyi shimpanzelarda «taomlarning» sakson bitta xili mavjud. Ularnikg yarmisi meva-chevalar bo‗lsa, to‗rtdan bir kismi barglardan iboratdir. Qolgan qismini don-dun, gullar, poyalar, daraxt po‗stlog‘i tashkil etadi. Shimpanzelar bulardan tashqari hasharotlar va qurt-kumursqalar bilan oziqlanadi. Onda-sonda ularning «dasturxonida» kaltakesaklar, mayda kemiruvchilar, ba‘zan esa yirik hayvonlar ham bo‗lib turadi. Bundan shu narsa tushuniladiki, maymunlarda mo‗ljal olish-tadqiqotchilik xatti-xarakatining yuksak darajada taraqqiy etganligi, ularning istalgan ob‘ektlarga karatilgan qiziqishlari aniq shakllangan biologik asosga egadir. Maimunlar iste‘mol qiladigan mevalarning turli-tuman shaklga va tusga egaligi ular tomonidan faqat farq qilinadigina emas, balki shartli reflekslar hosil bo‗lishi natijasida tegishli ta‘m belgilari bilan ham boglanadi. Maymun ovqat izlayotib, mevalarning iste‘mol kilish mumkin bo‗lganlarini iste‘mol qilib bo‗lmaydiganlari va zaharlilaridan bexato ajratadi.
Maymunlar ovqatining rang-barangligi ularning analizatorlik qobiliyatini oshiradi. Maymun shu qadar rang-barang ovqatlana boshlagach, endi oziqaning qat‘iyan belgilab qo‗yilgan turlariga yoki ovqatlanishning muayyan bir vaziyatiga ins-tinktiv ravishda munosabat bildirib qola olmaydi. Har gal u xammasini va atrofdagi hamma narsani tekshirnshi va shu tarzda o‗ziga kerakli ozikani topishi lozim bo‗ladi.

Maymunlarning bu xildagi xatti-harakatlarnning boshqa xayvonlarga nisbatan yuksak darajada rivojlanganligi primatlarda qo‗l tipidagi oldingi oyoqlarning mavjudligi bilan ham belgilanadi. Qo‗li borligi uchun ham maymunlar atrofdagi narsalar bilan juda ham murakkab munosabatlarga kirishish imkoniyatiga egadir. Ana shuning uchun ham maymunlarda qolgani boshqa hayvonlarda mavjud bo‗lmagan juda ko‗plab muvaqqat bog‘lanishlar (assotsiatsiyalar) hosil bo‗ladi. Faol mo‗ljal olish tadqiqotchilik xatti-harakati zamirida maymunlarda aks ettirishning turli-tuman vositalari paydo bo‗ladi. Ma‘lum sharoitlarda maymunlarda xatti-xarakatning instiiktiv shakllari namoyon bo‗ladi. Boshqa umurtqalilarda bo‗lgani kabi maymunlarda instnnktiv reaktsiyalar oddiy omil tufayli yuz berishi mumkin. Amerikalik olimlar G, Xarlou, M. Xarlou, S. Suomilarning tadqiqotlari yangi tug‘ilgan maymun bolasi sun‘iy onaning ayrim turlarigagina haddan ziyod ixlos qo‗yishi mumkinligini ko‗rsatdi.
Tajriba quyidagi tarzda olib borildi. Makaka maymunyning yangi tug‘ilgan bolalarini xuddi hakiqiy onasining kattaligida qilib ishlangan sun‘iy ona bilan birga kafasga solib qo‗yildi. Maymunchalarning biriga metall karkasdan yasalgan «ona», ikkinchisiga yog‘och tsilshirdan yasalib, tukli mato bilan o‗ralgan «ona» to‗g‘ri keldi. Yumshoq onalik maymuncha kup vaqtini uning yonida o‗tkazdi, uni goh quchoqlar, goh uning ustiga ham chiqib ketardi. U har gal biron xavf tug‘ilsa onasining himoyasiga qochib borgan. Metall ona tekkan maymuncha esa juda qiynaldi. Tadqiqotlar shuni ko‗rsagdiki, maymunlarning bolalari sut bergan simli onadan kura sut bermasa ham matodan yasalgan onani afzal ko‗rishi aniklandi.
Matodan yasalgan onalar maymunchalarda badastirlik hissini — xavfsizlik va ishonch, hissini uyg‘otadi.
Biroq yuksak taraqqiy etgan katta maymunlarning instinktiv xatti-harakati bir hujayrali tuban hayvonlar instiktidan jiddiy farq qiladi. Yuksak taraqqiy etgan maymunlar (jumladan, shimpanze)da xatti-harakatning uya qurishdek turma shakli mavjuddnr. Tabiiy sharoitlarda ular har kuni daraxtlarda shox-shabbalardan uya qurishadi. Kuzatishlar shuni ko‗rsatdiki, maymunlar uya qurishda materiallarni tanlash chog‘ida amaliy tahlilea binoan ish ko‗rishadi.
Tadkiqot jarayonida maymunlarning binokorlik «faoliyati» kemiruvchilar (kalamush)ning uya qurishi bilan taqqoslab ko‗rildi. Qattiqligi turlicha materiallar, jumladan, daraxt shoxlari va kog‘oz mavjud bo‗lgan xolda shimpanze ham, kalamushlar ham uyani bir xil tipda, ya‘ni uyaning asosiy qismini qattiq materiyaldan yasab, ichiga ancha yumshoqroq material to‗shaydi. Agar shimpanzega va kalamushga faqat yumshoq material berilsa, u holda ikkalasi ham uyani shu materialdan kurishga kirishadi. Lekin ular tavsiya qilingan materialdan uyalarini yasab bo‗lganlaridan keyin ularga ancha dag‘alroq material berilsa, u xolda xayvonlarning reaktsiyalarida darhol sifat farq ko‗rinadi. SHimpanze ancha dag‘al materialga ega bo‗lganidan keyin shu zahotiyoq uyasini qayta qurishga kirishadi. Yumshoq materialdan kurilgan inshootni qo‗li bilan bir chekkaga surib qo‗yadi za ancha dag‘al materialdan uyaning asosini qura boshlaydi. SHundan keyingina u yumshoq materialdan foydalanadi, uni uyasining ichki yuzalariga to‗shaydi. Kalamushlar xuddi shunga o‗xshash vaziyatda qurilishni davom ettiradilar, dag‘al materialni yumshoq material ustidan to‗shay beradilar.
Shunday qilib, uya qurish maymunlarda garchi instinktiv xarakatlar natijasida amalga oshirilgan bo‗lsa ham, bu harakatlar tashqi shart-sharoitlar xisobga olingan xolda yuz berdi.
Maymunlarning individual tajribada hosil qilgan xatti-harakatlari o‗ziga xos xususyyati bilan ajralib turadi. Maymunlarda va ancha tuban hayvonlarda malakalarning hosil bo‗lnshini kuzatgan tadqiqotchi ba‘zan shunday ajablanadigan faktga duch kelishi mumkinki, ancha tuban umurtkali hayvonlarda malakalar maymunlarga qaraganda tezroq paydo bo‗ladi. Bu fakt malaka tezroq hosil bo‗ladigan hayvonlarga Karaganda maymunlar ancha sodda degan ma‘noni anglatmaydi. Gai shundaki, maymunlar u yoki bu narsalarni va ularning atrof- muhitdagi iisbatini sezishga layoqatli bo‗lib, ularga ta‘sir ko‗rsatiщ imkoniyatiga egadir. Ularning xatti-xarakatlari esa ko‗pincha ushbu kobiliyat bilan belgilanadi. SHunday ham bo‗ladiki, maymunning «beg‘araz» qiziquvchanligi dikqatini uning o‗zi eksperimentdan o‗tkazilayotganiga jalb qilishga qo‗ymaydi. Ko‗pincha uni
«problema qutisi»ga yashirib qo‗yilgan xo‗rakdan kura iste‘mol qilib bo‗lmaydigan narsalar ko‗proq qiziqtirib qoladi. Lekin maymunlarda mustahkam
shartli bog‘lanishlar hosil bo‗layotgan holda ular xuddi boshqa yuksak taraqkiy etgan hayvonlardagi kabi bir xilda yuz beradi.
Rafaelь ismli shimpanzeda o‗tkazilgan qator tajribalardan bir jihatini ko‗rib chiqamiz. Qutiga yashirib qo‗yilgan mevalar oldida spirt lampasi yoqib qo‗yilgan. Rafaelь mevani olish uchun necha bor urinishlaridan birida tasodifan shamchiroq ustida turgan suvli idishning jo‗mragiga tegib ketdi. Jo‗mrakdan tushgan suv alangani o‗chirdi. Har qolindi. Yangi vazyyatda suvli idish bir chekkaga qo‗yi uringanidan so‗ng Rafaelь bu vazifaning ham uddasidan suv to‗ldirib, uni alangaga qarab sepdi.
Hayvon harakatning o‗zlashtirilgan usuli (malaka)ni yangi vaziyatga ko‗chirdi. To‗g‘ri, bu xildagi harakat nomaqbul (solatrofida suv bor!) hisoblanadi. Lekin u biologik jixatdan o‗rinlidir. Omonat ko‗prikchadan harakat qilish maymun uchun ortiqcha jismoniy qiyinchilik tug‘dirmaydi. SHu boisdan ham eksperimentda sodir qilingan vaziyat shimpanze uchun hal etilishi aql-idrokning ishga solinishini talab qiladigan problemali vaziyat bo‗lgani yo‗q. Munosabat bildirishning ancha bir xil usuli sifatida instinktlar va malakalar hayvon organizmini ortiqcha zo‗riqishdan saqlaydi. Hayvon tsatorasiga bir necha bor muvaffaqiyatsizlikka duch kelgandan keyingina masalani hal qilishning yuksakroq darajadagi usuliga, ya‘ni intellekt (aql-idrok) bilap ish ko‗rish usuliga murojaat tsiladi. Birok, vujudga kelgan vaziyat hayvonlar uchun kamdan-kam holda problemaga aylanadi va, binobarin, ancha yuksak, idrokni ishlatiladigan darajada aks ettirish alohida zarurat sifatida namoyon bo‗lmaydi. Intellektual xatti-harakat qayvonlarning ko‗pincha yashirin imkoniyati sifatida qolib ketadi. Rus psixologi N. N. Ladigina-Kots (1889—1963) ning tajribalarida Paris degan shimpanze ichiga xo‗rak solingan iaychani olishi bilanoq, naychaning ichiga kiritish uchun yarotush bo‗lgan, ishlatishga qulay qurolni tanlashga tushardi. Bunda Paris turli belgilarni — narsalarning shakli, uzunligi, kengligi, qalinligini ajrata bilardi. Agar mos keladigan narsa topilmasa, Paris yonida yotgan daraxt shoxlaridan yon shoxlarim yulib olar, enli taxtadan payraxalar ajratib chiqarar, buklangan simlerni to‗g‘rilar, xullas, maymun «qurol yasar edi.

Yüklə 362,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin