Hayvonlarniyashashivarivojlanishiuchunularma’lumbirxattiharakatlar o‘rganishi kerak. Bu o‗rganishlar indivilual harakatlarga ega bo‗ladi. O‗rganish paytida hayvon uchun optimal bo‗lgan xatti-harakatlar tanlanadi. O‗rgangan xatti-harakatlarni bahosi - bu olingan natijadir. Agar natija hayvon uchun qoniqarli bo‗lsa o‗rganilgan narsa mustahkamlanadi, bordi-yu o‗rgangan harakat qoniqarsiz bo‗lsa qaytadan o‗rganiladi. O‘rganishlar3-xilbo‘ladi:assotsiativ o‘rganishlar, noassotsiativ o‘rganishlar va kognitivo‘rganishlar. Bu o‗rganishlar hayvonlarni turli yosh davrlarida amalga oshiriladi.Yosh hayvonlarda tashqi va ichki signallar to‗plamiga fakt javob berilganligi uchun
stimulga bog‘liq bo‗lgan noassotsiativ o‗rganishlar sodir bo‗ladi. Hayvonlarni yoshi katta bo‗lib borgan sari ular uchun tashqi va ichki signallarni ahamiyati ortib boradi. Ularni tobora aniq va nozik tomonlarin sezib boradi. Tashqi va ichki signallar xatti-harakatlar bilan birlashmalar (assotsiatsiyalar) hosil qiladi. Bu assotsiativ o‗rganishlardir. Tajribali hayvonlarda oliy shakldagi o‗rganishlar sodir bo‗lib o‗rganishlar kognitiv o‗rganishlar deyiladi. Biz quyidagi bu o‗rganishlarni xillarini alohida-alohida ko‗rib chiqamiz.
Noassotsiativ o‘rganishlar:
Summatsiya. Turli xil sodda hayvonlarda shartli reflekslarga o‗xshash fe‘l- atvorlar mavjud. Bular ma‘lum bir marshurutni bilishi, to‗planadigan joylarni bilishi, yesa bo‗ladigan narsalarni yesa bo‗lmaydiganlardan ajratishi va x.k. Bu reaktsiyalarni chuqurroq o‗rganish shuni ko‗rsatdiki, ular uzoq saqlanmaydi, ularni paydo qiluvchi ta‘sirlar maxsus summatsiya jarayoni tomirigacha buziladi. Ta‘sirlarga javob reaktsiyasini yengillashishini fazilitatsiya, ta‘sirlarga organizmni sezgirligini ortishini sesitizatsiya deyiladi. Bu jarayonlar summatsiya reaktsiyalari paytida birga uchraydi.