Orka kamera. Orka kamera irido-gavxar diafragmasi (lens iris diaphragma) deb nomlangan
soxada joylashagan bulib, uning uzluksizligi fakat rangdor parda korachik chekkalari va gavxarning
oldingi yuzasi orasidagi yupka kapillyar yorik orkali buziladi. Normada bu yorik oldingi va orka
kameraning «aloka» kiladigan soxasi xisoblanadi. Patologik jarayonlarda (masalan, ko`zning orka
kismidagi usib boruvchi usmada, glaukomada) irido-gavxar diafragmasi butunligicha oldinga siljishi
mumkin. Korachik blokadasi deb nomlangan gavxarning rangdor parda orka yuzasiga yopishishi ikkala
kameraning ajralishiga va KIB ning oishishiga olib keladi. Zalsman topografik xususiyatlar asosida orka
kamerani bir necha kismlarga buladi:
1) Prezonulyar bushlik – rangdor parda, gavxarning oldingi yuzasi va oldingi zonulyar tolalar
orasidagi bushlik;
2) Gavxararo bushlik – siliar usiklar chukkisi va gavxar ekvatori orasidagi xalkasimon bushlik;
orkadan u shishasimon tananing membrana hyaloidea siga, oldindan gavxarning oldingi
kapsulasiga boruvchi oldingi zonulyar tolalar bilan birikadi.
3) Siliar botiklik – uzida siliar tana usiklari orasidagi ichki tomondan shishasimon tananing
chegaralangan qavati bilan koplangan kanallardan iborat; ular orkali zonulyar tolalar utadi.
4) Orbikulyar soxa – tashkaridan siliar tana sillik kismi (orbiculua ciliaris) va ichki tomondan
shishasimon tananing chegaralangan qavati orasidagi nozik yorik ko`rinishidagi periferik soxa
Orka kamera oldingi kamera singari kamera suyukligidan tashkil topgan.
Oldingi kamera burchagi va ko`zning drenaj apparati. Kamera suyukligi va uning dinamikasi. Oldingi kamera soxasida uning xalkasimon joylashgan periferik kismi aloxida axamiyatga ega. Bu
soxani oldingi kamera burchagi yoki kameraning filtratsion burchagi deyiladi. Fiziologik sharoitlarda u
kamera suyukligining almashinuvida ishtirok etadi. Oldingi kamera burchagining patologik xolatlari KIB
ning buzilishiga sharoit yaratadi. Oldingi kamera burchagini tashkaridan ko`z fibroz kapsulasi bilan
chegaralangan. Orka devorini esa rangdor parda ildizi, chukkisida siliar tananing kichik kesimi tashkil
kiladi. Skleradagi burchak chukkisidan uncha chuko`r bulmagan, xalkasimon tarnovcha - sulcus sclerae
internus utgan. Tarnovchaning orka kismi bir kancha kalinlashgan va skleraning aylana tolalari xisobiga
shakllangan skleral valikni xosil kiladi (gonioskopda ko`rinadigan orka chegaralangan shvalbe xalkasi).
Skleral valik siliar tana va rangdor pardani ushlab turuvchi boylamlarning birikkan soxasi – trabekulyar
apparat xisoblanadi. U gubkasimon tukima ko`rinishda skleral valikning oldingi kismini, orka kismidan
shlemm kanalini koplab turadi. Trabekulyar apparat 2 kismdan iborat: trabekulyar apparatning kup
kismini egallaydigan sklero-korneal kism (lig. Sclero-corneale) va nozik, uveal kism.
Trabekulyar apparatning sklero-korneal kismi murakkab strukturaga ega uralib ketgan
trabekulalar turidan iborat. Xar bir trabekula markazida kisman shox pardadan, kisman skleradan
utadigan kollagen tolalar mavjud. Ular tashki tomondan gomogen shishasimon qavatdan tuzilgan futlyar
bilan koplangan.
Trabekulyar apparatning uveal kismi oddiy va kuchsizrok tuzilgan. Unda elastik tur mavjud emas.
Shlemm kanali esa skleral tarnovcha tubi buylab aylana ko`rinishida utadi. Kanal yakka xolda, kengligi
0,25 mm, ba’zi joylarda keyin bir uzanga kushilib ketadigan kanalchalarga bulinadi. Shlemm kanali ichki
tomondan endoteliy bilan koplangan.
Shlemm kanalining tashki tomonidan murakkab anastamoz turini xosil kiladigan ba’zi joylari
keng, varikoz kengaygan tomirlar utgan (20-30-40 tagacha).