Mavzu№1. Ko‘rish analizatori va uning yordamchi a’zolari klinik anatomiyasi va fiziologiyasi



Yüklə 321,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/29
tarix27.12.2023
ölçüsü321,41 Kb.
#200456
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
Таркатма-материал

Blefaritlar 
Blefarit – qovoq, qirg‘oqlarining yallig‘lanishi bo‘lib, ko‘p uchraydigan va uzoq davom 
etadigan ko‘z kasalliklaridandir. Kasallikning oddiy, qipiqsimon va yarali turladi bor. 
Oddiy blefaritda
qovoq kirroklarining qizarishi ko‘zatiladi. Bemorlar kichish, ko‘zlarining 
tiqilishi tez-tez yumilib-ochilishi, ko‘z tirqishi chetlarida ko‘piksimon ajralma bo‘lishi ko‘zlarining 
o‘qish-yozish va ayniqsa kechqurunlari sun’iy yorug‘likda tez charchashiga shikoyat qiladilar. 
Qipiqsimon blefarit yoki qovoq seboreyasida qovok qirg‘oqlari doimo qizil bo‘lib dag‘allashadi. 
Teri kiprik ildizlari atrofida mayda oq-kul rang qipiqlar bilan qoplangan bo‘lib, ular boshdagi 
qazg‘oqlarni eslatadi. Agar ularni olib tashlansa tagidagi teri o‘ta qizarganligi va yupkalashganligini 
ko‘rish mumkin. Bemorlar qovoqlarining kuchli, qiynoqli qichishiga, yorug‘lik va changga uta 
sezgirligiga shikoyat qiladilar. Qechqurunlari yozish, o‘qish mumkin bo‘lmay qoladi.
Yarali blefarit
uzoq va og‘ir kechadigan qovoq yallig‘lanish kasalliklaridan biridir. Asosan 
bolalar va o‘smirlarda uchraydi. Bemorning shikoyatlari va mahalliy o‘zgarishlar qovoq seboreyasidek, 
ammo o‘ta kuchli va rivojlangandir. Xarakterli xususiyatlaridan qovoq qirg‘oqlari va kiprik ildizlarida 
sariq yiringli, kipriklarni birlashtirib yopishtiruvchi po‘stloqchalarning borligidadir Bu po‘stloqchalar 
qovoq yog‘ bezchalarining qurib qolgan yiringli sekretidir. Ularni olib tashlash qiyin va og‘riqlidir. Ular 
bilan kipriklar ham chiqib keladilar va urnida qonab turuvchi yaralar hosil bo‘ladi. Agar yiringli 
yallig‘lanish bo‘lsa kipriklar olib tashlanishi bilan ular o‘rnida yiring paydo bo‘ladi. Bu joylarning 
keyinchalik bitishi natijasida chandiklar hosil bo‘lib, kipriklarni noto‘g‘ri o‘sishiga olib keladi. Ba’zida 
kipriklarning to‘kilib ketishi, boshqa o‘smasligi, qovoq kirroklarining deformatsiyasi gipertrofiyasi


yo‘g‘onlashishi va ichkariga qayrilishiga olib keladi. Blefaritlar odatda surunkali qon’yunktivitlar bilan 
birgalikda uchraydi. Qovoqdagi dag‘al o‘zg‘arishlar shox parda tomonidan asoratlarra olib kelishi 
mumkin 
Etiologiya va patogenezi. 
Blefaritni kelib chiqish sabablari ko‘p va turlidir. Umumiy sabablardan vitaminlar etishmasligi, 
anemiya, oshqozon-ichak kasalliklari, gijja, endokrin va modda almashinuvining bo‘zilishi, allergik 
kasalliklar aloxida ahamiyatga egadilar. Ko‘pgina hollarda tonzillit, burun polipi, adenoidlar, refraksiya 
anomaliyasi ham sababchi bo‘ladilar, Balog‘atga etish vaqtida neyroendokrin o‘zgarishlar tog‘ay va yor 
bezlarining funksiyasining buzilishiga olib keladi. Bu disfunksiya bir tarafdan gipersekretsiya, ikkinchi 
tarafdan sekretni kerakli miqdorda chiqib ketishini ta’minlay olmasligidir. Qon’yunktival bo‘shliqdagi 
mikroflora qovoq yog‘ bezchalari, kiprik ildizi qochalariga va tog‘ay bezlariga kirib autoimmun 
sensibilizatsiya oqibatida ularning yallig‘lanishiga olib keladi. 
Davolash: Blefaritlarni davolash umumiy va mahalliy tadbirlardan iboratdir. Avvalo kasallikni 
kelib chiqish sabablari aniqlab ularni yo‘qotish. Organizmni sog‘lomlashirish va chiniqtirish. Mahalliy 
davo: oddiy va chiranoksimon blefaritlarda tog‘ay
va yog‘ bezlarining funksiyasini yaxshilash uchun 
qovoqlarni shisha tayoqchalar yordamida massaj qilish, antibakterial surtma dorilar va tomchilar berish. 
Qovoq qirg‘oqlarini 1% li brilliant yashilning spirtli eritmasi bilan surtib chiqish kerak. Yarali 
blefaritlarda esa qovoqlarni oldin yiringli po‘stloqlardan tozalash va 1% brilliant yashil bilan surtib turish 
kerak. 

Yüklə 321,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin