Mamlakat hududlari markaziy hokimiyat noiblari orqali idora etilgan. Davlatni boshqanshning o'ziga xos qonun-qoidalari bo'lgan. Mamlakat lashkarini asosan otliq askarlar tashkil etgan
Mamlakat hududlari markaziy hokimiyat noiblari orqali idora etilgan. Davlatni boshqanshning o'ziga xos qonun-qoidalari bo'lgan. Mamlakat lashkarini asosan otliq askarlar tashkil etgan.
Mamlakat hududlari markaziy hokimiyat noiblari orqali idora etilgan. Davlatni boshqanshning o'ziga xos qonun-qoidalari bo'lgan. Mamlakat lashkarini asosan otliq askarlar tashkil etgan.
Yer egaligi munosabatlari. Ilk o'rta asrlardayoq ijtimoiy-iqtisodiy hayotda muhim o'zgarishlar yuz berdi. Vohalarda yirik sug'orish inshootlari barpo etilib, yangi yerlar o'zlashtirish ishlari kengayib bordi. Yangi yerlarni o'zlashtirish ishlariga urug' boshliqlari, qishloq oqsoqollari boshchilik qiladi. Shu bois, ular o'zlashtirilgan yerlarni katta qismini, sug'orish inshootlari yonidagi yerlarni egallaydilar. Shu tariqa katta yer egaligiga asoslangan mulkdorlar tabaqasi shakllanadi, ular bora-bora ziroatkor aholi ustidan hukmronlik qila boshlaydilar. O'sha zamonda ular dehqonlar deb atalgan. Dehqonlarning shaharlarda hashamatli uylari, qishloqlarda esa qo'rg'onlari bo'lib, xizmatkor-cho'rilargaqo'riqlovchichoparlarga ega bo'lgan.
V asrda obikor yerlarning asosiy qismi hali qishloq jamoalari-ning qaramog'ida edi. Qishloq jamoalarida yashab, yer va suvdan iborat umumiy mulkda o'ziga tegishli yerlari bo'lgan erkin ziroatchilar kashovarzlar deyilar edi. Ularning bir qismi o'ziga tegishli yerlaridan mahrum bo'lib, bora-bora Kadivarlarga aylanib borganlar. Kadivarlar dehqonlar yerini ijaraga olib ishlashga majbur bo'ladi va dehqonlarga qaram tabaqaga aylanadilar. Shu tariqa, qishloq ahli uch tabaqaga bo'linadi.
.
.
Yirik mulkdorlar, zodagonlar zulmi va asoratining ortishi, aholi quyi tabaqalari huquqining poymol etilishi, ularning ayovsiz ekspluatatsiya qilinishi pirovardida ijtimoiy adolat va haqqoniyat yo'lidagi xalq harakatlari, g'alayonlarining yuzaga kelishiga sabab bo'ldi. VI asr birinchi choragida Eronda boshlanib, O'rta Osiyo hududida ham keng tarqalgan Mazdak qo'zg'oloni buning yaqqol namunasidir. Mazdakchilar «Z» harfi bilan boshlanadigan 4 narsaning aholi o'rtasida teng baham ko'rilishini yoqlab chiqqandilar: Zamin (yer), Zar (oltin, boylik), Zo'rlik (kuch-hokimiyat) va Zan (xotin). Mazdakchilar ilgari surgan bu xil g'oyalardan shuni anglash mumkinki, ular ijtimoiy adolat tushunchasini birinchi o'ringa qo'yib, bunda yer-mulk, boyliklarni aholi o'rtasida barovar taqsimlashni talab qilganlar. Ular davlat hokimiyati tomonidan fuqarolarning daxlsizligi va qonuniy huquqlarini himoya qilinishini, ayollar tengligini yoqlaganlar. Biroq o'sha davrda, sinfiy tabaqalanish tobora kuchayib, mulkiy tengsizlik avj olayotgan bir paytda mazdakchilik g'oyalarining tantana qilishi yohud hayotga tatbiq etilishi mumkin emas edi. Shu bois ham, Mazdak qo'zg'oloni tez orada hukmron tuzum kuchlari tomonidan bostirildi.