Eftaliylar o'zlarining eng kuchli raqibi Eron sosoniylari bilan ham bir necha bor urush olib bordilar. Xususan, Eron shohi Peruz bilan bo'lgan urushlarda ularning qo'li baland kelib, Eron hukmdori ikki bor asirlikka tushadi. Katta to'lov va majburiyatlar evaziga arang qutilgan Peruz o'g'li Kubodni uzoq muddat eftaliylarga garovga berishga majbur bo'ladi. Peruzning 484—yildagi uchinchi urushi sosoniylar shohining halokati bilan tugaydi. Eftaliylar Marvni egallaydi, Eron ustiga og'ir o'lpon yuklanadi. Peruzdan so'ng hokimiyatga kelgan Kubod (488-531) davrida ham Eron eftaliylarga xiroj to'lashga majbur bo'lgan. VI asr boshlariga kelib Eftaliylar davlati shu qadar kuchayib ketadiki, ular 502—yilda Vizantiyaga ham yurish qilib unga katta talofat etkazadilar. 506— yilda ikki o'rtada tuzilgan sulh shartnomasi bo'yicha eftaliylar Vizantiyadan katta miqdorda o'lja olib qaytganlar. Kubodning o'g'li Xusrav I Anushervon ham 554— yilga qadar eftaliylarga har yili xiroj to'lab turgan. Keyinroq, Turk xoqonligining eftaliylarga bergan kuchli zarbasi natijasidagina Eron eftaliylar ta'siridan qutilishga mtivaffaq bo'lgan.

Eftaliylar davrida davlat yakka hukmdor tomonidan boshqarilgan, biroq taxt otadan bolaga meros bo'lib qolmay, sulolaning eng loyiq deb topilgan kishisiga berilgan.