Mavzu;Eftallar davrida ijtimoiy siyosiy iqtisodiy va boshqaruv tartiblari



Yüklə 25,14 Kb.
səhifə3/8
tarix27.12.2023
ölçüsü25,14 Kb.
#200107
1   2   3   4   5   6   7   8
Jumamuratov M.Eftallar davlati boshqaruv asoslari

Savdo va pul muomalasi. Tashqi savdo bojidan manfaatdor bo‘lgan eftallar “Ipak yo‘li”ni o‘z nazoratlari ostida tutib turishga harakat qilgan. Xitoy, Hindiston, Eron va Vizantiya bilan bo‘lgan xalqaro savdoda faol qatnashgan. Ipak yo‘li savdosida sosoniy savdogarlari bilan raqobatda asosan sug‘diylar vositachi bo‘lgan. Bu esa o‘z o‘rnida yo‘l, qatnov, ta’minot, xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining kengayib borishiga yo‘l ochgan. Tashqi savdoda ipak, lok, bo‘yoqlar, rangli shishalar, qimmatbaho toshlar, arg‘umoq otlar, matolar, shirinliklar, qurol-yarog‘ kabi noyob mahsulotlar bozori chaqqon bo‘lgan.

  • Savdo va pul muomalasi. Tashqi savdo bojidan manfaatdor bo‘lgan eftallar “Ipak yo‘li”ni o‘z nazoratlari ostida tutib turishga harakat qilgan. Xitoy, Hindiston, Eron va Vizantiya bilan bo‘lgan xalqaro savdoda faol qatnashgan. Ipak yo‘li savdosida sosoniy savdogarlari bilan raqobatda asosan sug‘diylar vositachi bo‘lgan. Bu esa o‘z o‘rnida yo‘l, qatnov, ta’minot, xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining kengayib borishiga yo‘l ochgan. Tashqi savdoda ipak, lok, bo‘yoqlar, rangli shishalar, qimmatbaho toshlar, arg‘umoq otlar, matolar, shirinliklar, qurol-yarog‘ kabi noyob mahsulotlar bozori chaqqon bo‘lgan.

Xalqaro savdo aloqalarining rivojlanishi bilan mamlakatda tanga pul muomalasi tartibga solinadi.

  • Xalqaro savdo aloqalarining rivojlanishi bilan mamlakatda tanga pul muomalasi tartibga solinadi.
  • Ichki va tashqi savdo munosabatlarida eftallar dastavval sosoniy hukmdorlarining kumush tangalaridan keng foydalanadilar. Bulardan tashqari, Buxoro, Poykand, Vardona, Naxshab, Samarqand va Xorazmda mahalliy hokimlar tomonidan chiqarilgan chaqa tangalar mamlakatning ichki savdosida keng muomalada bo‘lgan.
  • Til va madaniy aloqalar. O‘rta Osiyo aholisining bir qismi sug‘d tilida, ikkinchi qismi turkiy tilda so‘zlashgan. Bu davrda sug‘d tili xalqaro savdo tili sifatida Yettisuv va Farg‘ona, Sharqiy Turkiston, Xitoy hududlarida foydalanilgan. V-VI asrlarda sug‘d, xorazm va eftal yozuvlari tarqalgan. Eftallar alifbosi Baqtriya yozuvi asosida shakllangan. Eftallar alifbosi 25 harfdan iborat bo‘lgan. Yozuv chapdan o‘ngga tomon yozilgan.
  • V asrda O‘rta Osiyoda shishasozlik rivojlangan. O‘rta Osiyo shishasi rangdorligi, yarqit oq t igi va tiniqligi jihatidan Vizantiya shishasidan ustun turgan. Xitoy imperatorlari o‘z saroylarini bezashda O‘rta Osiyodan keltirilgan rangli shishadan foydalanganlar.

Yüklə 25,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin