Mavzu;Eftallar davrida ijtimoiy siyosiy iqtisodiy va boshqaruv tartiblari



Yüklə 25,14 Kb.
səhifə8/8
tarix27.12.2023
ölçüsü25,14 Kb.
#200107
1   2   3   4   5   6   7   8
Jumamuratov M.Eftallar davlati boshqaruv asoslari

Bu davrda o'lkamizda yozuv madaniyati ham rivoj topgan. Aholi o'rtasida keng tarqalgan So'g'd yozuvi bilan birga undan bir qadar farq qiluvchi xorazm va eftaliy yozuvlari ham qo'llanilgan. Bu yozuvlarda ajdodlarimizning tarixi, taqdiriga oid ko'plab qimmatli bitiklar, ma'lumotlar bayon qilingan. Shuningdek, eftaliylar davri qo'shiqlari va eposlari A.Firdavsiyning mashhur «Shohnoma»sida ham o'z ifodasini topgan.

  • Bu davrda o'lkamizda yozuv madaniyati ham rivoj topgan. Aholi o'rtasida keng tarqalgan So'g'd yozuvi bilan birga undan bir qadar farq qiluvchi xorazm va eftaliy yozuvlari ham qo'llanilgan. Bu yozuvlarda ajdodlarimizning tarixi, taqdiriga oid ko'plab qimmatli bitiklar, ma'lumotlar bayon qilingan. Shuningdek, eftaliylar davri qo'shiqlari va eposlari A.Firdavsiyning mashhur «Shohnoma»sida ham o'z ifodasini topgan.
  • Sharqda qadimdan nishonlanib kelingan Navro'z va unga xos xalq marcsimlari Buxoro, Samarqand va boshqa shaharlarda va hududlarda keng bayram qilingan. Eftaliylar shaharlarida mangu olov uylari -otashkadalar bo'lib, ular zardushtiylik dinining muqaddas maskanlari sifatida aholi tomonidan ziyorat etilgan. Xullas, Eftaliylar davrida o'lkamiz odamlari o'ziga xos boy madaniy va ma'naviy turmush tarzini yaratib, undan bahramand bo'lganlar. Ayni chog'da. ular o'zlaridan keyingi avlodlar uchun ham munosib iz qoldirganlarki, bunga ularning davriga oid turli hududlardan topilgan ko'plab noyob topilmalar, osori atiqalar guvohdir.

484 yili Peroz o'zining uchinchi harbiy yurishini amalga oshiradi. Bu gal u o'z qo'shini bilan birga eftaliylar tayyorlagan maxsus bo'ri o'rasiga tushib qolib halok bo'ladi. Eftaliylar Peroz qo'shinini batamom tor-mor qilgach, Eron xalqi zimmasiga katta miqdorda o'lpon to'lash majburiyatini yuklatadilar hamda Marv shahrini ishg'ol etadilar. So'ngra ular Kobul vodiysi va Panjobni egallashadi, Qoroshor, Kuchu, Qashqar va Xotanni istilo qilishadi. Shu tariqa ular Markaziy Osiyo, sharqiy Eron, Hindistonning shimoliy qismi va Sharqiy Turkistonni o'z ichiga olgan yagona qudratli davlat barpo etadilar. O'z bolaligini eftaliylar qo'l ostida tutqunlikda o'tkazgan Peroz o'g'li Kavade zamonida Eron eftaliylarga o'lpon to'lashda davom etgan. Vizantiyalik tarixchi Prokopiyaning qayd etishicha, eftaliylar "yagona podsho tomonidan boshqarilgan va o'zaro hamda qo'shni davlatlar bilan bo'lgan munosabatlarda vizantiyaliklar va forslardan qolishmagan holda adolat mezoniga amal qilishgan". "Ipak yo'li" egalari bo'lgan eftaliylar xalqaro savdoda faol ishtirok etishgan. Ular Eron, Vizantiya, Hindiston va Xitoy bilan savdo-sotiq qilishgan. Eftaliylarning Peroz askarlariga qarshi urushiga oid epik rivoyatlar "Shohnoma" asarida keltirilgan. Asarning eftaliylar podshohi Gatferd haqidagi hikoyatida eftaliylarning turkiy xalqlarga qarshi kurashi aks etgan. Akademik V.Bartoldning taxmin qilishicha, Gatferd timsolida Vizantiya manbalarida keltirilgan tarixiy shaxs - Katulfni ko'rish mumkin. Katulf podsho tomonidan o'z xotiniga yetkazilgan haqorat uchun intiqom bahonasida Eronga qochgan va o'z mamlakatini turikiylarga sotgan. Eftaliylar ko'plab xalqlarni siyosiy jihatdan birlashtirishgan va bu hol mazkur davlat tarkibida ko'pgina diniy yo'nalishlar va mashablar mavjud bo'lganini izohlaydi. Zoroastrizm mahalliy mashablar - Anaita, Siyavusha, Mitra bilan o'zaro birlashib ketgan. Buddizm ham keng tarqalgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • Foydalanilgan adabiyotlar:
  • 1. B. A. Axmedov. O’zbekiston tarixi manbalari. T.: “ O’qituvchi”. 2001
  • 2. Murtazayeva R. H. O’zbekiston tarixi.: T- 2001
  • 3. Sadullayev A.S. Qadimgi O’zbekiston tarixi manbalari. T.; 1996
  • 4. Tolstov S. P Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab. T 1964

Yüklə 25,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin